{"id":2420,"date":"2020-04-02T00:00:00","date_gmt":"2020-04-01T19:00:00","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.artstudio.uz\/o-zto-qimachiliksanoat-uyushmasi-rahbariyati-ishtirokida-brifing-o-tkazildi\/"},"modified":"2020-05-09T20:33:39","modified_gmt":"2020-05-09T15:33:39","slug":"o-zto-qimachiliksanoat-uyushmasi-rahbariyati-ishtirokida-brifing-o-tkazildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/o-zto-qimachiliksanoat-uyushmasi-rahbariyati-ishtirokida-brifing-o-tkazildi\/","title":{"rendered":"&#8220;O\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat&#8221; uyushmasi rahbariyati ishtirokida brifing o\u02bbtkazildi"},"content":{"rendered":"<p>Bugun, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida tashkil etilgan shtabda \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi rahbariyati ishtirokida brifing o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p>Brifingda, bugungi kunda dolzarb bo\u02bblgan mavzular \u2013 ya\u02bcni niqoblar ishlab chiqarilishi, xomashyo yetkazib berish, to\u02bbqimachilik korxonalarining eksport masalalari yuzasidan uyushmaning tezkor shtabi va www.uzts.uz saytidagi onlayn konsultant oqali kelib tushgan savollarga javob berildi.<\/p>\n<p>Quyida brifingning to\u02bbliq matni bilan tanishishingiz mumkin.<!--more--><\/p>\n<p><em>Assalomu alaykum, hurmatli teletomoshabinlar!<\/em><\/p>\n<p>Dunyoda kuzatilayotgan koronavirus pandemiyasining bizning yurtimizda keng tarqalishini oldini olish, tibbiyot va boshqa muassasalarining xamda fuqarolarning birlamchi himoya vositalari \u2013 ya\u02bcni <strong><em><u>himoya niqoblari va tibbiyot xalatlariga (kombenizonlar)<\/u><\/em><\/strong> bo\u02bblgan ehtiyojni qondirish maqsadida Respublika Maxsus komissiyasining topshirig\u02bbiga asosan to\u02bbqimachilik va farmatsevtika korxonalari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirildi.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, to\u02bbqimachilik va farmatsevtika sohasi tadbirkorlariga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Juda qisqa muddatda \u201chimoya vositalari\u201dni ishlab chiqarilishi 10 barobarga oshdi: fevral oyida 20 ta korxona ushbu yo\u02bbnalishda faoliyat yuritib, kuniga <strong>200 mingta niqoblar ishlab chiqarilgan <\/strong>bo\u02bblsa, hozirda <strong>200 ta<\/strong> korxona faoliyatini niqob ishlab chiqarishga qayta moslashtirib, ular tomonidan kunlik <strong>2,7 mln dona niqob ishlab chiqarilmoqda <\/strong>va keyingi hafta ichida kunlik <strong>5\u00a0mlnga<\/strong> yetkaziladi. Shuningdek, monitoring ostitagi korxonalar tomonidan<strong> kuniga 8 mingdan<\/strong> <strong>ortiq himoya xalatlari<\/strong> (kombinezon) ishlab chiqarilmoqda.<\/p>\n<p>Respublikada 3 turdagi himoya niqoblari ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyilib, asosiy xom ashyo sifatida spanbond va meltblaun sintetik notuqima matolari, respublikamizda keng ishlab chiqarilayotgan tibbiy doka va trikotaj mato xom ashyolaridan foydlanilmoqda.<\/p>\n<p>Ta\u02bckidlash joizki, mahalliy tadbirkorlar xitoylik hamkorlar bilan tibbiy niqoblar uchun kerak bo\u02bbladigan xom ashyo &#8211; spanbond va meltblaun ishlab chiqarish o\u02bbzlashtirilib, Yangiyo\u02bbl tumanida yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Alohida qayd etamanki, yetkazib berilayotgan tibbiy niqoblardan samarali foydalanish maqsadida Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi talablari asosida ularni vaqtida almashtirish va ayniqsa tibbiy dokadan ishlab chiqarilgan niqoblarni yaxshilab yuvib, dazmollab qayta ishlatilishi tavsiya etiladi.<\/p>\n<p>Yurtdoshlarimizdan kelib tushayotgan soha faoliyatiga oid savollar bo\u02bbyicha:<\/p>\n<ol>\n<li><strong>To\u02bbqimachilik korxonalari yurtimizning shahar markazlarida joylashgan bo\u02bblib, ularda ishlovchi xizmatchilar har bir viloyatning turli joylaridan maxsus transport orqali korxonalarga olib kelinadi. Hozirda karantin tufayli korxonalar ishchilarini maxsus avtobuslarda tashishni ta\u02bcminlay ololmayapti. Bu masalada qanday yordam bera olasiz?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>Javob: <\/strong>Adliya vazirligi bilan kelishilgan holda bugungi kunda \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi tomonidan tibbiy ximoya mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarning ruyxati shakllantirilgan bo\u02bblib, Adliya vazirligiga taqdim etildi. 1-aprel kunigacha ularga 38 ta tegishli ruxsatnoma taqdim etildi. Hozirda korxonalar ruyxatini kengaytirish ishlari olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Bunga qushimcha, uyushma tomonidan mahalliy hokimliklarga murojaat qilinib, tarmoq korxonalari faoliyatini uzluksiz ravishda tashkillashtirish choralari xam ko\u02bbrilmoqda.<\/p>\n<ol start=\"2\">\n<li><strong>Hozirda niqoblarni dorixonalarda yetishmasligi asosan niqoblarni ishlab chiqarishda zarur bo\u02bblgan xom ashyolarni yetarli emasligiga bog\u02bbliq. Korxona agar shu masalada muammoga uchrasa, qanday yo\u02bbl tutishi kerak?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>J<\/strong><strong>avob: <\/strong>Niqoblar masalasi nafaqat bizning yurtimizda, balki butun dunyoda katta masala hisoblanadi. Dunyoda koronavirus infeksiyasini tarqalishi bu maxsulotga bo\u02bblgan talabni bir necha barobarga oshirdi.<\/p>\n<p>Lekin oxirgi yillarda to\u02bbqimachilik soxasiga bo\u02bblgan <strong>ulkan e\u02bctibor<\/strong> evaziga ishlab chiqarish va eksport saloxiyatimiz keskin oshdi va yuqorida ta\u02bckidlaganimday <strong>qisqa muddatlarda<\/strong> barcha soxa korxonalarni ximoya niqoblari va xomashyo ishlab chiqarishiga <strong>o\u02bbtkazish imkoniyatini yaratib berdi<\/strong>.<\/p>\n<p>Hozirda, korxonalarni xomashyo bilan ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi, O\u02bbzbekistonning Xitoydagi elchixonasi bilan birgalikda kerakli xomashyoni charter reyslar xamda tadbirkorlar tomonidan yuk tashish avtotransport orqali import qilish bo\u02bbyicha tegishli choralar ko\u02bbrildi, <strong>misol uchun kuni kecha 20 tonna xomashyo avtotransportda kirib keldi, 3-aprel kuni Urumchidan Toshkentga charter reysda 50 tonna xomashyo, ximoya maxsulotlari va dastgoxlar, 6-apreldan boshlab 20 tonnadan xomashyo avtotransportda olib kelishi kutilmoqda<\/strong>.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, niqoblar mahalliy xom ashyodan \u2013 Yangiyuldagi spanbond ishlab chiqarish zavodi, Toshkent shaxar, Buxoro, Sirdaryo, Namangan va boshqa vilotyalarda kuniga <strong>400 ming pogonometr doka (marlya),<\/strong> barcha xudulardagi trikotaj matolaridan ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyilgan. Bunday niqoblar joriy standartlar talablariga javob berib, yurdoshlarimiz tomonidan keng qo\u02bbllanishi mumkin.<\/p>\n<p>Bizga ko\u02bbplab murojaatlar kelib tushdi aynan ishlab chiqarilgan dokali niqoblarning qay darajada virusdan muxofaza qila olishi yuzasidan. Shuni aytishimiz mumkinki, ishlab chiqarilgan niqoblar barchasi gigiyenik bo\u02bblib, to\u02bbg\u02bbri ishlatilgandagina o\u02bbz samarasini beradi. Misol uchun, marli niqoblar Rossiya Federatsiya sog\u02bbliqni saqlash vazirligi tomonidan xam sinovdan o\u02bbtkazilgan, va virusga qarshi himoya vositasi sifatida ishlab chiqarilishi kengaytirish talab etilgan. Bunga qo\u02bbshimcha aytishim mumkin, oxirgi oy ichida xamkor davlatlardan xam ayni dokaga bo\u02bblgan talab oshib bormoqda.<\/p>\n<ol start=\"3\">\n<li><strong>Seximiz tayyor kiyim mahsulotlarini ishlab chiqaradi. Hozirda tibbiyot niqoblariga bo\u02bblgan ehtiyojdan kelib chiqib, niqob ishlab chiqarmoqchimiz. Buning uchun maxsus ruxsatnoma olishimiz kerakmi yoki qanday talablar mavjud? Ishlab chiqarilgan niqoblar standart sertifikatiga ega bo\u02bblishi kerakmi?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>Javob<\/strong>: Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi va Farmatsevtikani rivojlantirish agentligi bilan kelishilgan holda bugungi kunda himoya niqobini ishlab chiqarish uchun aloxida litsenziya yoki boshqa sertifikat olinishi talab etilmaydi, ya\u02bcni himoya niqoblarini ishlab chiqarish uchun maxsus ruxsatnoma talab etilmaydi. <strong>Buyruq namoish etishim mumkin<\/strong><\/p>\n<ol start=\"4\">\n<li><strong>Hozirda farzandlarim bilan uydamiz, uyimiz yaqinida joylashgan dorixonalarda niqoblar har doim ham mavjud emas, ularni onlayn tarzda sotib olish tizimi bormi?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>Javob.<\/strong> Hozirda bunday xizmatlar nafaqat Toshkentda balkim respublikani boshqa shaxarlarida xam ko\u02bbp saytlar orqali yo\u02bblga qo\u02bbyilgan, respublikadagi <strong>barcha <u>onlayn-do\u02bbkonlar<\/u><\/strong> bugunda ximoya niqoblarini xam savdosini tashkil qilgan va uyushmaning <strong>www.uzts.uz<\/strong> sayti orqali mazkur <u>onlayn-do\u02bbkonlar<\/u> xaqida ma\u02bclumot olishingiz mumkin.<\/p>\n<ol start=\"5\">\n<li><strong>Dorixonamga doimiy ravishda niqob va himoya vositalarini yetkazib beruvchi korxona bilan shartnoma tuzmoqchiman. Ammo, korxonalarni topish imkoni bo\u02bblmayapti. Uyushma qanday yordam qila oladi.<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>Javob<\/strong>: Hozirda Uyushma qoshida Agentlik faoliyat yuritib, shahrimiz dorixonalariga himoya niqoblarini yetkazib berish uchun tarmoq korxonalari bilan aloqa o\u02bbrnatilgan. Yana bir marotaba aytib o\u02bbtaman <strong>uyushma saytida 200dan ko\u02bbp niqob, xalat, doka ishlab chiqaruvchi<\/strong> korxonalar xaqida ma\u02bclumot mavjud. Ushbu Agentlik yoki sayt orqali tizimdagi korxonalar bilan niqoblarni shartnoma asosida sotib olish mumkin.<\/p>\n<p>Yirik farmatsevtika savdo tizimlar jumladan \u201cDori Darmon\u201d dorixonaliri bilan mustaxkam aloqalar yaratilgan vu ularda doimiy nikoblar borligi ta\u02bcminlanadi.<\/p>\n<ol start=\"6\">\n<li><strong>Himoya niqoblarini narxi shakllantirilishi va barqarorligini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha nima ishlar amalga oshirilayabdi<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>Javob<\/strong>: Monopoliyaga qarshi kurashish qumitasi, Bosh prokuraturadagi Departament bilan birgalikda himoya niqoblari narx-navolari bo\u02bbyicha muntazam ravishda monitoring o\u02bbrnatilib, ishlab chiqarilayotgan shaxsiy himoya vositalarining ulgurji narxi foydalanilgan xom ashyodan kelib chiqib, xususan, spandbon asosidagi niqoblar <strong>800-2100<\/strong> so\u02bbm, dokadan tayyorlangan niqoblar <strong>1000-1500<\/strong> so\u02bbm, trikotaj matosidan tayyorlangan niqoblar <strong>1500-1700 <\/strong>so\u02bbm miqdorida shakllantirilgan.<\/p>\n<ol start=\"7\">\n<li><strong>Bizning korxonamizning asosiy faoliyat turi ip-kalava ishlab chiqarish. Ishlab chiqarilgan mahsulotimizning 80 foizidan oshig\u02bbi MDX davlatlari, Turkiya va Xitoyga ekport qiladi. Hozirda dunyoda va O\u02bbzbekistonda mavjud koronavirus pandemiyasi vaziyatida to\u02bbqimachilik mahsulotlari eksporti keskin qisqarmoqda. Eksportga ortilgan maxsulotlarni rasmiylashtirishda muammolar mavjud, transport xarajatlari ham keskin oshgan, maxsulot tannarxini pasaytirish imkoni yuk, xaridorlar esa narxni pasaytirishni so\u02bbrashmoqda. Bu vaziyatda davlat tomonidan to\u02bbqimachilik korxonalari qo\u02bbllab-quvvatlash uchun qanday choralar ko\u02bbrilmoqda?<\/strong><\/li>\n<\/ol>\n<p><strong>Javob:<\/strong> Muxtaram Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 19-martida qabul qilingan 5969-son farmoni doirasida Hukumatimiz tomonidan Inqirozga qarshi choralar belgilangan bo\u02bblib, uyushmada to\u02bbqimachilik korxonalariga eksport masalalarida ko\u02bbmaklashish bo\u02bbyicha tezkor Shtab tashkil etilgan.<\/p>\n<p>Korxonalar faoliyati bilan bog\u02bbliq muammolarni tezkor xal etish jumladan: uzluksiz elektroenergiya, xom ashyo, aylanma mablag\u02bblar va shu kunlarda ishchilar bilan ta\u02bcminlanishi bilan bog\u02bbliq barcha masalalar bo\u02bbyicha tezkor choralar ko\u02bbrilmoqda. Misol uchun sohadagi oyiga 1 mln. dollardan ko\u02bbp eksport qilivchi 37\u00a0ta korxona doimiy monitoringga olingan. Albatta eng katta ko\u02bbmak Bosh vazir o\u02bbrinbosari S.Umurzoqov boshchiligidagi Komissiya tomonidan har bir korxona masalasi ijobiy xal qilib kelinmoqda.<\/p>\n<p>Hozirda transport xarajatlarini kompensatsiya qilish, aylanma mablag\u02bblar bilan ta\u02bcminlash, ayrim to\u02bblovlarni kechiktirish mexanizmlari joriy etilmoqda, Transport vazirligi bilan muntazam aloqa o\u02bbrnatilib, temir yo\u02bbl orqali yuklarni markazlashgan holda yetkazib berish, chegaralarda to\u02bbxtab qolgan yuklarni manziliga yetkazish choralari ko\u02bbrilmoqda. Davlat soliq qo\u02bbmitasiga alohida minnatdorchilik bildirmoqchiman, oxirgi 3 kunda eksportdan vujudga kelgan ortiqcha to\u02bblangan QQSni qaytarilishi natijasida 50 mlrd. sumdan ortiqroq mablag\u02bblar korxonalar hisob raqamlariga qaytarildi.<\/p>\n<p>Joriy yil 1-choragida <strong>456 mln dollarlik<\/strong> to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, o\u02bbtgan yilning mos davriga nisbatan 126%ga oshdi.<\/p>\n<p>Agarda sizning korxonangizda mahsulot eksporti bilan muammo mavjud bo\u02bblsa, Uyushmaning quyidagi aloqa telefoni va uyushmaning rasmiy veb-sayti orqali murojaat etishingiz mumkin.<\/p>\n<p><strong>Bugungi kunda vujudga kelgan<\/strong> pandemiyani oldini olish borasida bir qator vazifalar turibdi. Bu yo\u02bbnalishda ijobiy o\u02bbzgarishlarga erishayotganligimizni qayd etsam bo\u02bbladi. Mazkur holat dunyo qarashimizni o\u02bbzgartirayotganligi, gigiyena qoidalariga to\u02bbliq rioya etishimiz \u2013 sog\u02bblom turmush tarzini yuritish imkonini yaratmoqda.<\/p>\n<p>Barcha soxa tadbirkorlarga murojat qilmoqchi man. Isloxatlar namunasi bo\u02bblgan to\u02bbqimachilik soxasi shu kunlarda ham Muxtaram Prezidentimiz aniq ko\u02bbrsatib bergan yo\u02bbnalishlar va bir maqsad atrofida jipslashib barcha imkoniyatlarni yo\u02bblga qo\u02bbyib ximoya vositalarni ishlab chiqarish va axoliga yetkazib berish, maxsulotlarni eksportii yanada oshirib mamlakatimiz va xalqimiz faravonligini ta\u02bcminlash ustida ishlaylik.<\/p>\n<p>E\u02bctiboringiz uchun rahmat!<\/p>\n<p>Uyda qoling, salomat bo\u02bbling.<\/p>\n<p>https:\/\/uzts.uz\/\/uzts.uz\/\/www.youtube.com\/watch?v=I5h0mj6Bt-U<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Bugun, O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligida tashkil etilgan shtabda \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi rahbariyati ishtirokida brifing o\u02bbtkazildi. Brifingda, bugungi kunda dolzarb bo\u02bblgan mavzular \u2013 ya\u02bcni niqoblar ishlab chiqarilishi, xomashyo yetkazib berish, to\u02bbqimachilik korxonalarining eksport masalalari yuzasidan uyushmaning tezkor shtabi va www.uzts.uz saytidagi onlayn konsultant oqali kelib tushgan savollarga javob berildi. Quyida brifingning&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":745,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-2420","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2420","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=2420"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/2420\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/745"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=2420"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=2420"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=2420"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}