{"id":12631,"date":"2021-03-09T22:59:12","date_gmt":"2021-03-09T17:59:12","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=12631"},"modified":"2021-03-09T22:59:12","modified_gmt":"2021-03-09T17:59:12","slug":"qoraqalpogistonda-amalga-oshiriladigan-investisiya-loyihalari-taqdimoti-otkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/qoraqalpogistonda-amalga-oshiriladigan-investisiya-loyihalari-taqdimoti-otkazildi\/","title":{"rendered":"Qoraqalpog\u2018istonda amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti o\u2018tkazildi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoev 9-mart kuni Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari 2020-yil 2 oktabr kuni Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar bergan edi. Shundan so\u2018ng, mutaxassislar tomonidan har bir shahar va tumandagi imkoniyat va muammolar o\u2018rganilib, takliflar ishlab chiqildi. Ular asosida, o\u2018tgan yili 11-noyabrda Prezidentning \u201c2020-2023-yillarda Qoraqalpog\u2018iston Respublikasini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi qarori qabul qilindi.<\/p>\n<p>Taqdimotda, avvalo, mazkur qaror ijrosi doirasida muhandislik va yo\u2018l infratuzilmasini rivojlantirish, mahalla va ovullarda turmush sharoitlarini yaxshilash, aholi bandligini ta&#8217;minlash bo\u2018yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma&#8217;lumot berildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili Qoraqalpog\u2018istonda umumiy qiymati 436 million dollarlik 712 ta loyiha amalga oshirilib, 4 ming 300 dan ziyod ish o\u2018rni yaratilgan. Joriy yilning yanvar&#8217;-fevral&#8217; oylarida esa 52 ta loyiha bajarilib, 300 dan ortiq kishining bandligi ta&#8217;minlangan.<\/p>\n<p>Bu boradagi ishlar tizimli davom ettirilmoqda. Xususan, umumiy qiymati 887 million dollardan ziyod bo\u2018lgan yana 711 ta loyiha shakllantirilgan. Sohalar kesimida aytganda, ularning 201 tasi sanoat, 280 tasi xizmat ko\u2018rsatish, 230 tasi qishloq xo\u2018jaligi tarmoqlaridadir. Barcha loyihalar natijasida qariyb 222 million dollarlik ishlab chiqarish quvvati tashkil etish, 100 million dollarlik import o\u2018rnini bosish hamda 41 million dollarlik eksportni ta&#8217;minlash mumkin bo\u2018ladi. 22 mingdan ortiq yangi ish o\u2018rni yaratiladi.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018iston zamini mineral resurslarga boy. Ularni qayta ishlab, qurilish materiallari tayyorlash maqsadida 150 ta loyiha rejalashtirilgan. Natijada yiliga 1 trillion so\u2018mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarilib, qo\u2018shimcha 3 million dollarlik eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Masalan, Mo\u2018ynoq tumanida keramika va qamishdan plitalar, To\u2018rtko\u2018l tumanida oyna ishlab chiqarish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>To\u2018qimachilik sohasida 40 ta, farmasevtika yo\u2018nalishida 16 ta korxona tashkil etish mo\u2018ljallangan. Bu korxonalarda 5 mingdan ortiq kishi ish bilan ta&#8217;minlanadi.<\/p>\n<p>Ulardan biri \u2013 artemiya sistasini qayta ishlash bo\u2018yicha loyiha. Qisqichbaqasimonlar oilasiga mansub ushbu mitti jonzotdan tayyorlanadigan mahsulotlar tibbiyot, farmasevtika, kosmetologiya, qishloq xo\u2018jaligi kabi ko\u2018plab sohalarda foydalaniladi. Shu bois 30 million dollar evaziga korxona tashkil etib, yiliga 3\u00a0ming 500 tonna artemiya sistasini qayta ishlashni yo\u2018lga qo\u2018yish rejalashtirilgan. Uning eksport quvvati 30 million dollar bo\u2018lishi mo\u2018ljallangan. Bu yerda 500 ta doimiy, 2 mingta mavsumiy ish o\u2018rni yaratiladi.<\/p>\n<p>Qizilmiya ildizini chuqur qayta ishlash bo\u2018yicha yana 13 ta loyiha shakllantirilgan. Ularning samarasida qizilmiya mahsulotlari eksporti miqdorini hozirgi 29 million dollardan 62 million dollarga yetkazish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u2018istonning qishloq xo\u2018jaligi sohasidagi imkoniyatlari ham juda keng. Masalan, chorvachilik, baliqchilik va parrandachilik bo\u2018yicha 117 ta loyiha ishlab chiqilgan. Ularning samarasida 7 mingga yaqin kishining bandligi ta&#8217;minlanadi. Ahamiyatlisi, ushbu loyihalarning 24 tasi go\u2018sht, sut va terini qayta ishlash, omuxta yem ishlab chiqarishga yo\u2018naltirilgan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari xorijiy tajribani tatbiq etgan holda, naslli chorvachilik va baliqchilikni rivojlantirish zarurligini ta&#8217;kidladi. Resurslarni to\u2018la ishga solib, qayta ishlashni chuqurlashtirish, aholiga doimiy daromad manbai yaratish chora-tadbirlari yuzasidan ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoev 9-mart kuni Qoraqalpog\u2018iston Respublikasida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari 2020-yil 2 oktabr kuni Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi Jo\u2018qorg\u2018i Kengesining navbatdan tashqari sessiyasida hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi hayotini yaxshilash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar bergan edi. Shundan so\u2018ng, mutaxassislar tomonidan har bir shahar va tumandagi imkoniyat va muammolar o\u2018rganilib, takliflar ishlab chiqildi. Ular asosida,&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12626,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-12631","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12631","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12631"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12631\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12632,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12631\/revisions\/12632"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12626"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12631"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12631"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12631"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}