{"id":12048,"date":"2021-02-15T22:53:43","date_gmt":"2021-02-15T17:53:43","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=12048"},"modified":"2021-02-15T22:53:43","modified_gmt":"2021-02-15T17:53:43","slug":"jizzax-viloyatining-investitsiya-loyihalari-korib-chiqildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/jizzax-viloyatining-investitsiya-loyihalari-korib-chiqildi\/","title":{"rendered":"Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbariga mazkur viloyatda joriy yilda amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma\u2019lumot berildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35 trillion 500 milliard so\u2018m. Ularning natijasida yiliga 25 trillion so\u2018mlik mahsulot tayyorlash quvvatiga ega yangi korxonalar, qariyb 23 ming ish o\u2018rni tashkil etiladi. 264 million dollarlik import o\u2018rnini bosish hamda 311 million dollarlik eksport imkoniyati yaratiladi.<\/p>\n<p>Jizzax viloyatida qurilish materiallari, avtomobilsozlik va to\u2018qimachilik sanoati hamda qishloq xo\u2018jaligi tarmoqlari katta salohiyatga ega. Loyihalarni shakllantirishda ham ushbu sohalar \u201cdrayver\u201d sifatida belgilab olingan.<\/p>\n<p>Masalan, qurilish materiallari sanoatida 8 ta loyiha rejalashtirilgan. Ulardan biri \u2013 bazalt tolasi va undan turli materiallar ishlab chiqarishga qaratilgan. 723 milliard so\u2018mlik mazkur loyiha uchun bugungi kunda yer ajratilgan. Korxona shu yil uchinchi chorakda ishga tushirilib, 205 ta ish o\u2018rni ochilishi mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p>Shuningdek, yuqori markali sement, beton plitalar, armaturalar, geosetkalar ishlab chiqarish bo\u2018yicha ham istiqbolli loyihalar bor.<\/p>\n<p>Avtomobil sanoatida ham loyihalar ko\u2018zda tutilgan. Masalan, mikroavtobus, tijorat va yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo\u2018yicha loyiha ichki bozor uchun g\u2018oyat zarur. Bu korxona ham joriy yil yakunida foydalanishga topshirilib, 500 kishi ish bilan ta\u2019minlanishi rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Jizzax shahrida tashkil etiladigan to\u2018quvchilik majmuasi mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlash, xotin-qizlar bandligini oshirishda muhim o\u2018rin tutadi. 39 million dollarlik mazkur korxona qurilishi bu yil yozda boshlanib, kelgusi yil ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Tog\u2018li hududlarda dorivor o\u2018simliklar yetishtirish, ularni qayta ishlab, eksport qilish davlatimiz rahbari ko\u2018rsatib bergan ulkan imkoniyatlardan biri. Bugungi kunda mamlakatimizda shu sohaga ixtisoslashgan 7 ta klaster faoliyat yuritmoqda. Xususan, \u201cBMB Trade Group\u201d klasteri tomonidan Baxmal tumanida za\u2019faron yetishtirish va qayta ishlash yo\u2018lga qo\u2018yilmoqda. 30 million dollardan ziyod qiymatdagi ushbu loyiha natijasida 200 kishi ishli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, qishloq xo\u2018jaligida chorvachilik, parrandachilik, go\u2018sht va sutni qayta ishlash, ipak mato ishlab chiqarish kabi bir nechta loyihalar mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p>Taqdimotda ushbu loyihalarning iqtisodiy samaradorligi, moliyalashtirish manbalari va infratuzilma masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev Jizzax viloyatining salohiyati bundan ancha katta ekanini, ko\u2018plab yirik loyihalarni amalga oshirish mumkinligini ta\u2019kidladi. To\u2018qimachilikda mahalliylashtirishni chuqurlashtirib, tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish, yangi o\u2018zlashtirilayotgan yerlarda talab yuqori meva-sabzavotlar yetishtirib, oziq-ovqat xavfsizligini ta\u2019minlash, yerosti ma\u2019danlarini o\u2018zlashtirishga xorijiy investitsiyalar jalb etish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-fevral kuni Jizzax viloyatining investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbariga mazkur viloyatda joriy yilda amalga oshiriladigan 515 ta loyiha haqida ma\u2019lumot berildi. Loyihalarning umumiy qiymati 35 trillion 500 milliard so\u2018m. Ularning natijasida yiliga 25 trillion so\u2018mlik mahsulot tayyorlash quvvatiga ega yangi korxonalar, qariyb 23 ming ish o\u2018rni tashkil etiladi. 264 million&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12043,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-12048","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12048","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12048"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12048\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12049,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12048\/revisions\/12049"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12043"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12048"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12048"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12048"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}