{"id":10048,"date":"2020-12-13T19:48:22","date_gmt":"2020-12-13T14:48:22","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=10048"},"modified":"2020-12-13T19:48:22","modified_gmt":"2020-12-13T14:48:22","slug":"ozbekiston-qishloq-xojaligi-xodimlariga","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/ozbekiston-qishloq-xojaligi-xodimlariga\/","title":{"rendered":"O\u2018zbekiston qishloq xo\u2018jaligi xodimlariga"},"content":{"rendered":"<p><strong>Muhtaram vatandoshlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli dehqon va fermerlar!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Qadrli agroklaster egalari!<\/strong><\/p>\n<p>Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Qishloq xo\u2018jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat etgaysiz.<\/p>\n<p>Ushbu qutlug\u2018 ayyomda rizq-ro\u2018zimiz bunyodkorlari \u2013 mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o\u2018z ishining haqiqiy ustasi bo\u2018lgan mexanizator va agronomlar, sohaning jonkuyar olimlari va mutaxassislarimizga chuqur hurmat bajo keltirib, chin dildan ta\u2019zim qilamiz.<\/p>\n<p>Dunyodagi eng qadimiy va olijanob kasb egalari hisoblangan, el-yurt dasturxonini to\u2018kin va farovon etadigan g\u2018oyat muhim sohaning zalvorli yukini o\u2018z yelkasida ko\u2018tarib kelayotgan sizlar kabi minglab yurtdoshlarimizning fidoyi mehnati va jasorati har qanday yuksak e\u2019tirofga munosibdir.<\/p>\n<p>Buyuk ajdodimiz Alisher Navoiy sizlarning sha\u2019ningizni ulug\u2018lab: \u201cOlam ma\u2019murlig\u2018i alardin, olam ahli masrurlig\u2018i alardin. Har qayon qilsalar harakat, elga ham qut yetkurur, ham barakat\u201d, deb aytgan so\u2018zlarida chindan ham teran haqiqat mujassam.<\/p>\n<p>Shu xursandchilik kunlarda barchamiz sizlarni bayram bilan muborakbod etar ekanmiz, bu yilgi mashaqqatli mehnatingiz, erishilgan natijalar va oldimizda turgan rejalar haqida fikr yuritishimiz tabiiy, albatta.<\/p>\n<p>Hammamizga yaxshi ayon, bu yil butun insoniyat uchun jiddiy sinov davri bo\u2018ldi. Shunday qiyin sharoitda el-yurtimiz, xususan, zahmatkash dehqon va fermerlarimiz koronavirus pandemiyasi bilan bir qatorda, ayrim hududlarimizda yuz bergan tabiiy va texnogen ofatlarni ham mardonavor yengib, yuksak marralarni qo\u2018lga kiritganini minnatdorlik bilan ta\u2019kidlaymiz. Jumladan, Sirdaryo viloyatining Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlarida 19 ming gektardan ziyod maydondagi paxta, g\u2018alla va boshqa qishloq xo\u2018jaligi ekinlarini qayta ekishga to\u2018g\u2018ri keldi. Buxoro viloyatidagi kuchli dovul oqibatida 26 ming gektar maydonda paxta va g\u2018alla nihollariga zarar yetdi.<\/p>\n<p>Albatta, qishloq xo\u2018jaligi sohasida oson va yengil yilning o\u2018zi bo\u2018lmaydi. Tabiat injiqliklari, suv resurslarining cheklangani, turli hasharot va zararkunandalar bilan kurashish har bir dehqondan katta azmu shijoat, mirishkorlik va tajribani talab etadi. Xalqimiz sizlarning ana shunday ibratli fazilatlaringizni yaxshi biladi va yuksak qadrlaydi.<\/p>\n<p>Joriy yilda yurtimizda olti yarim million tonnaga yaqin g\u2018alla, 3 million tonnadan ziyod paxta, 21 ming tonna pilla, 22 million tonna meva-sabzavot, ikki yarim million tonna go\u2018sht va 11 million tonnadan ziyod sut mahsulotlari yetishtirilgani avvalo sizlarning mashaqqatli va halol mehnatingiz samarasidir.<\/p>\n<p>Bu haqda gapirganda, g\u2018alladan yuqori hosildorlikka erishgan Yozyovon tumanidagi \u201cBahrombek\u201d, Termiz tumanidagi \u201cDavron Namuna\u201d, G\u2018ijduvon tumanidagi \u201cSodiq Zafar saxovati\u201d, Yangibozor tumanidagi \u201cJo\u2018rabek Qumobod\u201d, Baliqchi tumanidagi \u201cXolmirza Boltaboyev\u201d, Sayxunobod tumanidagi \u201cQurama\u201d, Narpay tumanidagi \u201cAzamat Siroj\u201d, Nukus tumanidagi \u201cSho\u2018rtanbay-baxtli-el\u201d, Qiziltepa tumanidagi \u201cUlug\u2018diyor kelajagi\u201d, Uychi tumanidagi \u201cZamin\u201d, Paxtakor tumanidagi \u201cSafarov Bahrom\u201d fermer xo\u2018jaliklari hamda Pop va Mingbuloq tumanlaridagi \u201cArt soft teks\u201d, Rishton tumanidagi \u201cQahramon\u201d, Do\u2018stlik tumanidagi \u201cSangzor biznes parranda\u201d, Navbahor tumanidagi \u201cNavoiy asl chorvasi\u201d va Qorovulbozor tumanidagi \u201cOchil fayz biznes\u201d g\u2018allachilik klasterlarining nomlarini mamnuniyat bilan e\u2019tirof etamiz.<\/p>\n<p>Paxtadan mo\u2018l hosil yetishtirishda Uchko\u2018prik tumanidagi \u201cMirjalol Guliston durdonasi\u201d, Qiziltepa tumanidagi \u201cSafar obod bog\u2018i\u201d, G\u2018uzor tumanidagi \u201cJahongir Norboy o\u2018g\u2018li\u201d, Bog\u2018ot tumanidagi \u201cXolmurod o\u2018g\u2018li Mansur\u201d, Namangan tumanidagi \u201cG\u2018ofurjon ota\u201d, Narpay tumanidagi \u201cAbdusalom Xo\u2018shmatov\u201d, Buloqboshi tumanidagi \u201cZoirjon Nizomov\u201d, Romitan tumanidagi \u201cNavobod\u201d, Sirdaryo tumanidagi \u201cXudoyqul o\u2018g\u2018li Sulaymon\u201d, Oqqo\u2018rg\u2018on tumanidagi \u201cOlloberdi Murod\u201d fermer xo\u2018jaliklari, shuningdek, Quyichirchiq tumanidagi \u201cTST klaster\u201d, Namangan tumanidagi \u201cToshbuloq teks\u201d, Jarqo\u2018rg\u2018on tumanidagi \u201cTermez Jayxun klaster\u201d, Qo\u2018rg\u2018ontepa tumanidagi \u201cXanteks grupp\u201d va Xazorasp tumanidagi \u201cXazorasp teks\u201d kabi paxta-to\u2018qimachilik klasterlari barchaga namuna bo\u2018ldilar.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, boy bilim va tajribasi, omilkorlik xislatlarini namoyon etib, ilm-fan yutuqlarini samarali qo\u2018llash hisobidan yuksak xirmon yaratgan barcha dehqon va fermerlarimizga o\u2018z nomimdan, xalqimiz nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Barchangiz guvoh bo\u2018lib turibsiz, bugungi murakkab va qaltis davr dunyo miqyosida agrar sohaning hal qiluvchi o\u2018rni va ahamiyatini yana bir bor yaqqol ko\u2018rsatib bermoqda. Mavjud resurs va imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo\u2018jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta\u2019minlash, sohada yangi ish o\u2018rinlari yaratish, manfaatdorlikni yanada oshirish, ilg\u2018or yondashuvlarni joriy etish\u00a0eng muhim masalaga aylanmoqda.<\/p>\n<p>Shuning uchun biz iqtisodiyotimizni, jumladan, qishloq xo\u2018jaligi sohasini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish, fermer, klaster hamda kooperatsiyalarni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlash masalasiga har doimgidan ham ko\u2018proq ahamiyat bermoqdamiz. Xususan, bu yil qabul qilingan O\u2018zbekiston Respublikasining 5 ta qonuni, Prezidentning 12 ta farmoni va 30 dan ortiq qarori hamda hukumatning ko\u2018plab qarorlari ayni shu yo\u2018nalishga qaratilgandir.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u2018jaligi tarmog\u2018iga bozor mexanizmlari, jumladan, agroklaster tizimining joriy etilgani qisqa fursatda o\u2018zining ijobiy samarasini berayotganidan barchangiz yaxshi xabardorsiz.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimizda 97 ta paxta-to\u2018qimachilik, 149 ta meva-sabzavotchilik, 65 ta g\u2018allachilik, 35 ta sholichilik va 7 ta dorivor o\u2018simliklar yetishtirishga ixtisoslashgan klasterlar va 11 ta paxta-to\u2018qimachilik kooperatsiyalari faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, qoramolchilik yo\u2018nalishida 34 ta, parrandachilik bo\u2018yicha 10 ta, baliqchilik tarmog\u2018ida 36 ta, asalarichilik yo\u2018nalishida 15 ta fermer xo\u2018jaligida klaster usulida mahsulot yetishtirish yo\u2018lga qo\u2018yildi. Shu bilan birga, keyingi ikki yilda respublikada pillachilik sohasida 62 ta klaster ishga tushirilib, ular tomonidan 600 milliard so\u2018mga yaqin mahsulot ishlab chiqarildi.<\/p>\n<p>Joriy yilning o\u2018tgan davrida respublika bo\u2018yicha 11 mingga yaqin, ya\u2019ni 90 foiz fermer xo\u2018jaliklari ko\u2018p tarmoqli xo\u2018jaliklarga aylantirildi. Buning natijasida qariyb 37 ming aholi ish bilan ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, biz so\u2018nggi yillarda aholi tomorqalaridan unumli foydalanish bo\u2018yicha qator qarorlar qabul qildik. Mahalla va oilani qo\u2018llab-quvvatlash vazirligi, uning hududiy organlari, mahalla fuqarolar yig\u2018inlarida tomorqa xo\u2018jaliklari bo\u2018yicha alohida o\u2018rinbosar lavozimi joriy etildi. Shaxsiy tomorqa xo\u2018jaliklari samaradorligini oshirishga qaratilayotgan ana shunday chora-tadbirlar natijasida bu yil respublika bo\u2018yicha to\u2018rt yarim million aholiga tegishli 432 ming gektar tomorqa maydonlarida ekinlar to\u2018liq ekilishi ta\u2019minlandi. Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, bu maydonlarda 10 million tonnadan ziyod mahsulot yetishtirildi.<\/p>\n<p>Davlat tomonidan shaxsiy tomorqa egalariga artezian quduqlari qazish hamda ixcham issiqxonalar qurish uchun subsidiyalar va imtiyozli kreditlar ajratilayotgani ham aholini ijtimoiy qo\u2018llab-quvvatlashning yana bir o\u2018ziga xos yo\u2018nalishiga aylandi. Ushbu ezgu maqsadlar uchun O\u2018zbekiston fermer, dehqon xo\u2018jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi huzuridagi Jamg\u2018armadan 65 yarim milliard so\u2018m, tomorqa xizmati korxonalari, qishloq xo\u2018jaligi kooperativlari va fermerlarni qo\u2018llab-quvvatlash uchun esa 110 milliard so\u2018mga yaqin mablag\u2018 yo\u2018naltirildi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, \u201cHar bir yoshga \u2013 bir gektar\u201d dasturi doirasida g\u2018alladan bo\u2018shagan maydonlarning 84 ming gektari 266 mingta kam ta\u2019minlangan oilalar va ishsiz yoshlarga berilib, ularga fermer xo\u2018jaliklari va tomorqa xizmati korxonalari biriktirildi. Ushbu dastur natijasida 1 million tonnadan ziyod mahsulot yetishtirildi.<\/p>\n<p>Amalga oshirilgan ana shunday islohotlar va tarkibiy o\u2018zgarishlar natijasida bu yil, jahonda yuz berayotgan pandemiyaning salbiy ta\u2019siriga qaramasdan, 822 million dollardan ziyod miqdordagi qariyb 1,5 million tonna meva-sabzavot 70 dan ortiq davlatga eksport qilindi.<\/p>\n<p>Albatta, bugun hech bir sohada ilm-fan yutuqlari va innovatsion texnologiyalarni amaliyotda qo\u2018llamasdan turib taraqqiyotga erishib bo\u2018lmaydi. Bu esa keng va zamonaviy bilimga ega kadrlarni tayyorlash, ularning malakasini oshirish, xorijiy tajribalarni o\u2018zlashtirish kabi dolzarb vazifalarni oldimizga qo\u2018ymoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda agrar sohaga ixtisoslashgan oliy o\u2018quv yurtlarida ta\u2019lim sifatini tubdan oshirish, taraqqiy etgan davlatlarning nufuzli ta\u2019lim dargohlari bilan yaqin hamkorlikni yo\u2018lga qo\u2018yish, urug\u2018chilik, naslchilik va veterinariya yo\u2018nalishidagi ilmiy muassasalar faoliyatini takomillashtirish borasida ham salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>2020-2021-o\u2018quv yilidan boshlab mavjud qishloq xo\u2018jaligi oliygohlari bilan bir qatorda, Guliston, Buxoro, Qarshi, Namangan, Samarqand, Farg\u2018ona, Urganch davlat universitetlarida agrar soha mutaxassislarini tayyorlash uchun bakalavriat ta\u2019lim yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha qabul kvotalari ajratildi.<\/p>\n<p>Sohadagi ilg\u2018or tajribalarga tayangan holda, hududlarda \u201cTuproq klinikasi\u201d mobil laboratoriyalari tashkil etilib, sho\u2018rlanish, suv, shamol eroziyasi, ozuqa elementlari kamayishining oldini olish, tuproq unumdorligi va mahsuldorligini oshirish borasida fermer xo\u2018jaliklari va klasterlariga zarur xizmatlar ko\u2018rsatmoqda.<\/p>\n<p>Shu o\u2018rinda paxta maydonlari hamda bog\u2018, uzumzor va issiqxona xo\u2018jaliklarida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish xarajatlarining bir qismi davlat tomonidan qoplab berilayotganini alohida qayd etish lozim.<\/p>\n<p>Joriy yilda qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlarini qayta ishlashga yo\u2018naltirilgan 677 milliard so\u2018mlik 80 ga yaqin loyiha, 1 trillion 240 milliard so\u2018mlik investitsiya mablag\u2018lari asosida 12 ta agrologistika markazi ishga tushirilib, qariyb uch yarim ming yangi ish o\u2018rni yaratildi. Shuningdek, paxtachilik klasterlari, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik tarmoqlarida hamda zamonaviy issiqxonalarning barpo etilishi natijasida 14 mingga yaqin aholi ish bilan ta\u2019minlandi.<\/p>\n<p>Ayni paytda chorvachilikda naslchilikni yaxshilash, zotdor chorva mollarini ko\u2018paytirish, ixtisoslashgan fermer xo\u2018jaliklarini rivojlantirish, ushbu sohaga davlat tomonidan subsidiyalar ajratib berish bo\u2018yicha katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, o\u2018tgan davrda chorvachilik xo\u2018jaliklariga ushbu maqsadlar uchun\u00a020 milliard so\u2018mga yaqin subsidiyalar ajratildi.<\/p>\n<p><strong>Aziz do\u2018stlar!<\/strong><\/p>\n<p>Dunyoda global oziq-ovqat yetishmovchiligi xavfi yuzaga kelayotgan bugungi vaziyatda bizda ichki bozorimizni to\u2018liq ta\u2019minlash bilan birga, qishloq xo\u2018jaligi mahsulotlari yetishtirish hajmini ikki barobar oshirish va eksportni ko\u2018paytirish uchun barcha sharoitlar mavjud ekanini alohida ta\u2019kidlamoqchiman.<\/p>\n<p>Kelgusida qishloq xo\u2018jaligini barqaror rivojlantirish bo\u2018yicha kompleks dasturlarni amaliyotga tatbiq etish, zamonaviy texnologiyalarni qo\u2018llagan holda mahsulot turlari va eksport hajmini yanada oshirish ustuvor masala bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Tuproq unumdorligini saqlash, sohani zarur texnikalar bilan ta\u2019minlash va xizmat ko\u2018rsatish ishlarini yaxshilash, ilg\u2018or bilim va ko\u2018nikmalarga ega mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash faoliyatini takomillashtirishga e\u2019tiborni yanada kuchaytiramiz.<\/p>\n<p>Sohaga ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish bundan buyon ham ustuvor vazifalarimizdan bo\u2018lib qoladi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizning oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash, el-yurtimiz dasturxonini yanada farovon qilishda fidoyi qishloq xo\u2018jaligi xodimlari bundan keyin ham o\u2018zlarining bor bilim va tajribalarini, kuch-g\u2018ayrat va imkoniyatlarini safarbar etadilar, deb qat\u2019iy ishonaman.<\/p>\n<p>Muhtaram dehqon va fermerlar, aziz suvchilar va paxta-to\u2018qimachilik klasterlari xodimlari!<\/p>\n<p>Sizlarni yana bir bor Qishloq xo\u2018jaligi xodimlari kuni bilan \u2013 mehnat va hosil bayrami bilan chin dildan tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, mas\u2019uliyatli va sharafli mehnat faoliyatingizda ulkan zafarlar, xonadonlaringizga qut-baraka va xotirjamlik hamisha yor bo\u2018lishini tilayman.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Shavkat Mirziyoyev,<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Muhtaram vatandoshlar! Hurmatli dehqon va fermerlar! Qadrli agroklaster egalari! Avvalo, siz azizlarni, sizlarning timsolingizda butun xalqimizni Qishloq xo\u2018jaligi xodimlari kuni bilan chin qalbimdan tabriklab, barchangizga eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildirishga ijozat etgaysiz. Ushbu qutlug\u2018 ayyomda rizq-ro\u2018zimiz bunyodkorlari \u2013 mirishkor dehqon va fermerlar, zahmatkash chorvador va pillakorlar, mohir suvchi va irrigatorlar, o\u2018z ishining haqiqiy ustasi&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10049,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-10048","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10048","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10048"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10048\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10053,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10048\/revisions\/10053"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10049"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10048"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10048"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10048"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}