{"id":12056,"date":"2021-02-15T23:53:26","date_gmt":"2021-02-15T18:53:26","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=12056"},"modified":"2021-02-15T23:53:26","modified_gmt":"2021-02-15T18:53:26","slug":"andijondagi-klaster-ma%ca%bcmuriyati-tomonidan-9o-nafar-yoshga-o-sotixdan-yer-ajratib-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/andijondagi-klaster-ma%ca%bcmuriyati-tomonidan-9o-nafar-yoshga-o-sotixdan-yer-ajratib-berildi\/","title":{"rendered":"Andijondagi klaster ma\u02bcmuriyati tomonidan 90 nafar yoshga 10 sotixdan yer ajratib berildi"},"content":{"rendered":"<p>Andijon viloyati Bo\u02bbston tumanidagi \u201cSayyora favvorasi\u201d xususiy korxonasi paxta to\u02bbqimachilik klasteri ma\u02bcmuriyati tomonidan ishsiz yoshlarning 90 nafariga 10 sotixdan yer ajratib berildi.<\/p>\n<p>Mazkur qishloq xo\u02bbjalik klasteri tasarrufidagi Bo\u02bbston tumanining Ulug\u02bbbek massivida joylashgan 27-bo\u02bblimning 9 gektarlik ekin maydoni tumandagi Maorif, Ko\u02bbhinur, Mustaqillikning 15 yilligi va G\u02bbolib mahalla fuqarolari yig\u02bbinlarining \u201cTemir daftari\u201d ro\u02bbyxatida turgan ehtiyojmand oilalarning 30 yoshgacha bo\u02bblgan farzandlariga hamda \u201cYoshlar daftari\u201d ro\u02bbyxatida bo\u02bblgan ishsiz yoshlarning 60 nafariga, shuningdek qishloq xo\u02bbjalik klasteriga qarashli paxtani qabul qilish va qayta ishlash zavodida ishlovchi ishchilarning farzandlaridan 30 nafariga 10 sotixdan yer ajratib berildi.<\/p>\n<p>Ularga yer ajratib berishda klaster ekin maydonlarining eng serunum yerlaridan berilishiga alohida e\u02bctibor qaratildi. Shu bilan birga yer berilayotgan yoshlarning hujjatlari klaster ma\u02bcmuriyati tomonidan ro\u02bbyxatga olinib, qonuniy rasmiylashtirildi. Endilikda ular bu yerda bemalol poliz va sabzavot ekinlarini ekib, yetishtiradilar o\u02bbzi va oilasi iqtisodini yuksaltirib, oilaviy daromadlarini oshiradilar. O\u02bbz o\u02bbrnida bu ishsiz yoshlarning bandligini ta\u02bcminlab, yoshlar o\u02bbrtasida ishsizlik bilan birga bekorchilikdan kelib chiqishi mumkin bo\u02bblgan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini oladi.<\/p>\n<p>Yanada e\u02bctiborlisi shuki \u201cSayyora favvorasi\u201d xususiy korxonasi paxta to\u02bbqimachilik klasteri ma\u02bcmuriyati yer ajratib berilgan yoshlarga yana-da qulay imkoniyatlar yaratib beryapti. Bunda yoshlarga yer ajratib berishdan tashqari ularga ekin ekish uchun urug\u02bbliklarni yetkazib berish, ekinlarni yetishtirishdan boshlab, hosil olishga qadar bo\u02bblgan mavsumiy agrotexnika tadbirlarini amalga oshirishda amaliy yordamlar ko\u02bbrsatishni o\u02bbz zimmasiga olgan. Bundan tashqari qishloq xo\u02bbjaligi klasterining tajribali agronomi va iqtisodchi mutaxassisi yer ajratib berilgan yoshlarning dehqonchilik va iqtisodiy ko\u02bbnikmalarini shakllantirishlari uchun o\u02bbz tavsiya va maslahatlarini berib borishga biriktirildi.<\/p>\n<p>Shuningdek, yoshlarga yer ajratib berish tadbirida Bo\u02bbston tumanida qishloq xo\u02bbjaligi rivojlanishiga o\u02bbzining munosib hissasini qo\u02bbshib kelgan mehnat faxriysi Muhammadqodir hoji Turdiyev hamda \u201cSayyora favvorasi\u201d xususiy korxonasi paxta to\u02bbqimachilik klasterining moliyaviy masalalar bo\u02bbyicha direktori Bahodirjon Qodirovlar so\u02bbzga chiqib, yor ajratib berilgan yoshlarga ushbu ekin maydonlaridan unumli foydalanishlari va o\u02bbzlarining halol mehnatlari bilan oilaviy iqtisodini yuksaltirishlariga umid bildirdilar. Yosh dehqonlarning boshlayotgan ishlariga omad tiladilar.<\/p>\n<p style=\"text-align: right;\"><strong>\u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d &#8211; Ilhomjon TOJIBOYEV<\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Andijon viloyati Bo\u02bbston tumanidagi \u201cSayyora favvorasi\u201d xususiy korxonasi paxta to\u02bbqimachilik klasteri ma\u02bcmuriyati tomonidan ishsiz yoshlarning 90 nafariga 10 sotixdan yer ajratib berildi. Mazkur qishloq xo\u02bbjalik klasteri tasarrufidagi Bo\u02bbston tumanining Ulug\u02bbbek massivida joylashgan 27-bo\u02bblimning 9 gektarlik ekin maydoni tumandagi Maorif, Ko\u02bbhinur, Mustaqillikning 15 yilligi va G\u02bbolib mahalla fuqarolari yig\u02bbinlarining \u201cTemir daftari\u201d ro\u02bbyxatida turgan ehtiyojmand oilalarning 30&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12053,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-12056","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12056","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12056"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12056\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12057,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12056\/revisions\/12057"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12053"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12056"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12056"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12056"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}