2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilayotgan maqsadli dasturlar mamlakatimiz aholisining hayot mamlakatimiz aholisining hayotdarajasi va sifatini yanada oshirishni ta’minlashga qaratilgan. Bu dasturlarni amaliyotga tatbiq etishda avvalo, iqtisodiyotning fundamental asosini tashkil etuvchi marketing tizimidan yuqori saviyada foydalangandagina o‘z samarasini beradi.

Bugungi kundagi innovatsion va raqamli iqtisodiyot davrida marketing tizimida katta o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Soha mutaxassislari “yangi iqtisodiyot” sharoitida korxonalar marketing maqsadlari va usullari haqidagi tasavvurlarini qayta ko‘rib chiqishlari lozim demoqdalar. Marketingning kechagi yutuqli strategiyalari bugun o‘z dolzarbligini yo‘qotmoqda.

Bozor muhitidagi doimiy o‘zgarishlar marketing uchun xavf-xatar emas, uning hayotiga aylanmoqda. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan samarali foydalanishni taqazo etmoqda.

Shu sohada mavjud bo‘lgan muammolarni o‘rganish va ularni hal etish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Marketing kafedrasi tomonidan “Milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanish” mavzuidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkil etildi.

Mazkur konferensiyada zamonaviy marketing tizimi asosida milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish, ichki va tashqi bozorlarni iste’mol tovarlari bilan to‘ldirishda innovatsion marketing strategiyalaridan foydalanish, kichik sanoat zonalarini tashkil etishda marketing tadqiqotlari o‘tkazish, eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanishni takomillashtirishkabi masalalar muhokama qilinadi.

Ilmiy-amaliy konferensiyanio‘tkazish uchun asos bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, farmoyishlari va boshqa harakatdagi me’yoriy hujjatlar hisoblanadi.

Konferensiyaning ilmiy yo‘nalishi, maqsadi va vazifalari

Milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanishborasidagi muammolarni o‘rganish konferensiyaning ilmiy yo‘nalishibo‘lib hisoblanadi. Konferensiyaning maqsadi marketing tizimi asosida bozorni o‘rganish, tashqi bozorlarga chiqish, uning asnosida xalqaro munosabatlarni o‘rnatish hamda eksportbop mahsulot ishlab chiqarishbo‘yicha zamonaviy marketing faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirishning ustuvor yo‘nalishlari borasida fikr almashish, mushohada yuritish, ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Muhokama qilinadigan masalalar:

zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanishning nazariy, uslubiy va amaliy masalalari;

milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish yo‘llari;

milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyalarini ishlab chiqish;

ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqish.

Konferensiyadan kutilgan natija

Konferensiyadan kutilayotgan ilmiy-amaliy natija zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanishning nazariy, uslubiy va amaliy masalalari, milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda marketing tadqiqotlaridan foydalanish yo‘llari, milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha marketing strategiyalarini ishlab chiqish, ichki va tashqi bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha innovatsion marketing strategiyalarini ishlab chiqishborasida ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Konferensiyadan kutilayotgan ijtimoiy natija

Milliy tovarlar raqobatbardoshligini oshirishda zamonaviy marketing konsepsiyalaridan foydalanishborasida ishlab chiqilgan ilmiy taklif hamda amaliy tavsiyalar mamlakatimizdagi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish korxonalari salohiyatini yanada oshirishga, korxonalarda to‘laqonli raqobat muhitini rivojlantirishga, mamlakat aholisining iste’mol tovarlari va xizmatlariga bo‘lgan talabini yanada to‘laroq qondirishga hamda ularni turmush farovonligini oshirishga xizmat qiladi.