{"id":28036,"date":"2026-06-23T17:50:06","date_gmt":"2026-06-23T12:50:06","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=28036"},"modified":"2026-06-23T17:55:36","modified_gmt":"2026-06-23T12:55:36","slug":"oddiy-oilaviy-chevarchilikdan-xalqaro-eksportchi-korxonagacha","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/oddiy-oilaviy-chevarchilikdan-xalqaro-eksportchi-korxonagacha\/","title":{"rendered":"Oddiy oilaviy chevarchilikdan xalqaro eksportchi korxonagacha"},"content":{"rendered":"<p class=\"isSelectedEnd\">Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan \u201cAsror Tekstil Sanoat\u201d korxonasi bugun yuzlab ish o\u2018rinlari yaratgan va dunyoning nufuzli brendlariga mahsulot yetkazib berayotgan zamonaviy tikuvchilik korxonalaridan biriga aylandi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Korxona o\u2018z faoliyatini 1986-yilda oddiy oilaviy chevarchilik asosida, ustoz-shogird an\u2019analariga tayangan holda boshlagan. 2008-yilga kelib korxona davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazilib, yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo\u2018ydi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Yangi O\u2018zbekistonda tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan unumli foydalangan holda, korxona faoliyati izchil kengaytirildi. Ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va eksport yo\u2018nalishlarini rivojlantirish natijasida korxonaga millionlab dollar investitsiyalar jalb qilinib, yuzlab yangi ish o\u2018rinlari yaratildi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bugungi kunda korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar Amerika Qo\u2018shma Shtatlari, Germaniya, Polsha va MDH davlatlariga eksport qilinmoqda. Xususan, korxona xalqaro bozorda o\u2018z o\u2018rniga ega bo\u2018lgan Carl Gross va Evenemen kabi mashhur brendlar uchun mahsulot ishlab chiqarmoqda.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Korxona jamoasi yangi marralarni ko\u2018zlagan holda ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishda davom etmoqda. Yaqinda 100 ta yangi ish o\u2018rniga ega bo\u2018lgan yangi ishlab chiqarish quvvati ishga tushirildi. Mazkur korxona yiliga 150 ming dona tayyor mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Natijada korxonaning eksport salohiyati ham izchil oshib bormoqda. Agar 2025-yilda eksport hajmi 5 million AQSH dollarini tashkil etgan bo\u2018lsa, joriy yilda bu ko\u2018rsatkichni 7 million AQSH dollariga yetkazish rejalashtirilgan.<\/p>\n<p style=\"text-align: left;\">Shuningdek, korxona tomonidan yana bir yirik ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda. Yangi quvvatlar ishga tushirilgach, qo\u2018shimcha 200 ta ish o\u2018rni yaratiladi va ishlab chiqarilgan erkaklar ustki kiyimlari Yevropa hamda Amerika bozorlariga eksport qilinadi.<\/p>\n<p class=\"isSelectedEnd\">Bugungi kunda \u201cAsror Tekstil Sanoat\u201d o\u2018zining D.Maretti va Hekimugli milliy brendlari orqali xalqaro bozorlarda O\u2018zbekiston mahsulotlari nufuzini oshirishga munosib hissa qo\u2018shib kelmoqda.<\/p>\n<p>\u201cAsror Tekstil Sanoat\u201d tajribasi Yangi O\u2018zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirkorlikni qo\u2018llab-quvvatlash siyosati natijasida mahalliy biznes vakillari xalqaro bozorlarda muvaffaqiyat qozonayotganining yorqin namunasidir.<br \/>\n<a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"2048\" data-large_image_height=\"1365\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-28027 alignleft\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1-600x400.jpg 600w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-0112_compressed-1.jpg 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/a><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"2048\" data-large_image_height=\"1365\"><img loading=\"lazy\" decoding=\"async\" class=\"size-medium wp-image-28023 alignleft\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed-300x200.jpg\" alt=\"\" width=\"300\" height=\"200\" srcset=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed-300x200.jpg 300w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed-600x400.jpg 600w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed-768x512.jpg 768w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed-1536x1024.jpg 1536w, https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2026\/06\/nomoph-9723_compressed.jpg 2048w\" sizes=\"auto, (max-width: 300px) 100vw, 300px\" \/><\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Namangan viloyatida faoliyat yuritayotgan \u201cAsror Tekstil Sanoat\u201d korxonasi bugun yuzlab ish o\u2018rinlari yaratgan va dunyoning nufuzli brendlariga mahsulot yetkazib berayotgan zamonaviy tikuvchilik korxonalaridan biriga aylandi. Korxona o\u2018z faoliyatini 1986-yilda oddiy oilaviy chevarchilik asosida, ustoz-shogird an\u2019analariga tayangan holda boshlagan. 2008-yilga kelib korxona davlat ro\u2018yxatidan o\u2018tkazilib, yangi rivojlanish bosqichiga qadam qo\u2018ydi. Yangi O\u2018zbekistonda tadbirkorlarga yaratilgan keng imkoniyatlardan&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":28031,"comment_status":"open","ping_status":"open","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[4],"tags":[],"class_list":["post-28036","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-uncategorized-uzb","category-4","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28036","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=28036"}],"version-history":[{"count":3,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28036\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":28041,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/28036\/revisions\/28041"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/28031"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=28036"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=28036"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=28036"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}