2019 yil 25 noyabr kuni "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi raisi Ilhom Haydarov va Brother Industries Ltd (Yaponiya) savdo menejeri Kenichiro Takemoto o'rtasida uchrashuv o'tkazdi.

Ma'lumot uchun: Brother Industries Ltd butun dunyoda joylashgan savdo ofislari va Yaponiya, Tayvan, Koreya, Amerika, Malayziya, Irlandiya va Buyuk Britaniyadagi ishlab chiqarish korxonalariga ega bo'lgan yapon transmilliy korporatsiyasi. Brother GC kompaniyasida 23000 dan ortiq kishi ishlaydi.

Muzokaralar davomida tomonlar Toshkentning Olmazor tumanida ko'p funktsiyali o'quv-logistika va xizmat ko'rsatish markazini yaratish masalalarini muhokama qilishdi/ Loyiha qiymati 0,5 million dollar tashkil etishi ko'zda tutilgan.

Loyiha quyidagilarni o'z ichiga oladi:

-Yaponiya, Germaniya, Italiya va Koreya kabi mamlakatlardan kelgan xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda menejer kadrlarni va tikuv uskunalarining yuqori malakali mexanik xodimlarini tayyorlash va o'qitish o'quv markazi;

-Dizaynerlar uchun o'quv markazi - zamonaviy jihozlarda, tajriba va ishlab-chiqarish bilimlarni amalda qo'llagan holda dizaynerlar uchun o'quv kurslari tashkil etiladi.

-Sanoat tikuv uskunalari ko'rgazma showroomi - bu yerga keltirilgan uskunalar O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarida sotiladi va ofislarga topshiriladi.

Ayni paytda ushbu loyiha uchun Toshkent shahri Olmazor tumanida yer uchastkasi ajratilib, ob'ektda qurish ishlari boshlandi. Markaz 2020 yil sentyabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida "O'zto'qimachiliksanoat" uyushmasi va Brother Industries Ltd o'rtasida hamkorlik to'g'risida memorandum imzolandi.