{"id":5736,"date":"2020-05-06T11:07:27","date_gmt":"2020-05-06T06:07:27","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=5736"},"modified":"2020-05-09T11:08:50","modified_gmt":"2020-05-09T06:08:50","slug":"to-qimachilik-va-tikuv-trikotaj-sanoatini-qo-llab-quvvatlashga-doir-kechiktirib-bo-lmaydgan-chora-tadbirlar-to-g-risida-prezident-farmoni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/to-qimachilik-va-tikuv-trikotaj-sanoatini-qo-llab-quvvatlashga-doir-kechiktirib-bo-lmaydgan-chora-tadbirlar-to-g-risida-prezident-farmoni\/","title":{"rendered":"To\u02bbqimachilik va tikuv trikotaj sanoatini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir kechiktirib bo\u02bblmaydgan chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida Prezident farmoni"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni<\/p>\n<p>Koronavirus pandemiyasi bilan bog\u02bbliq jahon iqtisodiy inqirozining to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy ta\u02bcsirini yumshatish maqsadida:<\/p>\n<p>1. Belgilansinki:<\/p>\n<ul>\n<li>mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang\u02bbich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi;<\/li>\n<li>mahalliy to\u02bbqimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020-yil 1-aprelga qadar milliy valyutada sotilgan paxta tolasi uchun yakuniy hisob-kitoblarni amalga oshirish muddati 90 kundan 150 kungacha uzaytiriladi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>2. Ilovaga muvofiq import qilinadigan xomashyo va materiallar 2022-yil 1-yanvarga qadar bojxona boji to\u02bblashdan ozod qilinsin.<\/p>\n<p>3. Belgilansinki, 2020-yil 1-maydan 31-dekabrga qadar qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbini qaytarishning soddalashtirilgan tartibi amal qiladi, unga binoan kalava va toladan tashqari, eksport qilinadigan to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj tovarlari (xizmatlari) uchun foydalanilgan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo\u02bbyicha to\u02bblanishi lozim bo\u02bblgan (to\u02bblangan) qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbi to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonasining O\u02bbzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushgan valyuta tushumi summasidan qat\u02bci nazar, hisobga olinadi hamda eksport qiluvchining o\u02bbrnatilgan tartibda beriladigan arizasiga asosan qaytarilishi shart.<\/p>\n<ul>\n<li>Bunda, qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbining qaytarilgan summasi yoki uning bir qismi tovarlar eksport bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e\u02bctiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi yoki uning bir qismi eksport qiluvchining O\u02bbzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushmagan taqdirda, shuningdek, arizada qaytarilishi ko\u02bbrsatilgan qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbi summasi asoslantirilganligini kameral soliq tekshiruvidan o\u02bbtkazish davomida aniqlangan g\u02bbayriqonuniy hisobga olingan qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbi summasi 5 kun ichida penya hisoblangan holda O\u02bbzbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga qaytarilishi shart.<\/li>\n<li>Qo\u02bbshilgan qiymat solig\u02bbini qaytarishning mazkur band bilan belgilangan soddalashtirilgan tartibi to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalariga ular tomonidan oxirgi 12 oy davomida tovarlar eksporti amalga oshirilgan, shuningdek, eksport qilingan tovarlar bo\u02bbyicha 10 ming AQSH dollaridan ko\u02bbp miqdorda muddati o\u02bbtgan debitor qarzdorlik mavjud bo\u02bblmagan taqdirda tatbiq etiladi. Bunda, tovarlar eksport bojxona rejimi ostida chiqarilgan kundan e\u02bctiboran bir yuz sakson kalendar kuni ichida valyuta tushumi eksport qiluvchining O\u02bbzbekiston Respublikasi tijorat banklaridagi hisob raqamiga kelib tushmagan taqdirda, debitor qarzdorlik muddati o\u02bbtgan deb hisoblanadi.<\/li>\n<\/ul>\n<p>4. O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda quyidagilar bo\u02bbyicha idoralararo ishchi guruhlari tarkibini tasdiqlasin:<\/p>\n<p>to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining xomashyolari, materiallari, tayyor mahsulotlari, shuningdek, ishlab chiqarish xodimlarini tashish va logistika masalalarini tezkor hal etish \u2013 transport vaziri E.Ganiyev boshchiligida;<\/p>\n<p>ishlab chiqarilayotgan to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari tannarxini pasaytirish hamda raqobatbardoshligini oshirish bo\u02bbyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish \u2013 moliya vaziri T.Ishmetov va Davlat soliq qo\u02bbmitasi raisining birinchi o\u02bbrinbosari M.Mirzayev boshchiligida;<\/p>\n<p>yangi istiqbolli tashqi bozorlarni izlash, mahalliy to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari eksportini rag\u02bbbatlantirish \u2013 investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o\u02bbrinbosari A.Voitov boshchiligida;<\/p>\n<p>liboslar dizayni va kolleksiyalarini ishlab chiqish hamda ularni tarmoq korxonalariga joriy qilish \u2013 \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi raisi I.Xaydarov boshchiligida.<\/p>\n<p>5. O\u02bbzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi:<\/p>\n<p>bir oy muddatda to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini yetkazib berish bo\u02bbyicha eksport shartnomalarini global karantin cheklovlari sharoitida bajarish istiqbollari nuqtayi nazaridan batafsil o\u02bbrgansin va istiqbolsiz eksport shartnomalari o\u02bbrniga, birinchi navbatda, karantin chora-tadbirlari yumshatilayotgan davlatlardagi hamkorlar bilan yangi shartnomalar tuzishga har tomonlama yordam ko\u02bbrsatsin;<\/p>\n<p>ikki oy muddatda eksportga yo\u02bbnaltirilgan tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlariga ixtisoslashgan jahon brendlari vakillari bilan ushbu mahsulotlarni O\u02bbzbekiston Respublikasida ishlab chiqarishni tashkil etish va tayyor mahsulotlarni, shu jumladan, respublikaning ishlab turgan korxonalari quvvatlarida tikish bo\u02bbyicha yirik buyurtmalarni shakllantirish yuzasidan muzokaralar o\u02bbtkazsin;<\/p>\n<p>\u201cO\u02bbzstandart\u201d agentligi bilan birgalikda xalqaro tashkilotlar ko\u02bbmagida AQSH va Yevropada tan olingan zamonaviy xalqaro sertifikatlar tarmoq korxonalari tomonidan har yili tasdiqlanadigan ro\u02bbyxatlar bo\u02bbyicha olinishini ta\u02bcminlasin;<\/p>\n<p>Tashqi ishlar vazirligi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi, Turkiya, Koreya, Hindiston va boshqa davlatlardan tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasidagi yetakchi ekspertlarni mazkur sohani isloh qilish bo\u02bbyicha maslahatchilar sifatida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag\u02bbbatlantirish agentligi mablag\u02bblari hisobidan jalb qilsin.<\/p>\n<p>6. O\u02bbzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi \u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi va tijorat banklari bilan birgalikda:<\/p>\n<p>yirik to\u02bbqimachilik sanoati korxonalari faoliyatini ularning moliyaviy barqarorligi nuqtayi nazaridan stress-testdan o\u02bbtkazsin;<\/p>\n<p>stress-test natijalariga ko\u02bbra to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining unumdorligi, moliyaviy samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirish bo\u02bbyicha takliflarni hamda mahalliy to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati raqobatbardoshligini ta\u02bcminlashni hisobga olgan holda tarmoqni rivojlantirish dasturini ishlab chiqsin va O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;<\/p>\n<p>Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan kelishilgan holda ikki oy muddatda infratuzilma majmuasini (sertifikatlash, standartlashtirish, logistika va boshqalar) yaratishni hisobga olgan holda yirik hududiy to\u02bbqimachilik-tikuvchilik klasterlarida tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari chiqarish bo\u02bbyicha eksportga yo\u02bbnaltirilgan ishlab chiqarishlarni joylashtirish va ularni rivojlantirish yuzasidan takliflarni kiritsin.<\/p>\n<p>7. O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-sentyabrga qadar jahon brendlarini jalb qilgan holda tashqi bozorlarda talab katta bo\u02bblgan yuqori qo\u02bbshilgan qiymatga ega tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari va yarim tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, shu jumladan, ularni yirik hududiy to\u02bbqimachilik-tikuvchilik klasterlari hududida joylashtirish bo\u02bbyicha 2021-2025-yillarga mo\u02bbljallangan investitsiya loyihalari tasdiqlanishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>Bunda har bir yangi tikuvchilik-to\u02bbqimachilik ishlab chiqarishi, qoida tariqasida, mashhur xalqaro brendlar mahsulotlarini realizatsiya qilish va kamida mingta ish o\u02bbrnini tashkil etishga mo\u02bbljallangan bo\u02bblishi lozim.<\/p>\n<p>8. Belgilansinki:<\/p>\n<p>a) 2020-2025-yillarda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari, shuningdek, to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj korxonalarini aylanma mablag\u02bblar bilan ta\u02bcminlash O\u02bbzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg\u02bbarmasining 300 million AQSH dollari miqdoridagi kredit liniyalari mablag\u02bblari, to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati uchun ochilgan tijorat banklari kreditlari, xalqaro moliya institutlari qarz mablag\u02bblari va xorijiy banklar kredit liniyalari hisobiga, shu jumladan, quyidagilar orqali moliyalashtiriladi:<\/p>\n<p>yangi investitsiya loyihalarini moliyalashtirish;<\/p>\n<p>ikki-uch smenali ish rejimidagi ishlab chiqarish, eng avvalo, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlarini tikish faoliyati uchun revolver kreditlar taqdim etish;<\/p>\n<p>mustahkam eksport shartnomalariga ega bo\u02bblgan to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarini eksportoldi moliyalashtirish hajmlarini kengaytirish;<\/p>\n<p>b) O\u02bbzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali paxta ip-kalavasi va trikotaj matoni olib chiqishda 2021-yil 1-yanvardan boshlab olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava uchun 0,01 AQSH dollari, 2022-yil 1-yanvardan olib chiqiladigan har bir kilogramm ip-kalava va trikotaj mato uchun 0,05 AQSH dollari, 2023-yil 1-yanvardan \u2013 0,1 AQSH dollari, 2025-yil 1-yanvardan \u2013 0,2 AQSH dollari miqdorida yig\u02bbim undiriladi.<\/p>\n<p>9. O\u02bbzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat zaxiralarini boshqarish qo\u02bbmitasi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda mahalliy korxonalardan 2020-yilda xarid qilinadigan quyidagi qo\u02bbshimcha hajmlar sotib olinishini ta\u02bcminlasin:<\/p>\n<p>qariyalar uylariga yetkazib berish uchun kiyimlar va poyabzallar komplektlari, shuningdek, yolg\u02bbiz va kam ta\u02bcminlangan qariyalar uchun qishki kiyimlar va poyabzallar komplektlari;<\/p>\n<p>Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlari va harbiy xizmatchilari uchun formali kiyimlar va poyabzallar komplektlari;<\/p>\n<p>Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Favqulodda vaziyatlar vazirligi muassasalari, kasalxonalar, bolalar bog\u02bbchalari, qariyalar uylari uchun choyshablar, to\u02bbshaklar, yostiqlar, o\u02bbrin yoping\u02bbichlari va boshqa to\u02bbqimachilik mahsulotlari komplektlari;<\/p>\n<p>davlat zaxirasi nomenklaturasi bo\u02bbyicha to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati mahsulotlari.<\/p>\n<p>10. O\u02bbzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi:<\/p>\n<p>ikki hafta muddatda o\u02bbz markaziy apparatlari tuzilmasida belgilangan shtat birliklari doirasida to\u02bbqimachilik sanoati masalalari bo\u02bbyicha tuzilmalarni tashkil etsin;<\/p>\n<p>boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlarini ishlab chiqarishning butun davri (paxtani yetishtirishdan boshlab tayyor mahsulot ishlab chiqarishgacha) bo\u02bbyicha qo\u02bbshilgan qiymat zanjiri shakllanishini batafsil tahlil qilish asosida mahalliy tayyor mahsulotlarning eksport bozorlarida (shu jumladan, Yevropa Ittifoqi, Osiyo mamlakatlari va AQSHda) raqobatbardoshligini ta\u02bcminlash maqsadida to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoati korxonalarining narx shakllantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo\u02bbyicha takliflarni O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n<p>11. O\u02bbzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar to\u02bbg\u02bbrisida O\u02bbzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/p>\n<p>12. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O\u02bbzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov va O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p><i data-redactor-tag=\"i\">Toshkent shahri,<\/i><\/p>\n<p><i data-redactor-tag=\"i\">2020-yil 5-may<\/i><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni Koronavirus pandemiyasi bilan bog\u02bbliq jahon iqtisodiy inqirozining to\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirishdagi salbiy ta\u02bcsirini yumshatish maqsadida: 1. Belgilansinki: mahalliy ishlab chiqarilgan bazaviy sifatdagi paxta tolasining boshlang\u02bbich narxi Nyu-York tovar birjasining eng yaqin yetkazib berish oyi uchun fyuchers kotirovkasi qiymatidan kelib chiqqan holda sotuvchi tomonidan belgilanadi; mahalliy to\u02bbqimachilik korxonalariga birja savdolarida 2020-yil&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5586,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-5736","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5736","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5736"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5736\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5586"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5736"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5736"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5736"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}