{"id":11759,"date":"2021-02-05T15:50:09","date_gmt":"2021-02-05T10:50:09","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=11759"},"modified":"2021-02-05T15:50:09","modified_gmt":"2021-02-05T10:50:09","slug":"fargona-viloyatini-rivojlantirishning-ustuvor-yonalishlari-korsatib-otildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/fargona-viloyatini-rivojlantirishning-ustuvor-yonalishlari-korsatib-otildi\/","title":{"rendered":"Farg\u2018ona viloyatini rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlari ko\u2018rsatib o\u2018tildi"},"content":{"rendered":"<p>Xalq deputatlari Farg\u2018ona viloyati kengashining sessiyasida aholini ish bilan ta\u2019minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifalari belgilandi.<\/p>\n<p>Shahar va tumanlarni mahallabay tizimda rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning malakali xodimlaridan iborat boshqaruv ofislari tashkil etilishi aytildi. Bu mutaxassislar mahallaga biriktirilgan bank xodimlari bilan birga, joylardagi sharoitni o\u2018rganib, loyihalarni shakllantiradi va amalga oshirishga ko\u2018maklashadi. Zarur bo\u2018lsa, ishsiz aholi, yoshlar va ayollar kasb-hunarga o\u2018rgatiladi.<\/p>\n<p>Farg\u2018ona viloyatida 2021-2022-yillarda umumiy qiymati 17 trillion so\u2018mlik 949 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilishi ta\u2019kidlandi. Bunda kimyo, to\u2018qimachilik, charm-poyabzal, qurilish materiallari, elektrotexnika sanoati \u201cdrayver\u201d bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Xususan, \u201cFarg\u2018ona azot\u201d aksiyadorlik jamiyatida jami 537 million dollarlik 3 ta loyiha, to\u2018qimachilikda 154 million dollarlik 14 ta loyiha amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Viloyatda yer resursi cheklangani sababli cho\u2018l joylar, yaylov va adirliklarda 33 ming gektar yer o\u2018zlashtiriladi. Bunga sarflanadigan 350 milliard so\u2018mlik xarajatlarning 110 milliard so\u2018mi subsidiya hisobidan qoplab beriladi.<\/p>\n<p>Ijtimoiy sohalarni, infratuzilmani rivojlantirish chora-tadbirlari belgilandi. Joriy yilda viloyatning 11 ta joyida 105 ta ko\u2018p qavatli uylar barpo etilishi ta\u2019kidlandi. 312 milliard so\u2018m markazlashgan mablag\u2018lar hisobidan 503 kilometr yo\u2018llarni ta\u2019mirlash bo\u2018yicha vazifa qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Yangi tashkil etilgan Farg\u2018ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti salohiyatidan samarali foydalangan holda, maqsadli tibbiy ko\u2018rik va konsultatsiyalar o\u2018tkazish, birlamchi tibbiyot bo\u2018g\u2018inini rivojlantirish uchun 16 ta oilaviy shifokorlik punkti va oilaviy poliklinika tashkil etish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Prezident yoshlar va ayollar bandligini ta\u2019minlash masalalariga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>Joriy yilda Farg\u2018ona viloyatidagi 19 ta tuman va shaharlarda bittadan Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi tashkil etilishi, \u201cYoshlar: 1+1\u201d loyihasi doirasida 8 mingdan ziyod ishsizlar tadbirkorlik va kasb-hunarga o\u2018qitilishi belgilandi. Xotin-qizlarning o\u2018z ishini ochishiga ko\u2018maklashish, muhtojlarning uy sotib olishi uchun boshlang\u2018ich badal pullarini to\u2018lab berish, ajralishlarning oldini olish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Xalq deputatlari Farg\u2018ona viloyati kengashining sessiyasida aholini ish bilan ta\u2019minlash va turmush sharoitlarini yaxshilash vazifalari belgilandi. Shahar va tumanlarni mahallabay tizimda rivojlantirish maqsadida viloyatdagi 76 ta sektorning har birida iqtisodiy kompleksning malakali xodimlaridan iborat boshqaruv ofislari tashkil etilishi aytildi. Bu mutaxassislar mahallaga biriktirilgan bank xodimlari bilan birga, joylardagi sharoitni o\u2018rganib, loyihalarni shakllantiradi va amalga oshirishga&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11754,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-11759","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11759","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11759"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11759\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11760,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11759\/revisions\/11760"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11754"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11759"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11759"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11759"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}