Ozarbayjon Respublikasi iqtisodiyot vaziri Shoxrux Mustafoyev boshchiligidagi Ozarbayjon delegatsiyasi 4-5 fevral kunlari qo'shma loyihalarni muhokama qilish uchun yurtimizga tashrif buyurdi.

Tashrifning asosiy maqsadi O'zbekistonning investitsion, sanoat va turizm salohiyati bilan tanishish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishdan iborat.

5 fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari Elyor G'aniyev, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri Shaxin Mustafoyev va "O'zto’qimachiliksanoat" uyushmasi rahbariyati to'qimachilik korxonalari – Bakan Tex (Toshkent shahri) va UZTEX (Chirchiq shahri) kompaniyasiga tashrif buyurdi.

To'qimachilik korxonalaridagi tashrif davomida mehmonlarga O'zbekiston rahbariyati tomonidan amalga oshirilayotgan yangi iqtisodiy va investitsiya siyosati, xorijiy investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va to'qimachilik sohasida klaster loyihalarini amalga oshirish imkoniyatlari haqida batafsil ma'lumot berildi.

Respublikda to'qimachilik sanoatini rivojlantirish strategiyasiga bag’ishlangan taqdimot va ayniqsa milliy to’qimachilik mahsulotlari eksportini 7 milliard dollarga yetkazish rejasi Ozarbayjon delegatsiyasi tomonidan qizg’in kutib olindi va ularda katta qiziqish uyg'otdi.

Shuni ta'kidlash kerakki, 2017 yil oxirigacha ikki tomonlama savdo hajmi 31 million dollardan oshib ketdi.

 

"O'zto’qimachiliksanoat" uyushmasi matbuot xizmati