Mamlakatimizda toʻqimachilik sanoati mahalliy xom ashyoni qayta ishlashga asoslangan koʻp asrlik tarixga ega. Paxta tolasi mamlakatning milliy boyligi xisoblanadi. Sohani rivojlantirish boʻyicha yaratilgan sharoitlardan kelib chiqqan xolda tarmoq oldida paxta tolasini qayta ishlashni yana-da chuqurlashtirish boʻyicha bir qator vazifalar turibdi.

Shuningdek, paxta xomashyosini zamonaviy usullarda yetishtirish, qayta ishlash va qoʻshimcha ish oʻrinlari yaratish, toʻqimachilik sanoatini qishloq xoʻjaligi bilan interatsiyasini kengaytirish boʻyicha 2019-yilda bir qancha amaliy ishlar olib borildi. Jumladan respublikaning jami paxta maydonlarining 654,5 ming gektar maydonida (63%) 73 ta
paxta-toʻqimachilik tashkilotchilari tomonidan 88 ta tumanda
1,7 mln tonna paxta xom ashyosi “klaster” usulida yetishtirildi.

Tizim korxonalari tomonidan sifatli, raqobatbardosh, yuqori raqamli ip kalava ishlab chiqarish maqsadida mavjud oʻrnatilgan texnologik uskunalarni modernizatsiyalash, yangi quvvatlarni yaratish ishlari olib borilib, yil boshidagi 808 ming tonna paxta tolasini qayta ishlash quvvatlari yil yakuniga koʻra 988 ming tonnaga oshirishga erishildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil
12-fevraldagi 116-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida mahalliy paxta tolasini qayta ishlovchi korxonalar tomonidan 2019-yil jami 761 ming tonna paxta tolasi oʻzlashtirildi (oʻtgan yilga nisbatan 143%).

Jumladan, 453 ming tonnasi 2017-2018-yillar hosili,
28,0 ming tonnasi 2019-yil hosili, 280,0 ming tonna paxta toʻqimachilik klasterlari paxta tolasidan iborat.

2019-yilda jami 608 ming tonna sifatli, raqobatbardosh ip kalava ishlab chiqarildi (oʻtgan yilga nisbatan 148,1%).

Jumladan, mahalliy korxonalar 206,0 ming tonna (33,9%) va xorijiy kompaniyalar 402,0 ming tonna (66,1%) ehtiyoji uchun yoʻnaltirildi.

2020-yilda paxta tolasini qayta ishlash korxonalari quvvatlari

1,1 mln tonnadan oshadi hamda 945 ming tonna paxta tolasi oʻzlashtirilib, 740 ming tonna ip kalava ishlab chiqarish rejalashtirilgan.