{"id":12275,"date":"2021-02-22T14:07:03","date_gmt":"2021-02-22T09:07:03","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=12275"},"modified":"2021-02-22T14:07:03","modified_gmt":"2021-02-22T09:07:03","slug":"prezident-shavkat-mirziyoyevning-bmt-inson-huquqlari-bo%ca%bbyicha-kengashining-46-sessiyasidagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/prezident-shavkat-mirziyoyevning-bmt-inson-huquqlari-bo%ca%bbyicha-kengashining-46-sessiyasidagi-nutqi\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashining 46-sessiyasidagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Hurmatli rais Najot Shamim Xon xonimlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Hurmatli Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bugun O\u02bbzbekiston Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengash a\u02bczosi sifatida ushbu uchrashuvda birinchi marta ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p>Biz so\u02bbnggi yillar davomida Kengashga a\u02bczo bo\u02bblish uchun butun mas\u02bculiyatni anglagan holda intilib kelganimizni ta\u02bckidlamoqchiman.<\/p>\n<p>Demokratik islohotlarimiz yangi O\u02bbzbekistonni bunyod etishga qaratilgan bo\u02bblib, bu o\u02bbzgarishlar ortga qaytmaydigan tus oldi.<\/p>\n<p>Biz Birlashgan Millatlar Tashkilotining\u00a0<u><strong>\u201cInson huquqlari yo\u02bblida harakatga da\u02bcvat\u201d\u00a0<\/strong><\/u>tashabbusini ilgari surish uchun Kengash a\u02bczolari, barcha sheriklarimiz bilan yaqin hamkorlikni davom ettiramiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli anjuman ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p>O\u02bbzbekistonda demokratik o\u02bbzgarishlarni yana-da chuqurlashtirish va Kengash doirasidagi faoliyatimizning ustuvor yo\u02bbnalishlari quyidagilardan iborat.<\/p>\n<p><strong>Birinchidan, insonning asosiy huquq va erkinliklarini ta\u02bcminlash O\u02bbzbekistondagi islohotlarda eng muhim o\u02bbrinda turadi.<\/strong><\/p>\n<p>2030-yilgacha mo\u02bbljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlari mamlakatimizda har bir insonning huquq va qonuniy manfaatlarini ta\u02bcminlashni ko\u02bbzda tutadigan \u201c<u>hech kimni e\u02bctibordan chetda qoldirmaslik<\/u>\u201d tamoyili asosida amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Bu o\u02bbrinda so\u02bbz Inson huquqlari bo\u02bbyicha Oliy komissar boshqarmasi ekspertlarining faol ishtirokida ishlab chiqilgan Inson huquqlari bo\u02bbyicha milliy strategiyani amalga oshirish to\u02bbg\u02bbrisida bormoqda.<\/p>\n<p><strong>Ikkinchidan, biz gender siyosati masalalari borasida mamlakatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida va ishbilarmonlik sohasida ayollarning rolini tubdan oshirishga qaratilgan ishlarni qat\u02bciy davom ettiramiz.<\/strong><\/p>\n<p>Joriy yilda O\u02bbzbekistonda Markaziy Osiyo mamlakatlari yetakchi ayollarining muloqoti va xotin-qizlarning mintaqaviy biznes-forumini o\u02bbtkazishni rejalashtirmoqdamiz.<\/p>\n<p><strong>Uchinchidan, alohida ehtiyojga ega bo\u02bblgan shaxslarning huquqlarini ta\u02bcminlashga jiddiy e\u02bctibor qaratiladi.<\/strong><\/p>\n<p>Yaqinda Nogironligi bo\u02bblgan shaxslarning huquqlari to\u02bbg\u02bbrisidagi yangi qonun kuchga kirdi. O\u02bbzbekiston Parlamenti Nogironlar huquqlari to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiyani ratifikatsiya qilishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Biz imkoniyati cheklangan shaxslarning o\u02bbz qobiliyatini to\u02bbla ro\u02bbyobga chiqarish masalalari bo\u02bbyicha Mintaqaviy kengash tuzishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>To\u02bbrtinchidan, aholimizning yarmidan ko\u02bbpini tashkil etadigan yoshlar huquqlarini himoya qilish doimo e\u02bctiborimiz markazida bo\u02bblib kelmoqda.<\/strong><\/p>\n<p>Joriy yil O\u02bbzbekistonda \u201c<u>Yoshlarni qo\u02bbllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili<\/u>\u201d, deb e\u02bclon qilindi.<\/p>\n<p>Bu borada biz:<\/p>\n<p>&#8211; Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Yoshlar huquqlari bo\u02bbyicha butunjahon konferensiyasini o\u02bbtkazish;<\/p>\n<p>&#8211; BMT Iqtisodiy va ijtimoiy kengashining o\u02bbninchi forumida Yoshlar huquqlari to\u02bbg\u02bbrisidagi konvensiya loyihasini taqdim etish;<\/p>\n<p>shuningdek, Yoshlar huquqlari bo\u02bbyicha maxsus ma\u02bcruzachi institutini ta\u02bcsis etish masalasini kiritishga tayyorgarlik ko\u02bbrmoqdamiz.<\/p>\n<p><strong>Beshinchidan<\/strong>, biz Xalqaro mehnat tashkiloti va Jahon banki bilan hamkorlikda\u00a0<strong>majburiy mehnat va bolalar mehnatiga barham berish bo\u02bbyicha katta ishlarni amalga oshirdik.<\/strong>\u00a0Bu islohotlarimizdagi eng asosiy yutuqlarimizdan biri bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>2021-yilda, ya\u02bcni Bolalar mehnatiga barham berish xalqaro yilida Bolalar Ombudsmani to\u02bbg\u02bbrisidagi qonunni qabul qilamiz.<\/p>\n<p><strong>Oltinchidan, \u201cInson huquqlari sohasida ta\u02bclim\u201d deklaratsiyasining 10 yilligiga bag\u02bbishlab biz Oliy komissar boshqarmasi bilan birgalikda global forum o\u02bbtkazishni taklif etamiz.<\/strong><\/p>\n<p>O\u02bbqitish tizimini rivojlantirish maqsadida BMTning inson huquqlari sohasidagi Ixtiyoriy badallar jamg\u02bbarmasiga o\u02bbz hissamizni qo\u02bbshmoqchimiz.<\/p>\n<p><strong>Yettinchidan,<\/strong>\u00a0Bosh kotib Antoniu Guterrish Janobi Oliylarining\u00a0<strong>fuqaroligi bo\u02bblmagan shaxslar sonini kamaytirish bo\u02bbyicha qat\u02bciy choralar ko\u02bbrish to\u02bbg\u02bbrisidagi taklifini qo\u02bbllab-quvvatlaymiz.<\/strong><\/p>\n<p>Birgina o\u02bbtgan yilning o\u02bbzida 50 ming nafar vatandoshimiz O\u02bbzbekiston fuqaroligiga qabul qilindi, bu yil yana 20 mingdan ziyod kishi fuqarolikka ega bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Xonimlar va janoblar!<\/strong><\/p>\n<p>Biz erishgan natijalarimiz bilan kifoyalanib qolmasdan, bundan buyon ham\u00a0<strong>fuqarolik jamiyati institutlarini yana-da rivojlantirish, O\u02bbzbekistonda so\u02bbz erkinligini har tomonlama qo\u02bbllab-quvvatlashni qat\u02bciy maqsad qilganmiz.<\/strong><\/p>\n<p>Shu asnoda nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari to\u02bbg\u02bbrisida kodekslar ishlab chiqilmoqda.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining din yoki e\u02bctiqod erkinligi, sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo\u02bbyicha maxsus ma\u02bcruzachilarining tavsiyalarini alohida e\u02bctiborga olganmiz.<\/p>\n<p>Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengashga\u00a0<u>Sudyalar kengashlari<\/u>\u00a0faoliyatining universal prinsiplarini ishlab chiqish masalasini ko\u02bbrib chiqishni taklif etamiz.<\/p>\n<p><strong>Qiynoqlarning oldini olish bo\u02bbyicha milliy preventiv mexanizmni joriy etish<\/strong>\u00a0doirasida biz odamning qadr-qimmatini yerga uradigan, insoniylikka zid bo\u02bblgan<strong>\u00a0qiynoqlarning har qanday ko\u02bbrinishiga bundan buyon ham mutlaqo yo\u02bbl qo\u02bbymaymiz.<\/strong>\u00a0Bunday jinoyatlar qachon sodir etilganidan qat\u02bci nazar, ular uchun jazo muqarrardir.<\/p>\n<p>Qiynoqlarga qarshi konvensiyaning Fakultativ protokolini ratifikatsiya qilamiz.<\/p>\n<p>Mazkur masalalar yuzasidan hamkorlikda ishlash maqsadida Qiynoqlar masalasi bo\u02bbyicha maxsus ma\u02bcruzachini O\u02bbzbekistonga taklif etishga tayyorgarlik ko\u02bbryapmiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli yig\u02bbilish ishtirokchilari!<\/strong><\/p>\n<p><strong>O\u02bbzbekiston inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlariga qat\u02bciy sodiq qoladi.<\/strong><\/p>\n<p>Shu bilan birga, biz inson huquqlari borasida hali ulkan yo\u02bblning boshida turganimizni yaxshi tushunamiz va xalqaro hamkorlarimizning qo\u02bbllab-quvvatlashiga umid qilamiz. Shu munosabat bilan Inson huquqlari bo\u02bbyicha Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlarining yurtimizga tashrifini kutib qolamiz.<\/p>\n<p>Bu borada mandatga ega bo\u02bblgan barcha vakillarning O\u02bbzbekistonga tashrif buyurishlari uchun doimiy taklifnoma yuborish haqida qarorni qabul qilamiz.<\/p>\n<p>Shuningdek, Osiyo qit\u02bcasining inson huquqlari bo\u02bbyicha mintaqaviy mexanizmini muntazam faoliyat ko\u02bbrsatadigan platforma \u2013 Samarqand forumi negizida yaratish borasida ko\u02bbmak berishga tayyormiz.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p><strong>Hurmatli do\u02bbstlar!<\/strong><\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining 75 yillik tarixi inson huquqlari universal qadriyat ekanini yaqqol isbotladi. Bu ustuvor tamoyilsiz yer yuzida tinchlik, xavfsizlik va barqaror taraqqiyotga erishib bo\u02bblmaydi.<\/p>\n<p>Nutqimning yakunida shuni yana bir bor ta\u02bckidlab aytmoqchiman:\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengash a\u02bczosi sifatida xalqaro huquqning inson huquqlariga oid umum e\u02bctirof etilgan prinsip va normalarini qat\u02bciy himoya qiladi va faol ilgari suradi.<\/strong><\/p>\n<p>E\u02bctiboringiz uchun rahmat.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Hurmatli rais Najot Shamim Xon xonimlari! Hurmatli Oliy komissar Mishel Bachelet xonimlari! Xonimlar va janoblar! &nbsp; Bugun O\u02bbzbekiston Inson huquqlari bo\u02bbyicha kengash a\u02bczosi sifatida ushbu uchrashuvda birinchi marta ishtirok etmoqda. Biz so\u02bbnggi yillar davomida Kengashga a\u02bczo bo\u02bblish uchun butun mas\u02bculiyatni anglagan holda intilib kelganimizni ta\u02bckidlamoqchiman. Demokratik islohotlarimiz yangi O\u02bbzbekistonni bunyod etishga qaratilgan bo\u02bblib, bu o\u02bbzgarishlar&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12270,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-12275","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12275","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12275"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12275\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12276,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12275\/revisions\/12276"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12270"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12275"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12275"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12275"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}