{"id":11628,"date":"2021-02-02T14:35:09","date_gmt":"2021-02-02T09:35:09","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=11628"},"modified":"2021-02-02T14:35:09","modified_gmt":"2021-02-02T09:35:09","slug":"loyihalarni-har-bir-tuman-va-mahalla-kesimida-tayyorlash-boyicha-korsatmalar-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/loyihalarni-har-bir-tuman-va-mahalla-kesimida-tayyorlash-boyicha-korsatmalar-berildi\/","title":{"rendered":"Loyihalarni har bir tuman va mahalla kesimida tayyorlash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni investitsiya sohasiga doir avvalgi topshiriqlar ijrosi va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Joriy yil 11-yanvar kuni tijorat banklari tomonidan jami qiymati 1 milliard dollar bo\u2018lgan investitsiya loyihalari hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan jami qiymati 8,6 trillion so\u2018m bo\u2018lgan 9 ta yirik sanoat loyihasi taqdimot qilingan edi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbarining ko\u2018rsatmasiga muvofiq, mazkur loyihalarni sifatli amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar, muddatlar va mas\u2019ullar belgilangan \u201cyo\u2018l xaritalari\u201d ishlab chiqilib, tasdiqlandi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, tijorat banklari tomonidan qo\u2018shimcha ravishda yangi investitsiya loyihalari tayyorlandi. Taqdimotda ushbu yangi loyihalar haqida ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p>Xususan, 10 ta yirik tijorat banki tomonidan jami qiymati 1,5 milliard dollar bo\u2018lgan 136 ta yangi loyiha takliflari ishlab chiqildi.<\/p>\n<p>Xususan, Agrobank tomonidan to\u2018qimachilik klasterlari bilan birgalikda qo\u2018shimcha 43 ta loyiha shakllantirilgan. Jami 501 million dollarlik ushbu loyihalar natijasida paxta tolasini qayta ishlash darajasi ancha oshib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish ko\u2018lami kengayadi.<\/p>\n<p>Milliy bank tomonidan joriy yilda 225 million dollarlik 6 ta yangi loyihani amalga oshirish ko\u2018zda tutilmoqda. Misol uchun, Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi, Navoiy hamda Namangan viloyatlarida polivinilxlorid va alyuminiy romlar ishlab chiqarish, poytaxtimiz va Toshkent viloyatida poyezd vagonlari hamda yuk mashinalariga xizmat ko\u2018rsatuvchi transport-logistika markazini tashkil qilish loyihalari shular jumlasidandir.<\/p>\n<p>O\u2018zsanoatqurilishbank tomonidan \u201cUrgut\u201d erkin iqtisodiy zonasida 110 million dollarlik loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda. Bunda, yiliga 600 ming tonna po\u2018lat mahsulotlari ishlab chiqarish quvvati paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Ipoteka bank Quyi Chirchiq tumanida 27 gektardan ziyod maydonda zamonaviy logistika faoliyatini tashkil etish loyihasiga sarmoya kiritmoqchi. Bu korxona bir vaqtda 120 ta yuk mashinasi va 25 ta vagonga xizmat ko\u2018rsatish imkoniga ega bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Asaka bank krediti ishtirokida poytaxtimizning \u201cEski shahar\u201d hududida Milliy savdo shaharchasini tashkil etish mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar avvalo ish o\u2018rinlari yaratish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilgan bo\u2018lishi kerakligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy kompleks idoralari ishni mahallalar darajasida tashkil etishi, tijorat banklari joylarda yuqori samarali loyihalarni amalga oshirib, ayniqsa, yosh tadbirkorlarga keng yo\u2018l berishi kerakligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Buning uchun mahallalarda bankning yangi boshqaruv tizimini yo\u2018lga qo\u2018yish, har bir tuman va mahallaning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda loyihalarni tayyorlash hamda aholiga undan daromad topishni o\u2018rgatish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Taqdimotda Toshkent shahrining Yangihayot tumanida tashkil etilgan sanoat zonasi hududida istiqbolli loyihalarni amalga oshirish rejalari ham tanishtirildi. Ushbu sanoat hududi 200 gektar bo\u2018lib, unda qurilish materiallari, oziq-ovqat, tekstil va boshqa bir qator muhim sohalarda jami qiymati 4,6 trillion so\u2018mlik 71 ta loyihani amalga oshirish ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-fevral kuni investitsiya sohasiga doir avvalgi topshiriqlar ijrosi va yangi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi. Joriy yil 11-yanvar kuni tijorat banklari tomonidan jami qiymati 1 milliard dollar bo\u2018lgan investitsiya loyihalari hamda Toshkent shahar hokimligi tomonidan jami qiymati 8,6 trillion so\u2018m bo\u2018lgan 9 ta yirik sanoat loyihasi taqdimot qilingan edi. Davlatimiz rahbarining ko\u2018rsatmasiga muvofiq,&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11623,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-11628","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11628","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11628"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11628\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11629,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11628\/revisions\/11629"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11623"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11628"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11628"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11628"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}