{"id":10424,"date":"2021-01-05T09:19:51","date_gmt":"2021-01-05T04:19:51","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=10424"},"modified":"2021-01-05T09:19:51","modified_gmt":"2021-01-05T04:19:51","slug":"yangi-eksport-bozorlariga-chiqish-hukumatning-ustuvor-yonalishlaridan-biri-bolib-qoladi-shavkat-mirziyoyev","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/yangi-eksport-bozorlariga-chiqish-hukumatning-ustuvor-yonalishlaridan-biri-bolib-qoladi-shavkat-mirziyoyev\/","title":{"rendered":"Yangi eksport bozorlariga chiqish hukumatning ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib qoladi \u2013 Shavkat Mirziyoyev"},"content":{"rendered":"<p><em>Yevropa Komissiyasi O\u2018zbekistonga Umumiy imtiyozlar tizimi \u201cGSP+\u201d ning benefitsiari maqomini berish to\u2018g\u2018risida muddatidan oldin qaror qabul qildi. Bu O\u2018zbekistonga Yevropa Ittifoqiga bojsiz yetkazib beriladigan tovarlar sonini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov davlatimiz rahbarining Murojaatnomasini sharhladi.<\/em><\/p>\n<p>2020 yil dekabr oyida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga 2021 yil uchun Murojaatnomasida\u00a0<strong>yangi eksport bozorlariga chiqish<\/strong>\u00a0bizning iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo\u2018nalishlaridan biri bo\u2018lib qolishi ta\u2019kidlandi. So\u2018nggi yillarda mahalliy eksport qiluvchilarni qo\u2018llab-quvvatlashga qaratilgan muhim choralar ko\u2018rilmoqda. Konvertatsiya joriy qilindi, tashqi iqtisodiy faoliyat rejimi erkinlashtirildi va ko\u2018plab to\u2018siqlar olib tashlandi. Bu esa bizning savdo sheriklarimiz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishga yordam berdi.<\/p>\n<p>Prezident Murojaatnomasida taklif qilingan mahalliy eksportchilarni qo\u2018llab-quvvatlash va ularning yangi eksport bozorlariga chiqishini kengaytirish bo\u2018yicha yangi chora-tadbirlar ko\u2018lami juda katta. Xususan, davlatimiz rahbari kelgusi yilda korxonalarga xomashyo sotib olish va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish uchun, \u201cEksportni qo\u2018llab-quvvatlash\u201d jamg\u2018armasidan\u00a0<strong>100 million dollar<\/strong>\u00a0ajratishni taklif qildi. Bundan tashqari, Eksport qiluvchilarga chet elda\u00a0<strong>savdo uylari<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>do\u2018konlar\u00a0<\/strong>ochish hamda\u00a0<strong>reklama xarajatlarining 50 foizini qoplab beriladi<\/strong>. Va umuman, Hukumatga kelgusi yilda tovar va xizmatlar eksportini kamida 20 foizga oshirish vazifasi topshirildi.<\/p>\n<p>Islohotlar natijasida O\u2018zbekiston iqtisodiyotidagi vaziyat sezilarli darajada o\u2018zgardi, bu O\u2018zbekistonni jahon iqtisodiyotiga chuqur integratsiyalashuvini, xususan, Jahon Savdo Tashkiloti (JST), Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqi (YeOII) kabi xalqaro tashkilotlar va alohida mamlakatlar bilan o\u2018zaro aloqalarni chuqurlashtirish zarurligini aniq ko\u2018rsatdi.<\/p>\n<p>JSTga kirish bo\u2018yicha ishlarning kuchayishi O\u2018zbekistonda olib borilayotgan islohotlar eksport salohiyatining o\u2018sishiga hissa qo\u2018shayotganini va mamlakat o\u2018z tovarlarini xalqaro bozorlarga kengroq kirib borishidan manfaatdor ekanligi bilan bog\u2018liq bo\u2018lib, bunga ushbu tashkilotga a\u2019zolik yordam beradi. JSTga a\u2019zo bo\u2018lish iqtisodiyotning barcha sohalariga ta\u2019sir qiluvchi murakkab jarayon bo\u2018lib, nafaqat mamlakat tashqi savdo rejimida (bojxona bojlari, texnik reglament, sanitariya va fitosanitariya normalari va boshqalar), balki qishloq xo\u2018jaligi (qishloq xo\u2018jaligini davlat tomonidan qo\u2018llab-quvvatlash, narxlarni tartibga solish va boshqalar) intellektual mulk, xizmatlar (xorijiy kompaniyalar xizmatlari), davlat xaridlari, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish kabi sohalarni tartibga solishda ham o\u2018zgarishlar kiritishni taqozo etadi.<\/p>\n<p>2020 yilda\u00a0<strong>O\u2018zbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida kuzatuvchi maqomini oldi<\/strong>. Bu mamlakatimiz integratsiya jarayonining birinchi bosqichi hisoblanadi. O\u2018zbekistonga YeOII a\u2019zoligining ijobiy va salbiy tomonlarini chuqur tahlil qilish, uning milliy iqtisodiyotga ta\u2019sirini o\u2018rganish, Ittifoq qonunchiligiga muvofiq milliy qonunchilikka o\u2018zgartish va qo\u2018shimchalar tayyorlash uchun noyob imkoniyat yaratadi. Davlatimiz rahbarining ta\u2019kidlashicha, bu bizga amaliy va ko\u2018p qirrali o\u2018zaro munosabatlarning sifat jihatidan yangi bosqichiga o\u2018tishga, YeOIIda sodir bo\u2018layotgan muhim jarayonlarni yaxshiroq anglashga imkon beradi.<\/p>\n<p>2021 yil uchun Parlamentga Murojaatnomasida Prezident Shavkat Mirziyoyev YeOII tashkilotga a\u2019zo bo\u2018lgan davlatlar bozorlarida to\u2018laqonli ishtirok etish uchun,\u00a0<strong>milliy texnik tartibga solish me\u2019yorlarni<\/strong>, ularning talablariga moslashtirish bo\u2018yicha, ishlarni jadallashtirish zarur ekanligini taqidladi.<\/p>\n<p>So\u2018nggi yillarda O\u2018zbekiston va YeOII o\u2018rtasida o\u2018zaro tovar ayirboshlash hajmi oshganiga qaramay, hali ham Ittifoq mamlakatlariga mahalliy mahsulotlar eksportini ko\u2018paytirish uchun ishga solinmagan imkoniyatlar mavjud. Hozirda O\u2018zbekiston MDH erkin savdo zonasi to\u2018g\u2018risidagi bitimga binoan, YeOII mamlakatlari bilan bojsiz savdo qilmoqda. Shu bilan birga, milliy texnik reglamentlarni (standartlarni) YeOII talablariga moslashtirish tarifsiz to\u2018siqlar ta\u2019sirini kamaytiradi va O\u2018zbekiston eksportini ko\u2018paytirishga yordam beradi.<\/p>\n<p>2020 yilda Yevropa Komissiyasi O\u2018zbekistonga\u00a0<strong>Umumiy imtiyozlar tizimi \u201cGSP+\u201d\u00a0<\/strong>ning benefitsiari maqomini berish to\u2018g\u2018risida muddatidan oldin qaror qabul qildi. Bu O\u2018zbekistonga Yevropa Ittifoqiga bojsiz yetkazib beriladigan tovarlar sonini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Ushbu qaror Yevropa Komissiyasining kuzatuv guruhlarining O\u2018zbekiston tomonidan inson huquqlarini himoya qilish, mehnat standartlariga rioya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish va samarali boshqaruv sohasidagi\u00a0<strong>27 xalqaro konvensiya qoidalarini<\/strong>\u00a0O\u2018zbekiston tomonidan bajarilishi to\u2018g\u2018risidagi hisobotlari asosida qabul qilindi. \u201cGSP+\u201d benefitsiar maqomini olganidan so\u2018ng, o\u2018zbek ishlab chiqaruvchilari Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga bojsiz eksport qilishlari mumkin bo\u2018lgan tovarlarning soni 6200 taga ko\u2018payadi. Shu bilan birga, taqidlash kerakki bir qator davlatlarning tajribasi shuni ko\u2018rsatadiki, \u201cGSP+\u201d benefitsiar maqomini olish eksport mahsulotlarini sertifikatlashtirish masalalarini hal qilmasdan eksportni ko\u2018paytirish va o\u2018zbek eksportchilarining Yevropa Ittifoqi mamlakatlarining yangi bozorlariga erkin kirib borish masalalarini o\u2018z-o\u2018zidan hal qilmaydi. Ushbu holatlarni hisobga olgan holda, Prezident O\u2018zbekistonda\u00a0<strong>\u201cGSP+\u201d<\/strong>\u00a0tizimi doirasidagi imtiyozlarni mamlakatimizda samarali qo\u2018llash uchun alohida dastur ishlab chiqishni topshirdi.<\/p>\n<p>Shunday qilib, Prezident Parlamentga yo\u2018llagan Murojaatnomasi davlatimizning 2021 yilda JSTga a\u2019zo bo\u2018lish, YeOII doirasida yanada integratsiyalashuv, Umumiy imtiyozlar tizimi \u201cGSP+\u201d afzalliklaridan samarali foydalanish va Yevropa Ittifoqi bilan har tomonlama hamkorlik qilish bo\u2018yicha ilg\u2018or harakatlarni amalga oshirish niyatini aniq ifodalaydi.<\/p>\n<h3><strong>Obid Hakimov Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori<\/strong><\/h3>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Yevropa Komissiyasi O\u2018zbekistonga Umumiy imtiyozlar tizimi \u201cGSP+\u201d ning benefitsiari maqomini berish to\u2018g\u2018risida muddatidan oldin qaror qabul qildi. Bu O\u2018zbekistonga Yevropa Ittifoqiga bojsiz yetkazib beriladigan tovarlar sonini ikki baravar oshirish imkonini beradi. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov davlatimiz rahbarining Murojaatnomasini sharhladi. 2020 yil dekabr oyida O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Parlamentga 2021 yil&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":10421,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-10424","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10424","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=10424"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10424\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":10425,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/10424\/revisions\/10425"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/10421"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=10424"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=10424"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=10424"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}