Bugun “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining ish rejasiga muvofiq Andijon viloyatida uyushma azo korxonalarining raxbarlari, bosh  hisobchilari,moliyaviy masalalar, xodimlar bilan ishlash va yuridik xizmati xodimlari ishtirokida oʻquv seminar oʻtkazildi. Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, “Investitsiya faoliyati toʻgʻrisida” ,  “Davlat boji toʻgʻrisida”  va “2020-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonunlari mazmun mohiyati va ahamiyati toʻgʻrisida maruzalar qilindi. Seminar ishtirokchilari yuqoridagi mavzular boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollarga malakali mutaxassislardan tegishli maslahat va tushuntirishlarni oldilar. Seminar yuqori saviyada va koʻtaringki kayfiyatda yakunlandi!