Joriy yilning 1-fevral kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov  “John Deere” kompaniyasi maxsus vakili, Oʻzbekiston, Turkmanston va Ukraina davlatlari CISEG boshqaruv guruhi raisi Jason Hunt bilan uchrashdi. Uchrashuvda qator masalalar muhakama qilindi.

Jason Hunt taʼkidlaganidek, “John Deere” kompaniya Oʻzbekiston bozorida bir necha yillardan beri dunyoda mashhur qishloq xoʻjaligi texnikalarini ayniqsa, paxta terish mashinalarini yetkazib berish boʻyicha amaliy tajribaga ega ekanligini aytdi. Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligida ilohotlarni jadal rivojlantirish bilan birga zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnkalarini sotib olinishiga ham juda katta eʼtiborni qaratmoqda. Bugungi kunda “Indarama Agro” MCHJ XK klasteri, “Gʻuzor tekstil Impeks” MCHJ “Textil Technologies Group” boshqa paxta-toʻqimachilik klasterlari “John Deere” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy qishloq xoʻjaligi texnikalardan samarali faydalanyapti. Oʻzbekiston bozorida joriy yilda ishlab chiqilayotgan biznes-rejaga asosan yuqori unumli texnikalardan tashqari 50 ta toʻrt qatorli paxta terish mashinasini olib kirish hamda ularga servis xizmat koʻrsatishni yanada yaxshiroq yoʻlga koʻyishni maqsad qilinmoqda. Bundan tashqari, Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligini rivojlantirish hamda paxta-toʻqimachilik klaster tizimini zamonaviy texnikalar bilan taʼminlash  boʻyicha  moliyaviy resurslarni jalb qilinishiga koʻmak berishga tayyor ekanligi maʼlum qildi.

  Uchrashuv chogʻida “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi raisi I.Xaydarov Oʻzbekiston bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 4-6-mart kunlari Toshkentda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ga “John Deere” kompaniyasining yuqori darajadagi rahbarlarini ishtirok etishi yanada oʻzaro hamkorlikni yuqori saviyaga olib chiqishini taʼkidladi.

 

S.Tadjiyev, Departament boshligʻi