Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Investitsiya loyihalarini ishlab chiqish Markazi Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) bilan hamkorlikda toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish sohasini oʻrganish maqsadida yuqori malakali mutaxassisni jalb qilish boʻyicha kelishuvga koʻra OTBning toʻqimachilik sohasi boʻyicha eksperti Moxamed Nasereldin Abouiyan joriy yilning 5-yanvar kuni Oʻzbekistonga tashrif buyurdi.

OTB eksperti Moxamed Nasereldin Abouiyanning tashrifi davomida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi vakillari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida sohani istiqboli, sohaga investitsiyalarni jalb qilish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish hamda eksport hajmini oshirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Tashrif davomida OTB eksperti Moxamed Nasereldin Abouiyan Oʻzbek-Koreya Oʻquv-amaliy toʻqimachilik texnoparki faoliyati bilan tanishdi, OTBning Toshkentdagi ofisida muzokaralar oʻtkazildi.

Shuningdek, ekspert Toshkent shahrida joylashgan “Bakan Tex” XK, “Elegant Garment Textile” MCHJ QK, “Bek Mega Textile” MCHJ korxonalari ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi. Korxonalar tomonidan ishlab chiqarish jarayonida unumdorlikni oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash boʻyicha oʻz taklif va maslahatlarini berdi.