2020-yil 9-21-yanvar kunlari Lozanna shahri (Shvetsariya)da Oʻsmirlar oʻrtasida qishki Olimpiya oʻyinlari boʻlib oʻtadi.

Ushbu oʻyinlarda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi sport delegatsiyasi uchun “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi tomonidan mukammal oʻylangan, qulay va zamonaviy 30 dan ortiq liboslar va sport ekipirovkalari eskizlari yaratildi.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi qoshidagi “Sharq liboslari Dizayn markazi”, uyushmaga aʼzo boʻlgan “Saidbek Muhayyo Savdo” HK (Namangan) bilan hamkorlikda “Osiyo ramzi” dizaynerlar uyushmasi eskizlari asosida rasmiy liboslar va sport ekipirovkalari tikib tayyorlanib Oʻzbekiston Respublikasi Milliy Olimpiya qoʻmitasiga yetkazib berildi.

Oʻz navbatida “Oʻztoʻqimachiliksanoat”uyushmasi yosh sportchilarimizga omad va yuqori marralarga erishishlarini tilab qoladi.