{"id":12815,"date":"2021-03-15T23:29:23","date_gmt":"2021-03-15T18:29:23","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=12815"},"modified":"2021-03-15T23:29:23","modified_gmt":"2021-03-15T18:29:23","slug":"qashqadaryo-viloyati-hamda-elektr-energiyasi-tarmogida-amalga-oshiriladigan-loyihalar-korib-chiqildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/qashqadaryo-viloyati-hamda-elektr-energiyasi-tarmogida-amalga-oshiriladigan-loyihalar-korib-chiqildi\/","title":{"rendered":"Qashqadaryo viloyati hamda elektr energiyasi tarmog\u2018ida amalga oshiriladigan loyihalar ko\u2018rib chiqildi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda elektr energiyasi tarmog\u2018ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Qashqadaryo viloyatida hamma tarmoqlar bo\u2018yicha salohiyat yuqori. Sanoat uchun zarur xomashyo resurslari, xizmat ko\u2018rsatish uchun infratuzilma, qishloq xo\u2018jaligi uchun yer-suv va tajriba bor. Shulardan kelib chiqib, to\u2018qimachilik, qurilish materiallari, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm, uzumchilik, bog\u2018dorchilik va chorvachilik asosiy \u201co\u2018sish nuqtalari\u201d sifatida belgilab olingan.<\/p>\n<p>Joriy yil uchun umumiy qiymati 11 trillion 300 milliard so\u2018m bo\u2018lgan 1 ming 125 ta hududiy loyiha shakllantirilgan. Xususan, sanoat sohasida 296 ta, xizmat ko\u2018rsatishda 449 ta, qishloq xo\u2018jaligi tarmog\u2018ida 380 ta korxona tashkil etilishi rejalashtirilgan. Bunda iqtisodiy samaradorlik va bandlikka alohida e\u2019tibor qaratilgan. Bo\u2018lg\u2018usi korxonalarda yiliga 6 trillion so\u2018mlikdan ziyod mahsulot ishlab chiqarish quvvati yaratiladi. Bu 131 million dollarlik import o\u2018rnini bosish, 180 million dollarlik eksport qilish imkonini beradi. 19 mingdan ziyod kishi ish bilan ta\u2019minlanadi.<\/p>\n<p>Masalan, paxta-to\u2018qimachilik klasterlari tomonidan 26 ta loyiha taklifi bildirilgan. Shundan 10 tasi tayyor mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan. Bularning natijasida paxta xomashyosini viloyatning o\u2018zida qayta ishlash darajasiga sezilarli oshadi. Birgina shu tarmoqda 7 ming 600 dan ziyod ish o\u2018rni tashkil etiladi.<\/p>\n<p>Qashqadaryoda yiliga 106 ming tonna gipsokarton, 102 ming kvadrat metr kafel va boshqa qurilish materiallariga talab bor. Lekin, kerakli xomashyo bo\u2018lishiga qaramay, viloyatda bu mahsulotlar umuman ishlab chiqarilmas edi. Shu bois bu sohada bir nechta loyiha rejalashtirilgan.<\/p>\n<p>Misol uchun, Chiroqchi tumanida 210 milliard so\u2018mlik loyiha evaziga gipsokarton, pardozbop toshlar, gazobeton, temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarish mo\u2018ljallangan. Buning natijasida uy-joylar qurilishida 1 kvadrat metr tannarxini 25 foizgacha qisqartirish imkoniyati paydo bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, Chiroqchi tumanida kafel ishlab chiqarish, Shahrisabz shahrida granit va marmarni qayta ishlash bo\u2018yicha loyihalar ham bor.<\/p>\n<p>Qashqadaryoning tog\u2018li tumanlari meva-sabzavot, uzum, kartoshka, kovrak kabi bozorbop mahsulotlar yetishtirishga, dasht hududlar chorvachilikka ixtisoslashtirilgan. Jumladan, Nishon tumanida chorva kompleksi tashkil etib, sutni qayta ishlash bo\u2018yicha 110 milliard so\u2018mlik loyihaga kirishilgan. Bu majmuada 614 bosh naslli qoramol boqilib, yiliga 5 ming 760 tonna sut mahsulotlari tayyorlanadi. 230 nafar qishloq aholisi ishli bo\u2018ladi.<\/p>\n<p>Shahrisabz tumanining tog\u2018oldi qishloqlarida kartoshka va sabzavotlar yetishtirish loyihalari ham iqtisodiy, ham ijtimoiy jahatdan muhim. Buning uchun aholiga yer ajratib berilib, mahsulotlar kooperatsiya asosida sotib olinadi. Hisob-kitoblarga ko\u2018ra, shu hududning o\u2018zidan viloyatda kartoshkaga bo\u2018lgan talabning 34 foizini ta\u2019minlash mumkin. Bu ishlarga 6 ming 500 dan ziyod aholini jalb etib, ularga daromad manbai yaratish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari loyihalarni bir-biriga yaqin, ixcham joylashtirib, kommunikatsiya xarajatlarini kamaytirish, hududiy korxonalarni yirik sanoat tarmoqlari bilan bog\u2018lash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi. Har bir loyiha zamirida aholini ish bilan ta\u2019minlash masalasi yotgani uchun ularga mablag\u2018larni tezroq ajratish zarurligini ta\u2019kidladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda joriy yilda elektr energetikasi sohasida amalga oshiriladigan loyihalar ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarining elektr energiyasiga bo\u2018lgan talabi yildan-yilga ortib bormoqda. Buni ta\u2019minlash maqsadida eskirgan podstansiyalar va uzatish tarmoqlari bosqichma-bosqich yangilab kelinmoqda.<\/p>\n<p>Xususan, bu yil magistral elektr tarmoqlari bo\u2018yicha umumiy qiymati 140 million dollar bo\u2018lgan 6 ta loyiha rejalashtirilgan. Ulardan biri 14 ta podstansiyani modernizatsiya qilish loyihasidir. Buning samarasida Qoraqalpog\u2018iston Respublikasi va viloyatlarda jami 1 ming 430 MVt qo\u2018shimcha quvvat yaratiladi. Yana bir muhim jihati, ushbu podstansiyalardagi yillik elektr energiyasi isrofi 1,5 million dollarga, ta\u2019mirlashga sarflanadigan xarajatlar qariyb 16 million dollarga kamayadi. Hisobga olish tizimidagi xatoliklar barham topadi.<\/p>\n<p>Qolgan 5 ta loyiha yangi podstansiyalar va magistral elektr uzatish tarmoqlarini qurish hamda tiklashga qaratilgan.<\/p>\n<p>Past kuchlanishli elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo\u2018yicha ham keng ko\u2018lamli ishlar belgilangan. Xususan, 15 ming kilometr elektr uzatish tarmoqlarini, 4 mingta transformatorni yangilash choralari ko\u2018rilgan. Bu ishlar natijasida yurtimizdagi 5 ming 377 ta mahallaning elektr ta\u2019minoti yaxshilanadi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bu loyihalarning iqtisodiy samardorligi va ijtimoiy ahamiyatini alohida ta\u2019kidlab, ularni sifatli bajarish, elektr energiyasi ta\u2019minoti barqarorligini oshirish bo\u2018yicha topshiriqlar berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 15-mart kuni Qashqadaryo viloyatida hamda elektr energiyasi tarmog\u2018ida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Qashqadaryo viloyatida hamma tarmoqlar bo\u2018yicha salohiyat yuqori. Sanoat uchun zarur xomashyo resurslari, xizmat ko\u2018rsatish uchun infratuzilma, qishloq xo\u2018jaligi uchun yer-suv va tajriba bor. Shulardan kelib chiqib, to\u2018qimachilik, qurilish materiallari, kimyo va oziq-ovqat sanoati, turizm, uzumchilik, bog\u2018dorchilik va&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12810,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-12815","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12815","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12815"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12815\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12816,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12815\/revisions\/12816"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12810"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12815"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12815"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12815"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}