{"id":15437,"date":"2021-09-08T11:31:41","date_gmt":"2021-09-08T06:31:41","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=15437"},"modified":"2021-09-08T11:31:41","modified_gmt":"2021-09-08T06:31:41","slug":"eksportchi-korxonalarni-ragbatlantirishga-oid-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/eksportchi-korxonalarni-ragbatlantirishga-oid-qoshimcha-chora-tadbirlar-togrisida\/","title":{"rendered":"Eksportchi korxonalarni rag\u2018batlantirishga oid qo\u2018shimcha chora-tadbirlar to\u2018g\u2018risida"},"content":{"rendered":"<h4 class=\"mt0\">O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i<\/h4>\n<p>Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko\u2018paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o\u2018rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo\u2018nalishlarini belgilab olish bo\u2018yicha\u00a0<strong>2021 yil 20 avgust kuni<\/strong>\u00a0o\u2018tkazilgan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan\u00a0<strong>ochiq muloqoti<\/strong>\u00a0doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta\u2019minlash maqsadida:<\/p>\n<p>1. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 21 oktyabrdagi \u201cEksport faoliyatini moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi PF\u20136091-son Farmoni va 2021 yil 13 iyuldagi \u201cEksport faoliyatini moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish to\u2018g\u2018risida\u201dgi PQ\u20135184-son qaroriga asosan eksport bilan bog\u2018liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg\u2018armasidan Eksportni rag\u2018batlantirish agentligi huzuridagi Eksportni qo\u2018llab-quvvatlash jamg\u2018armasiga 200 million AQSH dollari ajratilganligi ma\u2019lumot uchun qabul qilinsin.<\/p>\n<p>2. Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Moliya vazirligining\u00a0<strong>2021 yil 1 oktyabrdan boshlab<\/strong>:<\/p>\n<p>Eksportni rag\u2018batlantirish agentligi tomonidan\u00a0<strong>yillik eksport hajmi 20 million AQSH dollaridan oshgan korxonalarga<\/strong>\u00a0eksport bilan bog\u2018liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar\u00a0<strong>5 million AQSH dollarigacha miqdorda<\/strong>\u00a0hamda bir yilgacha muddatga taqdim etilishi;<\/p>\n<p>oxirgi o\u2018n ikki oy davomida\u00a0<strong>1 million AQSH dollaridan ortiq tayyor to\u2018qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga<\/strong>\u00a0asosiy va yordamchi ishlab chiqarishi uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda\u00a0<strong>bojxona to\u2018lovlarini to\u2018lash bo\u2018yicha foiz hisoblanmagan hamda ularning to\u2018lanishini ta\u2019minlash talab etilmagan holda 120 kunga to\u2018lovni kechiktirish (bo\u2018lib-bo\u2018lib to\u2018lash)<\/strong>\u00a0imkoniyatini berish to\u2018g\u2018risidagi takliflariga rozilik berilsin.<\/p>\n<p>Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ini to\u2018lovchilar uchun qo\u2018shilgan qiymat solig\u2018ini to\u2018lash muddatini uzaytirish tartibi to\u2018g\u2018risidagi nizomga tegishli o\u2018zgartirish va qo\u2018shimchalar kiritsin.<\/p>\n<p>3. Belgilab qo\u2018yilsinki:<\/p>\n<p>tashqi savdo operatsiyalari bo\u2018yicha muddati o\u2018tgan debitor qarzdorlik uchun xo\u2018jalik yurituvchi sub\u2019ektlarga nisbatan jarimalar qo\u2018llanilishi, shuningdek, ushbu Farmon kuchga kirguniga qadar qo\u2018llanilgan jarimalar undirilishi\u00a0<strong>2021 yil 31 dekabrga qadar<\/strong>\u00a0to\u2018xtatiladi;<\/p>\n<p><strong>2021 yil 1 oktyabrdan<\/strong>\u00a0yuqori sifat va nazorat tizimiga ega mamlakatlardan sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyo, o\u2018lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko\u2018tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talabi bekor qilinadi;<\/p>\n<p>Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo\u2018yicha Hukumat komissiyasiga Eksportni rag\u2018batlantirish agentligi tomonidan korxonalarga eksport bilan bog\u2018liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun tijorat banklari orqali bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibini tasdiqlash va o\u2018zgartirish kiritish huquqi beriladi.<\/p>\n<p>4. Tashqi savdo, investitsiyalar, mahalliy sanoatni rivojlantirish va texnik jihatdan tartibga solish masalalari bo\u2018yicha Hukumat komissiyasi (S.U. Umurzakov)\u00a0<strong>ikki hafta muddatda<\/strong>:<\/p>\n<p>Eksportni rag\u2018batlantirish agentligi tomonidan tijorat banklariga eksport bilan bog\u2018liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun bir martalik moliyaviy resurslar taqdim etish tartibiga tegishli o\u2018zgartirishlar kiritsin;<\/p>\n<p>Yevropa mamlakatlariga qo\u2018shilgan qiymati yuqori bo\u2018lgan mahsulotlarni eksport qilishda transport xarajatlarining 50 foizini kompensatsiya qilish tizimini bir yil muddatga joriy etsin;<\/p>\n<p>sertifikatlangan va deklaratsiyalangan asbob-uskuna, butlovchi qismlar, xomashyolar, o\u2018lchov vositalari, kimyoviy reagentlar, ko\u2018tarish moslamalari va transport vositalari importida milliy sertifikat olish talab qilinmaydigan yuqori sifat va nazorat tizimiga ega davlatlar ro\u2018yxatini tasdiqlasin.<\/p>\n<p>5. Belgilansinki, tariq (TIF TN kodlari 1008 21 000 0, 1008 29 000 0), quritilgan dukkakli ekinlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 10 000 0), meva va yong\u2018oqlardan olingan un va kukun (TIF TN kodi 1106 30 900 0) eksporti uchun O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasi ruxsati talab qilinmaydi.<\/p>\n<p>6. O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga ilovaga muvofiq o\u2018zgartirishlar va qo\u2018shimcha kiritilsin.<\/p>\n<p>7. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O\u2018zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u2018rinbosari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p><strong>O\u2018zbekiston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 Prezidenti \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0Sh.MIRZIYOEV<\/strong><\/p>\n<p><i>Toshkent shahri,<\/i><\/p>\n<p><i>2021 yil 7 sentyabr<\/i><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Respublikamizning eksport salohiyatini oshirish, eksportchi korxonalarni moliyaviy qo\u2018llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash va valyuta tushumlarini ko\u2018paytirish, shuningdek, tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o\u2018rganish hamda tadbirkorlikni kelgusida rivojlantirishning asosiy yo\u2018nalishlarini belgilab olish bo\u2018yicha\u00a02021 yil 20 avgust kuni\u00a0o\u2018tkazilgan O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan\u00a0ochiq&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":15432,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-15437","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15437","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=15437"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15437\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":15438,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/15437\/revisions\/15438"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/15432"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=15437"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=15437"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=15437"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}