{"id":5810,"date":"2020-05-08T02:30:12","date_gmt":"2020-05-07T21:30:12","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=5810"},"modified":"2020-05-10T02:31:21","modified_gmt":"2020-05-09T21:31:21","slug":"o-zbekiston-eksport-qiluvchilarni-qo-llab-quvvatlamoqda-transport-xarajatlarining-50-davlat-tomonidan-qoplab-beriladi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/o-zbekiston-eksport-qiluvchilarni-qo-llab-quvvatlamoqda-transport-xarajatlarining-50-davlat-tomonidan-qoplab-beriladi\/","title":{"rendered":"O\u02bbzbekiston eksport qiluvchilarni qo\u02bbllab-quvvatlamoqda: Transport xarajatlarining 50% davlat tomonidan qoplab beriladi"},"content":{"rendered":"<p><strong>Endi qishloq xo\u02bbjaligi, kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlarini xorijga avtomobil va havo transporti orqali eksport qilinganda ham transport xarajatlarining 50 foizgacha qismini davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya ajratiladi.<\/strong><\/p>\n<p>Bu haqda 7-may kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi prezidentining \u201cEksport faoliyatini yana-da qo\u02bbllab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori imzolandi. Tartib joriy yilning 1-aprelidan boshlab amalga oshirilgan eksport uchun amal qila boshlaydi.<\/p>\n<p>Prezident qarori bilan eksport faoliyatini qo\u02bbllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish maqsadida bir qator chora-tadbirlar belgilandi.<\/p>\n<blockquote><p>Shu vaqtgacha amalda bo\u02bblgan tartibga ko\u02bbra, mahsulot faqatgina temir yo\u02bbl transporti orqali chegaradosh bo\u02bblmagan davlatlarga eksport qilinganda xarajatlarning 50 foizgacha qismini qoplash uchun subsidiya to\u02bblash belgilangan edi.<\/p><\/blockquote>\n<p>Endi bunday subsidiya to\u02bblash tartibi joriy yilning 1-aprelidan boshlab avtomobil va havo transporti orqali eksport qilinganda ham tatbiq etilmoqda.<\/p>\n<p>Mahsulotlar eksport qilinganda transport xarajatlarining 50 foizgacha bo\u02bblgan qismini qoplash uchun subsidiya beriladigan mahsulotlar ro\u02bbyxati qayta tasdiqlanmoqda.<\/p>\n<p><strong>Bunda ro\u02bbyxatga:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>32 turdagi ho\u02bbl-meva, poliz ekinlari, sabzavotlar hamda quritilgan, muzlatilgan va konservalangan mevalar kiritilmoqda.\u00a0<em>(bu mahsulotlar eksporti jami meva-sabzavotlar eksportining 71 foizini (1,2 mlrd dollar) tashkil etadi);<\/em><\/li>\n<li>2 turdagi yarim tayyor to\u02bbqimachilik mahsulotlari (trikotaj mato va ip gazlama) kiritilmoqda\u00a0<em>(bunda transport xarajatlari uchun subsidiya to\u02bblash tizimi trikotaj mato bo\u02bbyicha 2021-yil yakuniga qadar** amalda bo\u02bbladi);<\/em><\/li>\n<li>kiyim (TIF TN bo\u02bbyicha 61-tovar guruhi) va kiyimga tegishli bo\u02bblgan (TIF TN bo\u02bbyicha 62-tovar guruhi) hamda boshqa to\u02bbqimachilik mahsulotlari (TIF TN bo\u02bbyicha 63-tovar guruhi) guruhiga tegishli bo\u02bblgan tikuv-trikotaj mahsulotlarining ro\u02bbyxati unifikatsiya qilish orqali kengaytirilmoqda.<\/li>\n<\/ul>\n<blockquote><p><em>Yuqori qo\u02bbshilgan qiymatga ega mahsulotlar eksportini rag\u02bbbatlantirish maqsadida 2022-yilning 1-yanvaridan boshlab 1 tonna trikotaj matoni eksport qilish uchun 50 dollar (2023-yildan \u2013 100 dollar; 2025-yildan \u2013 200 dollar) miqdorida yig\u02bbim undirilishi belgilangan.<\/em><\/p><\/blockquote>\n<p>Shunga ko\u02bbra, yarim tayyor to\u02bbqimachilik mahsulotlariga transport xarajatlari uchun subsidiya to\u02bblash tizimi faqatgina koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida amal qilishi belgilanmoqda.<\/p>\n<p><strong>Respublika eksport komissiyasiga (rahbari \u2014 bosh vazir o\u02bbrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov) quyidagi vakolatlar berilmoqda:<\/strong><\/p>\n<ul>\n<li>subsidiyalar taqdim etish shartlari va miqdorlarini belgilash hamda tartibini tasdiqlash;<\/li>\n<li>transport xarajatlari uchun subsidiyalar to\u02bblanadigan mahsulotlar ro\u02bbyxatiga o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar kiritish;<\/li>\n<li>mahsulot turi, hajmi va eksport yo\u02bbnalishiga qarab subsidiyalarning qat\u02bciy miqdorlarini belgilash.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Ro\u02bbyxatdagi mahsulotlar O\u02bbzbekistongga chegaradosh bo\u02bblgan Afg\u02bboniston Respublikasiga eksport qilinganda ham transport xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya to\u02bblanishi belgilanmoqda. Shu vaqtgacha chegaradosh (Qozog\u02bbiston, Qirg\u02bbiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg\u02bboniston) davlatlarga eksport qilinadigan mahsulotlar bo\u02bbyicha transport xarajatlari uchun subsidiya taqdim etilmasdi.<\/p>\n<blockquote><p>Eksportoldi moliyalashtirish kreditlarini olishda garov sifatida sug\u02bburta xizmatlaridan foydalanilganda sug\u02bburta mukofotini qoplashga Eksportni rag\u02bbbatlantirish agentligi orqali kompensatsiyalar taqdim etish tizimi joriy etilmoqda.<\/p><\/blockquote>\n<p>Shuningdek, 2021-yil 1-yanvarga qadar bojxona chegarasidan eksport operatsiyalari bo\u02bbyicha jismoniy va yuridik shaxslarning qarzdorligi mavjudligini tekshirish amaliyoti bekor qilinmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Endi qishloq xo\u02bbjaligi, kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlarini xorijga avtomobil va havo transporti orqali eksport qilinganda ham transport xarajatlarining 50 foizgacha qismini davlat byudjetidan qoplash uchun subsidiya ajratiladi. Bu haqda 7-may kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi prezidentining \u201cEksport faoliyatini yana-da qo\u02bbllab-quvvatlash chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi qarori imzolandi. Tartib joriy yilning 1-aprelidan boshlab amalga oshirilgan eksport uchun amal qila boshlaydi. Prezident&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":2698,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-5810","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5810","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5810"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5810\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/2698"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5810"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5810"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5810"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}