{"id":12993,"date":"2021-03-23T21:51:07","date_gmt":"2021-03-23T16:51:07","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=12993"},"modified":"2021-03-23T21:51:07","modified_gmt":"2021-03-23T16:51:07","slug":"xorazm-viloyatida-82-ta-investitsiya-loyihasi-amalga-oshiriladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/xorazm-viloyatida-82-ta-investitsiya-loyihasi-amalga-oshiriladi\/","title":{"rendered":"Xorazm viloyatida 812 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi"},"content":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari o\u2018tgan yilning oxirida, 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo\u2018lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, infratuzilma inshootlari qurib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar bergan edi. Taqdimotda, avvalo, shu borada bajarilgan ishlar to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot berildi.<\/p>\n<p>Aytib o\u2018tilganidek, joriy yilning yanvar-mart oylarida 188 ta loyiha ishga tushirilib, 1 ming 726 ta ish o\u2018rni yaratilgan. Suv tejovchi texnologiyalarni tatbiq etish orqali 4 ming gektarga yaqin yer foydalanishga kiritilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan nefrologiya va buyrak transplantatsiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Xorazm filiali tashkil qilingan. Amudaryo ustida yangi temir yo\u2018l ko\u2018prigi qurilishi boshlangan. Bunday misollarni ko\u2018plab keltirish mumkin.<\/p>\n<p>Viloyatdagi siljishlarni izchil davom ettirish maqsadida joriy yil uchun 812 ta investitsiya loyihasi shakllantirilgan. Umumiy qiymati 1 milliard 320 million dollar bo\u2018lgan mazkur loyihalarning 770 tasi hududiy, 42 tasi tarmoqlarniki.<\/p>\n<p>Sohalar bo\u2018yicha aytganda, ularning 273 tasi sanoat, 277 tasi xizmat ko\u2018rsatish, 262 tasi qishloq xo\u2018jaligiga oid. Bu loyihalar natijasida 23 mingdan ortiq ish o\u2018rni tashkil etish, 65 million dollarlik tovar va xizmatlar eksport qilish mo\u2018ljallangan.<\/p>\n<p>To\u2018qimachilik, avtomobilsozlik, elektr texnikasi va oziq-ovqat sanoati, turizm, xizmatlar, issiqxona xo\u2018jaligi Xorazm viloyatining asosiy \u201co\u2018sish nuqtalari\u201d sifatida belgilangan.<\/p>\n<p>Masalan, paxta-to\u2018qimachilik klasterlari tomonidan 49 ta loyiha taklif etilgan. Ularning samarasida viloyatda yetishtirilayotgan paxtani qayta ishlash darajasi 2 barobardan ziyod o\u2018sib, ayrim ko\u2018rsatkichlar bo\u2018yicha 100 foizga yetadi. Xususan, ip-kalava tayyorlash quvvati 47 ming tonnadan 104 ming tonnaga, mato ishlab chiqarish 9 ming tonnadan 49 ming tonnaga, tayyor kiyim-kechaklar 47 million donadan 152 million donaga ortadi. Shunday korxonalar joriy yilda Qo\u2018shko\u2018pir, Shovot, Yangiariq, Bog\u2018ot tumanlarida ishga tushadi.<\/p>\n<p>Avtomobilsozlikda 100 turdagi kuzov detallari, turli ehtiyot qismlar ishlab chiqarish bo\u2018yicha 6 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu mahsulotlar 20 million dollarlik import o\u2018rnini bosishi bilan ahamiyatli. Natijada Pitnakdagi zavodning lokalizatsiya darajasi 36 foizdan 45 foizga chiqadi.<\/p>\n<p>Qurilish materiallari sanoatida 85 ta loyiha rejalashtirilgan. Masalan, Urganch shahrida gazoblok, keramik plita, gipsokarton ishlab chiqariladi, \u201cHazorasp\u201d erkin iqtisodiy zonasida gulqog\u2018oz tayyorlash loyihasi kengaytiriladi.<\/p>\n<p>Mazkur erkin iqtisodiy zonada elektr dvigatellar, Xiva shahrida gilam va polipropilen iplar ishlab chiqarish korxonalari ham ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Qishloq xo\u2018jaligida yerlarni lazer yordamida tekislash va tomchilatib sug\u2018orishni keng joriy etish bo\u2018yicha ishlar boshlangan. Bu orqali paxtachilikda hosildorlikni 35 sentnerga, g\u2018allachilikda 66 sentnerga yetkazish maqsad qilingan.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, Xorazm guruchining dong\u2018i ketgan, unga bozorda talab doim yuqori. Lekin viloyatda yer va suv imkoniyatlari cheklangani sababli sholini istalgancha ekib bo\u2018lmaydi. Shu bois yaxshi nav tanlash va xorij texnologiyasi asosida ekish orqali bor yerdan ko\u2018p hosil olish choralari ko\u2018rilmoqda. Buning uchun Xitoydan Xorazm tuproq-iqlim sharoitiga mos navlar keltiriladi. O\u2018tgan yilgicha maydonda, lekin undan 50 ming tonna ko\u2018p mahsulot olinadi. Bu 684 milliard so\u2018m qo\u2018shimcha daromad deganidir. Qolaversa, bu omilkorlik natijasida yiliga 113 million kub metr suv tejaladi.<\/p>\n<p>Oziq-ovqat xavfsizligi va narxlar barqarorligini ta\u2019minlash maqsadida joriy yilda o\u2018tgan yilga nisbatan 151 ming tonna ko\u2018p meva-sabzavot va poliz mahsulotlari yetishtirish rejalashtirilgan. Shuningdek, chorva sonini ko\u2018paytirish bo\u2018yicha 20 ta, parrandachilik yo\u2018nalishida 24, baliqchilikni sanoat usulida rivojlantirish bo\u2018yicha 8 ta loyiha amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Taqdimotda turizm, energetika, charm-sanoat, zargarlik, qurilish sohasiga doir loyihalar ham ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari mazkur rejalarni ma\u2019qullab, shu bilan birga qo\u2018shimcha loyihalarni shakllantirish vazifasini qo\u2018ydi. Mahallalarda \u201co\u2018sish nuqtalari\u201dni topib, ish o\u2018rinlarini ko\u2018paytirish, \u00a0ularga ishsiz aholi, ayniqsa, yoshlar va xotin-qizlarni joylashtirish, o\u2018zini o\u2018zi band qiladigan tashabbuskorlarni qo\u2018llab-quvvatlash yuzasidan topshiriqlar berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari o\u2018tgan yilning oxirida, 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo\u2018lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, infratuzilma inshootlari qurib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar bergan edi. Taqdimotda, avvalo, shu borada bajarilgan ishlar to\u2018g\u2018risida ma\u2019lumot berildi. Aytib o\u2018tilganidek, joriy yilning yanvar-mart oylarida&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":12988,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-12993","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12993","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=12993"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12993\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":12994,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/12993\/revisions\/12994"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/12988"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=12993"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=12993"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=12993"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}