{"id":20508,"date":"2022-12-19T10:30:25","date_gmt":"2022-12-19T05:30:25","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=20508"},"modified":"2022-12-19T10:30:25","modified_gmt":"2022-12-19T05:30:25","slug":"furqat-sidiqov-iqtisodiy-diplomatiya-ozbekistonda-toqimachilik-sanoati-salohiyatini-ilgari-surishda-muhim-vosita-bolmoqda","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/furqat-sidiqov-iqtisodiy-diplomatiya-ozbekistonda-toqimachilik-sanoati-salohiyatini-ilgari-surishda-muhim-vosita-bolmoqda\/","title":{"rendered":"Furqat Sidiqov: Iqtisodiy diplomatiya O\u2018zbekistonda to\u2018qimachilik sanoati salohiyatini ilgari surishda muhim vosita bo\u2018lmoqda"},"content":{"rendered":"<p>\u201cO\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlariga xorijda talab jadal o\u2018sib bormoqda\u201d, &#8211; dedi O\u2018zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi\u00a0 o\u2018rinbosari Furqat Sidiqov \u00abDunyo\u00bb AA uchun intervyusida.<\/p>\n<p>&#8211; Bugungi kunda to\u2018qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati Yangi O\u2018zbekistonda yetakchi hamda jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. So\u2018nggi yillarda sanoat ishlab chiqarishining yillik o\u2018sishi o\u2018rtacha 20 foizdan oshdi. Mamlakatimiz to\u2018qimachilik sanoatini diversifikatsiya qilish, tayyor mahsulotlar eksportini rag\u2018batlantirish borasida amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samarasi o\u2018laroq, O\u2018zbekistonning bu jabhadagi salohiyati tobora yuksalmoqda.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti tomonidan 2017 yilda qabul qilingan \u201cTo\u2018qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to\u2018g\u2018risida\u201dgi farmon to\u2018qimachilik sanoatining rivojlanish dinamikasiga yangi sur\u2019at bag\u2018ishladi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan sohada klaster tizimi to\u2018liq joriy etildi. So\u2018nggi uch yilda paxta-to\u2018qimachilik klasterlariga 23 trillion so\u2018mdan ortiq imtiyozli resurslar yo\u2018naltirildi. Amalga oshirilgan chora-tadbirlar samarasida 350 ga yaqin yirik fabrikalar ishga tushirildi. Ishlab chiqarish hajmi 2016 yilga nisbatan 5 barobar oshdi, eksport hajmi esa 4 barobarga ko\u2018payib, qariyb 3 milliard dollarga yetdi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek to\u2018qimachilik mahsulotlariga xorijda talab jadal o\u2018sib borayotir. Ushbu yo\u2018nalishda faoliyat yurtayotgan ishlab chiqaruvchilarning xalqaro sanoat ko\u2018rgazmalaridagi ishtiroki muntazamlik kasb etayotgani, buning natijasida 100 million AQSH dollaridan ortiq hajmdagi shartnomalar tuzilgani shundan dalolat beradi.<\/p>\n<p>O\u2018zbek to\u2018qimachilik mahsulotlarining ommabopligi uning sifatini oshirish bilan birga raqobatbardosh narxiga ham bevosita bog\u2018liq. \u00abMade in Uzbekistan\u00bb brendi haqida xabardorlikni oshirishda iqtisodiy diplomatiya ham muhim o\u2018rin tutmoqda. Bu jabhada amalga oshirilayotgan ishlar, ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar haqida \u00abDunyo\u00bb AA muxbiri O\u2018zbekiston Tashqi ishlar vazirligida mazkur yo\u2018nalishga mas\u2019ul bo\u2018lgan vazirning birinchi o\u2018rinbosari Furqat Sidiqov bilan suhbatlashdi.<\/p>\n<p><strong>\u2013 Furqat Ahmedovich, aytingchi, bugungi kunda O\u2018zbekistonning to\u2018qimachilik sanoatidagi salohiyati qanday baholanmoqda?<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 To\u2018qimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish an\u2019anaviy ravishda O\u2018zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog\u2018i hisoblanadi. Ma\u2019lumki, bugungi kunda mamlakatimizda to\u2018qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada tarkibiy isloh qilish bo\u2018yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilayapti, buning natijasida ushbu yo\u2018nalishda eksport ijobiy tendensiyani ko\u2018rsatmoqda. Ko\u2018rilayotgan chora-tadbirlar, eng avvalo, korxonalarni texnik jihatdan yangilash bo\u2018yicha strategik muhim loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, liberal ishlab chiqarishni joriy etish va klaster modeli orqali ishlab chiqarish o\u2018sishining yuqori va barqaror sur\u2019atlarini ta\u2019minlash, raqobatbardosh mahsulotlar eksporti, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va yangi ish o\u2018rinlarini yaratishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Tashqi savdoni erkinlashtirish, O\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlari eksportini diversifikatsiya qilish bo\u2018yicha kompleks dasturning amaliyotga joriy qilinayotgani muhim qadam bo\u2018ldi. Natijada paxta eksportida xomashyoga yo\u2018naltirilganlikdan voz kechish borasida salmoqli muvaffaqiyatlarga erishildi.<\/p>\n<p>Men bir nechta raqamlarni keltirmoqchiman. Davlat statistika qo\u2018mitasi ma\u2019lumotlariga ko\u2018ra, 2022 yilning yanvar-iyul oylarida O\u2018zbekistondan to\u2018qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi qariyb 2 milliard dollarga yetdi va bu umumiy eksport yetkazib berishning 17 foizini tashkil qildi. Bugungi kunda O\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlarining asosiy importchilari Xitoy, Shveysariya, Rossiya, Buyuk Britaniya va Turkiya\u00a0 hisoblanadi.<\/p>\n<p>Bugun jahon bozorlarida o\u2018zgarib borayotgan raqobat sharoiti to\u2018qimachilik mahsulotlarining ishlab chiqarishni diversifikatsiya qilish, investitsiyalarni ko\u2018paytirish, nou-xaularni o\u2018zlashtirish, texnologiyalarni transfer qilish, mahsulotlarni xalqaro standartlarga muvofiq sertifikatlash bo\u2018yicha tegishli takliflar ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Bu borada O\u2018zbekistonda mahalliy to\u2018qimachilik mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni ko\u2018paytirish bo\u2018yicha barcha choralar ko\u2018rildi. Bular sohani rivojlantirish, tayyor mahsulot ishlab chiqarish bo\u2018yicha klaster tizimiga o\u2018tish, qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, eksportchilarni har tomonlama qo\u2018llab-quvvatlash borasidagi tadbirlardir.<\/p>\n<p><strong>\u2013 O\u2018zbek to\u2018qimachilik mahsulotlarini jahon bozoriga olib chiqish imkoniyatlari haqida gapirib bersangiz? Bu borada qanday aniq chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, Tashqi ishlar vazirligi va O\u2018zbekistonning xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari tomonidan mazkur jabhaning eksport salohiyatini yanada oshirish yuzasidan yana qanday ishlar rejalashtirilgan?<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 Bu jarayonda iqtisodiy diplomatiyaning muhim rolini qayd etish lozim. Shu maqsadda bugungi kunda O\u2018zbekistonning xorijdagi diplomatiya vakolatxonalari tomonidan xorijiy mamlakatlar import ehtiyojlarini O\u2018zbekiston tovarlariga yo\u2018naltirish omillari, ya\u2019ni o\u2018sish nuqtalarini topish maqsadida har bir davlat importi nomenklaturasini tahlil qilish bo\u2018yicha tizimli ishlar olib borilayotir. Xorijiy mamlakatlarda o\u2018zbek ishlab chiqaruvchilari ishtirok etadigan muntazam ko\u2018rgazma-yarmarka tadbirlari belgilab olingan, eksport\/import shartnomalarini tuzishda yordam ko\u2018rsatilmoqda.<\/p>\n<p>Shuningdek, salohiyatli xorijiy kompaniyalari vakillari bilan mamlakatimizning eksport imkoniyatlari, sarmoyaviy va texnologik hamkorlik istiqbollari bilan yaqindan tanishtirish, O\u2018zbekistonda qo\u2018shma yoki yakka tartibdagi korxonalar tashkil etish masalalarini muhokama qilish maqsadida uchrashuv va muzokaralar muntazam o\u2018tkazilmoqda.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, mamlakatimiz vakolatxonalari tomonidan xorijiy kompaniyalar delegatsiyalarining O\u2018zbekistonga amaliy safarlari, ularning turli iqtisodiy tadbirlar, tarmoq ko\u2018rgazma va yarmarkalarida, biznes va sarmoyaviy forumlarida ishtirok etishida faol harakat qilinmoqda.<\/p>\n<p>\u00abElchixona-hokimlik-eksportchi\u00bb, \u00abElchixona-sanoat\u00bb, \u00abElchixona-vazirlik\/idoralar\u00bb va \u00abElchixona-tadbirkorlar\u00bb formatlari tashkil etilgan va ular samarali faoliyat yuritmoqda.<\/p>\n<p>Diplomatlarimizning xorijiy hamkorlar bilan uchrashuv va muzokaralari chog\u2018ida tadbirkorlar O\u2018zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan tarkibiy o\u2018zgarishlarning samarali natijalarini e\u2019tirof etish barobarida yurtimizni Markaziy Osiyodagi rivojlangan to\u2018qimachilik markazi sifatida baholamoqda.<\/p>\n<p>Elchixonalar, tegishli vazirlik, idora va tarmoqlar tashabbusi bilan yoki ular ishtirokida xorijda o\u2018zbek to\u2018qimachilik mahsulotlari, masalan, ikat va adras matolarining turli qo\u2018shma ko\u2018rgazmalari, ixtisoslashtirilgan yarmarkalari (\u00abFashion show\u00bb) tashkil etmoqda.<\/p>\n<p>Bugungi kunga qadar dunyoning yetakchi to\u2018qimachilik brendlari va moda uylari bilan to\u2018g\u2018ridan-to\u2018g\u2018ri aloqalar o\u2018rnatilib, ular doirasida mamlakatimiz iqtisodiy manfaatlarini ilgari surish bo\u2018yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p><strong>&#8211; Aniq misollar keltira olasizmi?<\/strong><\/p>\n<p>\u2013 Mamlakatimiz rahbariyati tomonidan belgilangan vazifalarni bajarish yuzasidan O\u2018zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatiya vakolatxonalari Tashqi ishlar, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirliklari bilan kelishilgan holda to\u2018qimachilik mahsulotlari eksportini rag\u2018batlantirish uchun iqtisodiy diplomatiyaning yangi standartlaridan samarali foydalanmoqda. Misol o\u2018rnida, so\u2018nggi yillarda Pokiston va Polsha yo\u2018nalishlari bo\u2018yicha amalga oshirilgan ishlarni qayd etish\u00a0 mumkin.<\/p>\n<p>Ma\u2019lumki, Pokiston 50 yildan ziyod davr davomida nafaqat Janubiy Osiyoda, balki butun dunyoda to\u2018qimachilik mahsulotlarining asosiy ishlab chiqaruvchisi bo\u2018lib kelmoqda. Pokistonda \u00abAdidas\u00bb, \u00abNike\u00bb, \u00abKappa\u00bb, \u00abGap\u00bb, \u00abInterloop\u00bb, \u00abDenim\u00bb, \u00abJack &amp; Jones\u00bb, \u00abGeox\u00bb, \u00abRalph Lauren\u00bb, \u00abZara\u00bb, \u00abCambridge\u00bb va boshqa mashhur\u00a0 brendlar o\u2018z mahsulotlarini tayyorlashni yo\u2018lga qo\u2018ygan. Umuman olganda, Pokiston eksportining taxminan 65 foizini sanoat mahsulotlari tashkil qiladi. Shuni hisobga olgan holda Pokistondagi diplomatlarimizning asosiy ishi ishlab chiqarish quvvati, xomashyo bazasi, afzalliklari va kamchiliklarini o\u2018rganishdan boshlandi. Ular to\u2018qimachilik markazlari \u2013 Faysalobod, Lahor, Karachi va boshqa shaharlarga borib, tegishli tahlillarni turli kompaniyalar faoliyati bilan tanishish orqali amalga oshirdi.<\/p>\n<p>Natijada ushbu mamlakatning yetakchi to\u2018qimachilik korxona va uyushmalari egalari bilan zarur ma\u2019lumotlar shakllantirilib, ishonchli aloqalar o\u2018rnatildi. Ulardan amaliy ahamiyatga ega bo\u2018lgan statistik va boshqa ma\u2019lumotlar olindi va chuqur tahlil qilindi.<\/p>\n<p>So\u2018ngra mahalliy to\u2018qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari, sanoat korxonalari va viloyatlar hokimliklari bilan bevosita amaliy aloqalar o\u2018rnatildi, potensial import qiluvchilarning O\u2018zbekiston zavod va fabrikalariga aniq maqsadga yo\u2018naltirilgan safarlari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Natijada mamlakatimizdan pokistonlik tadbirkorlar ishtirokida paxta tolasi, zig\u2018ir va boshqa tovarlar eksporti yo\u2018lga qo\u2018yildi. O\u2018zbekistondan Pokistonga to\u2018qimachilik mahsulotlari yetkazib berish hajmining o\u2018sish dinamikasiga nazar tashlaydigan bo\u2018lsak, 2018 yilda bu ko\u2018rsatkich 5,5 million AQSH dollari, 2019 yilda 10,4 million dollar, 2020 yilda 15 million dollar, 2021 yilda esa 59 million dollarni tashkil etdi.<\/p>\n<p>O\u2018z navbatida, O\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlarini Yevropa davlatlariga eksport qilish bo\u2018yicha ham faol ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizning Polshadagi elchixonasining \u00abO\u2018zto\u2018qimachiliksanoat\u00bb uyushmasi va yetakchi to\u2018qimachilik korxonalari bilan mahsulot eksporti hajmini oshirish borasidagi samarali hamkorligi alohida e\u2019tiborga molikdir.<\/p>\n<p>Yevropa Ittifoqi mamlakatlari orasida Polsha O\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlarini import qiluvchi asosiy davlat hisoblanadi. 2021 yilda O\u2018zbekistondan Polshaga ushbu mahsulotlar eksporti 67,5 million\u00a0 AQSH dollarini tashkil etdi, bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga o\u2018zbek to\u2018qimachilik mahsulotlari eksportining 48 foizi demakdir. Ushbu raqamlar 2022 yil oxirigacha 75 million dollarga yetishi kutilmoqda.<\/p>\n<p>Shu maqsadda \u00abO\u2018zto\u2018qimachiliksanoat\u00bb uyushmasi bilan birgalikda ilk bor Polshaning Lodz shahrida \u00abHAJ TEX\u00bb (Buxoro viloyati) va \u00abZELAL TEKSTIL\u00bb (Toshkent) to\u2018qimachilik fabrikalarining savdo uylari tashkil etildi.<\/p>\n<p>Eslatib o\u2018tamiz: O\u2018zbekiston 2021 yilda Yevropa Ittifoqining \u00abGSP+\u00bb\u00a0 imtiyozlar tizimiga qo\u2018shilgan. Endilikda 6,2 ming turdan ortiq mahsulotni Yevropa bozoriga bojsiz eksport qilish mumkin. Vaholanki, O\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlari eksportining atigi 6 foizi Yevropa hissasiga to\u2018g\u2018ri keladi.<\/p>\n<p>Ta\u2019kidlash kerakki, O\u2018zbekistonning Yevropa Ittifoqi mamlakatlaridagi diplomatiya vakolatxonalari sanoat tarmoqlari ko\u2018magida \u00abGSP+\u00bb tizimi imtiyozlaridan foydalanish maqsadlariga erishish uchun iqtisodiy diplomatiyani samarali amalga oshirish bo\u2018yicha hali keng ko\u2018lamli ishlarni amalga oshirishi zarur.<\/p>\n<p>O\u2018zbekiston Prezidenti joriy yil 7 noyabr kuni sanoatni rivojlantirish masalalariga bag\u2018ishlangan videoselektor yig\u2018ilishida to\u2018qimachilik sanoatini rivojlantirishga yangi sur\u2019at bag\u2018ishlash zarurligini ta\u2019kidladi. Shu maqsadda 2023 yilda qiymati 5 milliard dollardan ortiq sanoat mahsulotlarini eksport qilish dasturi qabul qilinadi.<\/p>\n<p>Ushbu maqsadlarga erishish uchun oldimizda O\u2018zbekistonning xorijdagi diplomatiya vakolatxonalarining faol ishtirokida iqtisodiy diplomatiya sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishdek muhim vazifalar turibdi.<\/p>\n<p>Shu nuqtai nazardan, biz maqsadli ravishda alohida olingan mamlakatdagi iqtisodiy vaziyat, uning bozorining ochiqlik darajasi, to\u2018qimachilik mahsulotlari import\/eksport tuzilmasi va boshqalar bo\u2018yicha ma\u2019lumotlarni to\u2018plash bo\u2018yicha tahliliy faoliyatni kuchaytirmoqdamiz. Bunday tahlil ushbu davlatga nisbatan maqsadli strategiyani yaratishga imkon beradi. To\u2018qimachilik sohasida hamkorlikning yangi yo\u2018nalishlarini aniqlash, bozor kon\u2019yunkturasini diqqat bilan kuzatib borish va o\u2018z vaqtida javob qaytarish maqsadida yetakchi xorijiy sanoat ekspertlari, tahlil markazlari va bozorning yirik ishtirokchilari bilan muntazam maslahatlashuvlar uyushtiriladi. Shuningdek, bozorda ishtirok etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ya\u2019ni to\u2018qimachilik mahsulotlari ko\u2018rgazmalarini, davra suhbatlari, biznes-forumlar, iqtisodiy taqdimotlar, tashriflar, muzokaralar va boshqa tadbirlarni tashkil etish bo\u2018yicha ishlarni faollashtirish zarur.<\/p>\n<p>Umuman olganda, inson kapitalini rivojlantirish &#8211; ilm-fan, texnologiyalar transferini qo\u2018llab-quvvatlash, ta\u2019lim, fan va ishlab chiqarish o\u2018rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish orqali O\u2018zbekiston kompaniyalarini global va mintaqaviy qiymat zanjirlariga integratsiya qilish ustida ishlash uchun investitsiyalarni ko\u2018paytirish, tayyor mahsulotlarni uzluksiz yetkazib berishni ta\u2019minlash bo\u2018yicha transport va logistika zanjirlarini diversifikatsiya qilish juda muhim, albatta.<\/p>\n<p><strong>&#8211; Furqat Axmedovich, mazmunli suhbat va batafsil javoblaringiz uchun rahmat. Davlatimiz rahbariyati tomonidan o\u2018zbek diplomatlari oldiga iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish bo\u2018yicha qo\u2018yilgan dolzarb vazifalarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishiga tilakdoshmiz.<\/strong><\/p>\n<p><strong><em>&#8211; Rahmat.<\/em><\/strong><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cO\u2018zbekiston to\u2018qimachilik mahsulotlariga xorijda talab jadal o\u2018sib bormoqda\u201d, &#8211; dedi O\u2018zbekiston tashqi ishlar vazirining birinchi\u00a0 o\u2018rinbosari Furqat Sidiqov \u00abDunyo\u00bb AA uchun intervyusida. &#8211; Bugungi kunda to\u2018qimachilik va tikuv-trikotaj sanoati Yangi O\u2018zbekistonda yetakchi hamda jadal rivojlanayotgan tarmoqlardan biridir. So\u2018nggi yillarda sanoat ishlab chiqarishining yillik o\u2018sishi o\u2018rtacha 20 foizdan oshdi. Mamlakatimiz to\u2018qimachilik sanoatini diversifikatsiya qilish, tayyor mahsulotlar&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":20509,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-20508","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20508","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=20508"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20508\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":20513,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/20508\/revisions\/20513"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/20509"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=20508"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=20508"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=20508"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}