{"id":11801,"date":"2021-02-07T16:10:05","date_gmt":"2021-02-07T11:10:05","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=11801"},"modified":"2021-02-07T16:10:05","modified_gmt":"2021-02-07T11:10:05","slug":"prezident-2o2-yilgi-davlat-dasturini-tasdiqlash-togrisidagi-farmonini-imzoladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/prezident-2o2-yilgi-davlat-dasturini-tasdiqlash-togrisidagi-farmonini-imzoladi\/","title":{"rendered":"Prezident 2021 yilgi davlat dasturini tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi farmonini imzoladi"},"content":{"rendered":"<h4>Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil \u2013 \u00abYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u00bb Davlat dasturini tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi Farmonni imzoladi.<\/h4>\n<p>Mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18\u201328 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik muhokamasidan o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda 700ga yaqin, teleradiokanallarda qariyb 400ta chiqish va eshittirishlar efirga uzatildi.<\/p>\n<p>Natijada, loyiha bo\u2018yicha 4 mingga yaqin takliflar kelib tushdi. Xususan, davlat boshqaruvi yo\u2018nalishi bo\u2018yicha \u2013 1 239 ta, sud-huquq yo\u2018nalishida \u2013 479ta, iqtisodiyot sohasida \u2013 901ta, ijtimoiy sohada \u2013 1018ta, tashqi siyosat va xavfsizlik yo\u2018nalishida\u2013 146ta.<\/p>\n<p><strong>\u00a0<\/strong>Takliflarni har tomonlama ko\u2018rib chiqish yakuniga ko\u2018ra, loyihaga jami 50ga<strong>\u00a0<\/strong>yaqin konseptual hamda 100dan ortiq aniqlashtiruvchi tahririy o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritilgan.<\/p>\n<p>2021 yilga mo\u2018ljallangan Davlat dasturida rejalashtirilayotgan tadbirlarni moliyalashtirishga umumiy qiymati 29 492,7 mlrd. so\u2018m hamda 2 600,4 mln. AQSh dollari va 57,5 mln. yevro miqdoridagi mablag\u2018lar ajratilishi ko\u2018zda tutilgan.<\/p>\n<p>Davlat dasturi jami 274ta banddan iborat bo\u2018lib, birinchi \u2013 davlat boshqaruvi yo\u2018nalishi bo\u2018yicha \u2013 20ta, ikkinchi \u2013 sud-huquq yo\u2018nalishi bo\u2018yicha \u2013 18ta, uchinchi \u2013 iqtisodiyot yo\u2018nalishi bo\u2018yicha 113ta, to\u2018rtinchi \u2013 ijtimoiy soha yo\u2018nalishi bo\u2018yicha 93ta, beshinchi \u2013 tashqi siyosat va xavfsizlik yo\u2018nalishi bo\u2018yicha 30ta<strong>\u00a0<\/strong>banddan iborat vazifalar belgilab olingan.<\/p>\n<p><strong>2030 yilgacha gender tenglikka erishish strategiyasi ishlab chiqiladi<\/strong><br \/>\n\u00abTaraqqiyot strategiyasi\u00bb markazi bo\u2018lim boshlig\u2018i Farhod Ishankulovning Kun.uz muxbiriga ma&#8217;lum qilishicha, farmon bilan davlat dasturi loyihasining birinchi yo\u2018nalishiga 20-band sifatida 2030 yilga qadar O\u2018zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi kiritilgan. Ushbu vazifa jamoatchilik muhokamasi uchun e&#8217;lon qilingan dastlabki Davlat dasturi loyihasida aks ettirilmagandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish bilan bog\u2018liq yana bir qator takliflar berilgan. Jumladan, davlat dasturi loyihasining 4-bandida nazarda tutilgan davlat boshqaruvi xodimlari sonining o\u2018rtacha 15 foizgacha optimallashtirishni amalga oshirishda mehnat qonunchiligiga qat&#8217;iy rioya etgan holda qisqartirishga tushgan xodimlarni egallab turgan lavozimi darajasida ish bilan ta&#8217;minlash hamda dastur loyihasining 11-bandida nazarda tutilgan bepul yuridik yordam tizimini rivojlantirishni davlat tomondan qo\u2018llab-quvvatlashni nazarda tutuvchi takliflar berilgan va bu takliflar prezident farmonida aks ettirilgan.<\/p>\n<p><strong>Toshkent shahrining qadimiy 12ta darvozasi tiklanadi<\/strong><br \/>\nToshkent shahrining qadimiy 12ta darvozasini tiklash va turizm namoyishi obektlariga kiritish choralari ko\u2018riladi. Bu davlat dasturining 221-bandida alohida vazifa belgilab berilgan.<\/p>\n<p>\u00abAytish joizki, mazkur vazifa fuqarolardan kelib tushgan takliflar asosida davlat dasturiga kiritildi\u00bb, deydi \u00abTaraqqiyot strategiyasi\u00bb markazi bo\u2018lim boshlig\u2018i Jamshid Sharipov.<\/p>\n<p>Uning ma&#8217;lum qilishicha, davlat dasturining to\u2018rtinchi \u2014 Yoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash hamda ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlaridagi 154-bandda Bolalar huquqlarini himoya qilish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish maqsadida \u00abBolalar Ombudsmani to\u2018g\u2018risida\u00bbgi qonun loyihasini ishlab chiqish nazarda tutilgan bo\u2018lib, fuqarolar takliflari asosida qonun loyihasini ishlab chiqish uchun mas&#8217;ul ijrochilar qatorida Ombudsman, Inson huquqlari bo\u2018yicha milliy markaz va kelishuv asosida nodavlat notijorat tashkilotlari ham belgilandi.<\/p>\n<p>Shuningdek, davlat dasturining mazkur ustuvor yo\u2018nalishlarining 229- bandida pedagog xodimlarga malaka toifasini berish tizimini qayta ko\u2018rib chiqish, shaffoflik va avtomatlashtirish asosidagi yangi tizimni joriy qilish belgilangan. Fuqarolardan tushgan takliflar asosida davlat dasturiga malaka toifasini tasdiqlovchi sertifikatni olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron shaklda amalga oshirish imkoniyatini yaratish, uzoq muddatli uzluksiz pedagog stajiga va oliy malaka toifasiga ega bo\u2018lgan o\u2018qituvchilarni attestatsiyaga jalb qilmaslik va ularning amaldagi oliy malaka toifasini saqlash bo\u2018yicha berilgan takliflar ham kiritildi.<\/p>\n<p><strong>2021 yilda O\u2018zbekistonda Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilari kengashi yillik anjumani o\u2018tkaziladi<\/strong><br \/>\n2021 yilda O\u2018zbekistonda Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilari kengashi yillik anjumani o\u2018tkaziladi. Bu haqda 2021 yilgi davlat dasturining 274-bandida alohida vazifa belgilab qo\u2018yilgan.<\/p>\n<p>\u00abTaraqqiyot strategiyasi\u00bb markazi bo\u2018lim boshlig\u2018i Farrux Hakimovning ma&#8217;lum qilishicha, 2021 yilga mo\u2018ljallangan davlat dasturini amalga oshirishga oid prezident farmoni bilan davlat dasturining dastlabki loyihasida nazarda tutilgan xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag\u2018rikenglikni ta&#8217;minlash, shuningdek, vazmin o\u2018zaro foydali va konstruktiv tashqi siyosatni amalga oshirishga oid\u00a0beshinchi yo\u2018nalishiga bir qator o\u2018zgartirishlar kiritilgan.<\/p>\n<p>Xususan, 18-28 yanvar kunlari umumxalq muhokamasi uchun e&#8217;lon qilingan Davlat dasturining beshinchi yo\u2018nalishdagi O\u2018zbekiston Respublikasining shaxsga doir ma&#8217;lumotlar sohasidagi qonunchiligini takomillashtirishni nazarda tutuvchi 252-bandi hamda Parlamentlararo diplomatiyani, shu jumladan, mintaqaviy va xalqaro tashkilotlar (ShHT, TTDHK, MDH, YeXHT va boshqalar) doirasida hamda qo\u2018shni davlatlar bilan izchil rivojlantirishga qaratilgan 268-bandlar chiqarib tashlangan. Bu bandlar o\u2018rniga prezident farmonining 274 yakuniy bandida aks etgan Islom taraqqiyot banki (ITB) Boshqaruvchilari kengashi yillik anjumanini 2021 yil O\u2018zbekistonda o\u2018tkazish va unga tayyorgarlik ko\u2018rish vazifalari kiritilgan.<\/p>\n<p><strong>Davlat dasturi loyihasidagi O\u2018zbekiston fuqaroligini berish bo\u2018yicha talab chiqarib tashlandi<\/strong><br \/>\n2021 yilgi Davlat dasturi loyihasidagi O\u2018zbekiston Respublikasining fuqaroligini berish<strong>\u00a0<\/strong>tartibini takomillashtirishni nazarda tutuvchi 2021 yil 1 maydan boshlab mamlakatimizga 2005 yil 1 yanvarga qadar kelib, O\u2018zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashayotgan, shuningdek mamlakatimizda 15 yil davomida O\u2018zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turgan fuqaroligi bo\u2018lmagan (chet davlat fuqaroligini qabul qilmagan) shaxslar tomonidan istak bildirilgan taqdirda O\u2018zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish tartibi joriy qilish bandidan prezident farmoni bilan 15 yil davomida O\u2018zbekistonda yashash guvohnomasi asosida doimiy yashab turganlik bo\u2018yicha qo\u2018yilgan talab chiqarib tashlandi. Bu haqda Kun.uz muxbiriga \u00abTaraqqiyot strategiyasi\u00bb markazi bo\u2018lim boshlig\u2018i Nilufar Nodirxonova ma&#8217;lum qildi.<\/p>\n<p>Nodirxonovaning ta&#8217;kidlashicha, prezident farmoni bilan 18-28 yanvar kunlari umumxalq muhokamasi uchun e&#8217;lon qilingan Davlat dasturi loyihasining ikkinchi \u2014 Qonun ustuvorligini ta&#8217;minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor vazifalariga qaratilgan yo\u2018nalishiga bir qator o\u2018zgartirishlar kiritilgan.<\/p>\n<p>Jumladan, farmon bilan davlat dasturida Biznes-ombudsmanning ma&#8217;muriy huquqbuzarlikni rasmiylashtirish bo\u2018yicha vakolatlarini aniqlashtirishni belgilashni nazarda tutuvchi O\u2018zbekiston Respublikasi qonunini ishlab chiqish vazifasi belgilangan yangi 32-band kiritilgan. Mazkur qo\u2018shilgan band orqali Biznes-ombudsmanning tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to\u2018sqinlik qilish, shuningdek xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik holatlarida, davlat organlari va boshqa tashkilotlar, shu jumladan xo\u2018jalik boshqaruv organlari mansabdor shaxslariga nisbatan qo\u2018llaniladigan choralari nazarda tutilgan. Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirishga mas&#8217;ul etib, Biznes-ombudsman, Adliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot hamda Savdo-sanoat palatalari belgilangan.<\/p>\n<p><strong>Avtobekatlarda tadbirkorlik obektlarini ochish uchun ruxsat berishning shaffof elektron tartibi joriy etiladi<\/strong><br \/>\nTuman budjeti xarajatlarining 5 foizining maqsadli ishlatilishini yakuniy nazorat qilish uchun tuman deputatlari Kengashida tegishli mansabdor shaxslarning hisoboti eshitilishi yo\u2018lga qo\u2018yiladi. Bu haqda 2021 yilgi davlat dasturining 48-bandida alohida vazifa belgilab berilgan.<\/p>\n<p>Aytish joizki, mazkur vazifa fuqarolardan kelib tushgan takliflar asosida Davlat dasturiga kiritilgan.<\/p>\n<p>\u00abTaraqqiyot strategiyasi\u00bb markazi bo\u2018lim boshlig\u2018i Furqat Yunusovning Kun.uz muxbiriga ma&#8217;lum qilishicha, farmon bilan Davlat dasturining Iqtisodiyotni rivojlantirishning ustuvor yo\u2018nalishlaridagi 95-bandida nazarda tutilgan qishloqdan \u2013 tuman markazigacha hamda tuman markazidan \u2013 viloyat markazigacha transport xizmatlari ko\u2018lamini kengaytirish va ularning sifatini oshirishga qaratilgan vazifalar fuqarolar takliflari asosida to\u2018ldirilib, avtobekatlarda tadbirkorlik obektlarini ochish uchun ruxsat berishning shaffof elektron tartibi va ulardan foydalanishga aniq talablarni belgilashni nazarda tutuvchi vazifalar kiritildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, davlat dasturining 82-bandida hududlarda tashqi qarz hamda davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan loyihalar bo\u2018yicha jamoatchilik nazorati tizimini takomillashtirish belgilangan. Fuqarolar takliflari asosida mazkur bandda davlat xususiy sherikligiga taklif etilayotgan barcha obektlar bo\u2018yicha ma&#8217;lumotlar yagona elektron portalda to\u2018liq joylashtirilishini ta&#8217;minlash nazarda tutilmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 2021 yil \u2013 \u00abYoshlarni qo\u2018llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili\u00bb Davlat dasturini tasdiqlash to\u2018g\u2018risidagi Farmonni imzoladi. Mazkur davlat dasturi loyihasi joriy yilning 18\u201328 yanvar kunlari 2021.strategy.uz, jamoatchilik.uz va regulation.gov.uz veb-portallari, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlar orqali keng jamoatchilik muhokamasidan o\u2018tkazildi. Muhokamalar doirasida farmon loyihasi mahalliy ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":11798,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-11801","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11801","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=11801"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11801\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":11802,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/11801\/revisions\/11802"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/11798"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=11801"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=11801"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=11801"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}