Hozirgi kunda To’qimachilik mahsulotlari reklamasi va marketing agentligi  Turkiyaning Istanbul shahrida 14-17 aprel kunlari 15-Halqaro ip-kalava ko’rgazmasida yagona milliy stendida ishtirok etish uchun tekstil korhonalarini taklif qiladi.

Ma’lumot uchun:

Turkiya paxta tolasi va ip-kalavasini ishlab chiqarish bo’yicha dunyoning yetakchi davlatlaridan biri hisoblanadi.        

Turkiya va xalqaro ishlab chiqaruvchilar tomonidan ishlab chiqarilgan to'qimachilik mahsulotlariga bo'lgan talabning ortishi va jalb qilingan sarmoyalar tufayli turk pahta tolasi va ip-kalava ishlab chiqaruvchi kompaniyalari so'nggi yillarda faol rivojlanib kelmoqda.

 

Turkiyaning 42000 dan ortiq tekstil mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalaridan 2.200 tasi tola va ip kalava ishlab chiqaradi.

            14-Xalqaro Istanbul ip-kalva  va “Knitting Tech” 2017 ko'rgazmasining statistik ma’lumotiga ko’ra: 

123 mamlakatdan 8755 ishtirokchi,  Turkiyaning o`zidan 6800 ishtirokchi va shuningdek 1955 nafar ishtirokchi boshqa davlatlardan kelib ishtirok etgan.


         Tadbirning maqsadi to'qimachilik sanoati ishlab chiqaruvchilari va xaridorlari bilan biznes aloqalarini yo'lga qo'yishdir.


          Ishtirok etish shartlari haqida batafsil ma'lumot olish uchun, “To'qimachilik mahsulotlarini reklama va marketing agentligi”ga murojaat qiling.

 

 

        Тел: 253-28-33, 202-22-44 (249, 251, 252).