{"id":5912,"date":"2020-05-07T03:03:30","date_gmt":"2020-05-06T22:03:30","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=5912"},"modified":"2020-05-10T03:07:08","modified_gmt":"2020-05-09T22:07:08","slug":"qishloq-xo-jaligi-vazirligi-g-o-za-parvarishi-bo-yicha-tavsiya-ishlab-chiqdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/qishloq-xo-jaligi-vazirligi-g-o-za-parvarishi-bo-yicha-tavsiya-ishlab-chiqdi\/","title":{"rendered":"Qishloq xo\u02bbjaligi vazirligi g\u02bbo\u02bbza parvarishi bo\u02bbyicha tavsiya ishlab chiqdi"},"content":{"rendered":"<p><em>Mazkur tavsiyada kengligi 60 sm, 76 sm, 90 sm va qo\u02bbshqatorlab ekilgan g\u02bbo\u02bbza qator oralariga ishlov berish, birinchi kultivatsiyani o\u02bbtkazish, yog\u02bbingarchiliklardan keyin paydo bo\u02bblgan qatqaloqni yumshatish, g\u02bbo\u02bbza qator oralarida begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish, dala sathini qatlamlab yumshatish, maxsus chuquryumshatkichlarni ishlatish, sug\u02bborish egatlarini ochish va mineral o\u02bbg\u02bbit solish, kultivator hamda o\u02bbg\u02bbit solish me\u02bcyorlarini sozlash, kultivatorlarni ishlatish tartibi va ularning ish sifatini baholashga doir ma\u02bclumotlar berilgan bo\u02bblib, fermerlar, mexanizatorlar, muhandis-texnik va agroklaterlar xodimlar uchun amaliy qo\u02bbllanma sifatida tavsiya etiladi.<\/em><\/p>\n<p><strong><em>Birinchi kultivatsiyani o\u02bbtkazish<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Fermer va mexanizatorlar g\u02bbo\u02bbza qator oralarini birinchi kultivatsiyalashga puxta tayyorgarlik ko\u02bbrishlari va bu tadbirni o\u02bbta ziyraklik bilan amalga oshirishlari kerak. Chunki bu paytda g\u02bbo\u02bbza nihollari va ularning ildizlari nihoyatda nozik va mo\u02bbrt bo\u02bbladi. E\u02bctiborsizlik bilan berilgan birinchi ishlov bir qism nihollarni nobud bo\u02bblishiga olib keladi. Bunday holatlarni oldini olish va tadbirni sifatli o\u02bbtkazish tubandagi talablarni to\u02bbla-to\u02bbkis bajarilishiga bog\u02bbliqdir:<\/p>\n<ul>\n<li>kultivator agregatini yuqori malakali mexanizator boshqarishi shart;<\/li>\n<li>dalalarda g\u02bbo\u02bbza nihollari unib chiqib, qatorlar yaqqol ko\u02bbzga tashlanishi bilan birinchi kultivatsiyani boshlash (aks holda agregatni to\u02bbg\u02bbri, barqaror yurgizib bo\u02bblmaydi);<\/li>\n<li>ishchi organlarni tuproqqa birmuncha yuza botadigan qilib o\u02bbrnatish (aks holda nozik g\u02bbo\u02bbza ildizlari o\u02bbrnidan qo\u02bbzg\u02bbaladi va nihollar nobud bo\u02bbladi);<\/li>\n<li>birinchi kultivatsiyada traktor tezligini 3-5 km\/soat dan oshirmaslik.<\/li>\n<\/ul>\n<p>Keyingi kultivatsiyalash ishlari paxta maydonlarini har galgi sug\u02bborishdan so\u02bbng tuproq tobiga kelgan paytda o\u02bbtkaziladi. Shundagina mayda va donador tuproq hosil bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Hozirda Respublikamiz hududlarining tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqib, g\u02bbo\u02bbza qatorlar orasining kengligi 90, 76 va 60 sm lik sxemalarda ekilmoqda.<\/p>\n<p>Tabiiyki har bir sxema uchun shu kengliklarga mos ishchi organlar turi va soni to\u02bbg\u02bbri tanlanishi lozim.<\/p>\n<p><strong><em>Qatqaloqni yumshatish<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Respublikamizda shu kunlarda yog\u02bbib o\u02bbtgan kuchli yomg\u02bbirlar chigit ekilgan dalalarda qatqaloq paydo bo\u02bblishiga olib keldi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki chigit ekilgan dadalarda qatqaloq paydo bo\u02bblishi unib chiqqan nihollarning rivojlanishiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatadi, hali unmagan chigitlarning to\u02bbla unib chiqishiga imkon bermaydi va natijada ko\u02bbchatlar siyrak bo\u02bblib qoladi. Bunga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik uchun kuchli yog\u02bbingarchilikdan keyin hosil bo\u02bblgan qatqaloq tuproqning yuza qismi yetilib-yetilmay tezlik bilan 1-2 kun ichida bartaraf etilishi lozim.<\/p>\n<p><em>Shuni yodda tutish lozimki, kuchli yog\u02bbingarchilikdan keyin hosil bo\u02bblgan qatqaloq o\u02bbz vaqtida tezlik bilan bartaraf etilsa, unib chiqqan nihollarning seravj rivojlanishiga, unayotgan chigitlardan esa to\u02bbla-to\u02bbkis ko\u02bbchat olinishiga erishiladi.<\/em><\/p>\n<p>Barcha maydonlarda qatqaloq 1- va 2-rasmlarda tasvirlangan MVN-2,8 va MVX-5,4 rusumli rotatsion motigalardan foydalanib yumshatilishiga erishish lozim. Chunki bunda qatqaloqni yuqori tezlik va unum bilan hamda nihollar va urug\u02bblarga kam zarar yetkazgan holda sifatli yumshatilishiga erishiladi.<\/p>\n<p>Ish jarayonida ko\u02bbrsatilgan motigalardan tuzilgan agregatlar ekilgan qatorlar bo\u02bbylab harakatlanishi lozim.<\/p>\n<p>Nihollar to\u02bbliq unib chiqqan dalalarda qatqaloqni yumshatish uchun rotatsion yulduzchalar bilan jihozlangan paxtachilik kultivatorlaridan foydalanish mumkin. Bunda kultivator har bir gryadilining o\u02bbng va chap tomonidan bir juftdan rotatsion yulduzchalar o\u02bbrnatiladi va ular qator oralariga 3-rasmda ko\u02bbrsatilgandek, ya\u02bcni g\u02bbo\u02bbza qatorlaridan 3 sm qochirib va 4-5 sm chuqurlikda yuradigan etib joylashtirilishi lozim. Bu yerda ham agregat g\u02bbo\u02bbza qatorlari bo\u02bbylab harakatlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a1.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"499\" data-large_image_height=\"202\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a1.jpg\" alt=\"\" \/><\/a><\/em><\/strong><strong><em>1-rasm. MVN-2,8 motigasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a2.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"578\" data-large_image_height=\"241\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a2.jpg\" alt=\"\" \/><\/a><strong>2-rasm. MVN-5,4 motigasi<\/strong><\/em><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a3.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"573\" data-large_image_height=\"714\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a3.jpg\" alt=\"\" \/><\/a><strong>3-rasm. Nihollar to\u02bbliq unib chiqqan dalalarda qatqaloqni yumshatish uchun rotatsion yulduzchalarni joylashtirish sxemasi<\/strong><\/em><\/p>\n<p>Shuni ham ta\u02bckidlash lozimki, kuchli yomg\u02bbirlar tufayli hosil bo\u02bbladigan oqava suvlarning paykallarda yig\u02bbilib qolishiga yo\u02bbl qo\u02bbymaslik kerak. Buning uchun ekish bilan birga qatorlar o\u02bbrtasida egatlar ochilgan bo\u02bblishi hamda paykallar chetlarida oqava suvlar chiqib ketishi uchun ariqlar olingan bo\u02bblishi lozim.<\/p>\n<p><strong><em>G\u02bbo\u02bbza qator oralarida begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotib tuproqni yumshatish<\/em><\/strong><\/p>\n<p>60 sm, 90 sm va qo\u02bbsh qator sxemalarda paxta yetishtirishda asosan MTZ-80X, TTZ-100.11 traktorlari va KRT-4 hamda KXU-4 rusumli kultivatorlardan tashkil topgan chopiq agregatlari bilan bajariladi.<\/p>\n<ol>\n<li><strong><em>Dala sathini qatlamlab yumshatish.<\/em><\/strong>Har bir dala sharoitiga qarab ya\u02bcni tuproq o\u02bbta zichlashib ketgan va begona o\u02bbtlar uncha rivojlanmagan dalalarda mayin toproq olish uchun KKO turkumidagi ishchi organlar bilan qatlamlab ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Qator oralari 90 sm bo\u02bblgan paykallarda har bir qatorga ikki dona rotatsion yulduzcha (1), yetti dona yumshatkich panja (2) va bir dona o\u02bbqyoysimon panja (3) joylashtirish kerak (4-rasm). Bu holda rotatsion yulduzcha nihollardan 3-5 sm uzoqlikda 4-6 sm<\/li>\n<\/ol>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a4.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"349\" data-large_image_height=\"508\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a4.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>1-rotatsion yulduzcha; 2-yumshatkich panja; 3-o\u02bbqyoysimon panja.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>4-rasm. Qator oralarini qatlamlab yumshatish uchun ish organlarni joylashtirish sxemasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p>chuqurlikda, birinchi juft yumshatkich panjalar nihollardan 12-15 sm uzoqlikda 5-7 sm chuqurlikda, ikkinchi juft yumshatkich panjalar nihollardan 25 sm uzoqlikda 6-8 sm chuqurlikda, uchinchi juft yumshatkich panjalar nihollardan 35 sm uzoqlikda 8-10 sm chuqurlikda, markaziy yumshatkich va o\u02bbqyoysimon panja esa 14-16 sm chuqurlikda yuradigan qilib joylashtirilishi zarur. Hammasi bo\u02bblib kultivatorga kengligi 60 sm bo\u02bblgan qator oralarini yumshatish uchun 8 juft rotatsion yulduzcha, 21 dona yumshatkich va 5 dona o\u02bbqyoysimon panja, qator oralari 90 sm bo\u02bblganda 8 juft rotatsion yulduzcha, 29 dona yumshatkich va 5 dona o\u02bbqyoysimon panja o\u02bbrnatiladi.<\/p>\n<p>Shuni aytish joizki, kultivator ancha murakkab agregat hisoblanadi va o\u02bbziga alohida malakali e\u02bctiborni talab qiladi. Kultivator ishchi a\u02bczolarini to\u02bbg\u02bbri sozlash uchun maxsus chiziqlar tortilgan tekis gorizontal maydonchadan foydalanilsa, sozlash ishlari osonlashadi va aniqligi ortadi. Buning uchun kultivator seksiyalarining tayanch g\u02bbildiraklari ostiga maksimal ishlov berish chuqurlikdan 1-2 sm kam (ya\u02bcni g\u02bbildirakning tuproqqa botishini e\u02bctiborga olingan) qalinlikdagi yog\u02bboch taxtachalar qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<ol>\n<li><strong><em>Qator oralaridagi begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish.<\/em><\/strong>Qator oralarida o\u02bbnib chiqqan begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish maqsadida kultivatorga quyidagi ish organlarni o\u02bbrnatiladi (5-rasm): disksimon (1) yumshatkich \u2013 8 dona (4-tasi chap kesuvchi, 4-tasi o\u02bbng kesuvchi), nihollardan 5-7 sm uzoqlikda va 6-8 sm chuqurlikda; pichoq (2) lar-8 dona (4-tasi chap kesuvchi, 4-tasi o\u02bbng kesuvchi), nihollardan 9-10 sm uzoqlikda va 6-8 sm chuqurlikda; o\u02bbqyoysimon (3) panjalar \u2013 5 dona, egatning o\u02bbrtasiga 12-14 sm chuqurlikda.<\/li>\n<\/ol>\n<p><strong><em>III. Qo\u02bbshqatorlab ekilgan g\u02bbo\u02bbza qator oralariga ishlov berish.<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>III.1 \u2013 oraliqni qatlamlab yumshatish.<\/em><\/strong>\u00a0Qo\u02bbsh qatorlab 60&#215;30 sxemada ekilgan paykallarda tuproqni qatlamlab yumshatish uchun 60 sm kenglikdagi qator oralig\u02bbiga ikki dona rotatsion yulduzcha (1), besh dona yumshatkich panja (2) va bir dona o\u02bbqyoysimon panja (3), 30 sm kenglikdagi qator oralig\u02bbiga esa bir juft rotatsion yulduzcha joylashtirish maqsadga muvofiq (6-rasm). Bu holda rotatsion yulduzcha nihollardan 3 sm uzoqlikda 4-6 sm chuqurlikda, birinchi juft yumshatkich panjalar nihollardan 15 sm uzoqlikda 4-6 sm chuqurlikda, ikkinchi juft yumshatkich panjalar nihollardan 25 sm uzoqlikda 6-8 sm chuqurlikda, markaziy yumshatkich va o\u02bbqyoysimon panja esa qatorning qoq o\u02bbrtasiga 12-14 sm chuqurlikda yuradigan qilib joylashtiriladi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a5.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"316\" data-large_image_height=\"408\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a5.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>1-sferik disk; 2-pichoq;\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>3-o\u02bbqyoysimon panja.<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em>5-rasm. Qator oralaridagi begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish uchun ish organlarni joylashtirish sxemasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a6.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"434\" data-large_image_height=\"636\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a6.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>1-rotatsion yulduzcha; yumshatkich panja; 3-o\u02bbqyoysimon panja.<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em>6-rasm. Qo\u02bbsh qatorli maydonlarga qatlamlab ishlov berish uchun ish organlarni joylashtirish sxemasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>III.2 \u2013 begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish.<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Qo\u02bbsh qatorlab 60&#215;30 sxemada ekilgan paykallardagi begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish uchun kultivatorning 60 sm kenglikdagi qator oralig\u02bbiga quyidagi ish organlarini o\u02bbrnatish lozim (7-rasm): sferik disk (2) \u2013 2 dona (1-tasi chap kesuvchi, 1-tasi o\u02bbng kesuvchi), nihollardan 5-7 sm uzoqlikda va 6-8 sm chuqurlikda; pichoq(3)lar \u2013 2 dona (1-tasi chap kesuvchi, 1-tasi o\u02bbng kesuvchi), nihollardan 9-10 sm uzoqlikda va 6-8 sm chuqurlikda; o\u02bbqyoysimon (4) panja bir dona, egatning o\u02bbrtasiga 12-14 sm chuqurlikda, 30 sm kenglikdagi qator oralig\u02bbiga esa ikki dona rotatsion yulduzcha (1) nihollardan 3 sm uzoqlikda 4-6 sm chuqurlikda.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a7.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"341\" data-large_image_height=\"450\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a7.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>1-rotatsion yulduzcha; 2-sferik disk;\u00a0<\/em><\/strong><strong><em>3-pichoq; 4-o\u02bbqyoysimon panja.<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em>7-rasm. Qo\u02bbsh qatorlab ekilgan maydonlarda begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish uchun ish organlarni joylashtirish sxemasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong>Kengligi 76 sm bo\u02bblgan g\u02bbo\u02bbza qator oralariga ishlov berish.<\/strong><\/p>\n<p>Paxtachilik \u2013 to\u02bbqimachilik klasterlarining kengligi 76 sm bo\u02bblgan paxta dalalarida olti qatorli YCMF 7rusumli kultivatorlar ishlatilmoqda.<\/p>\n<p>Mazkur kultivator Turkiya davlatida ishlab chiqarilgan. Turkiyada paxta hosili asosan \u201cJon-Dir\u201d firmasining mashinalari yordamida terib olinadi. Bu mashinada yonma-yon joylashgan terim apparatlari bo\u02bbylama o\u02bbqlari orasidagi ko\u02bbndalang masofa 76-110 sm oralig\u02bbida rostlanadi. Ko\u02bbrinib turibdiki, mashinabop paxta yetishtirish maqsadida kultivator qator orasining kengligi (76 sm) paxta terish apparati qator orasi kengligining eng minimal qiymatiga tenglab olingan.<\/p>\n<p>Mazkur kultivator ko\u02bbpchilik agroklasterlarda, shu jumladan Oqqo\u02bbrg\u02bbon tumanidagi \u201cOqqo\u02bbrg\u02bbon ABS\u201d agroklasterida \u201cKeys Nyu Xolland\u201d kompaniyasining TD 5.110 markali traktoriga osib ishlatilmoqda. Bu traktorning koleyasi (g\u02bbildiraklar orasidagi ko\u02bbndalang masofa) 152 sm (76&#215;2), ya\u02bcni to\u02bbrtta g\u02bbildirakning hammasi qator oralarining o\u02bbrtasida harakatlanadi; dvigatelining quvvati 81 kVt (110 o.k.); shinalar markasi: orqa o\u02bbqda 14,9&#215;24, oldingi o\u02bbqda 18,4&#215;34; agrotirqish kengligi 500 mm (qator oralariga yaxshi joylashadi).<\/p>\n<p>YCMF 7 rusumli kultivator uch nuqtali osish mexanizmiga ega bo\u02bblib, ko\u02bbndalang rama(140&#215;100 mm)si to\u02bbrtburchak profildan yasalgan, uzunligi 4800 mm.Kultivator 2 ta tayanch g\u02bbildiragi, parallelogramm mexanizmlari (2 ta yondosh va 5 ta asosiy), ishchi seksiyalar, miqdorlagichli o\u02bbg\u02bbit bunkerlari, o\u02bbg\u02bbit o\u02bbtkazgichlar va soshniklardan tashkil topgan.<\/p>\n<p>Ish organlari ishchi seksiyaga prujinasimon stoykalar bilan mahkamlangan.Har bir g\u02bbo\u02bbza qator orasiga (8-rasm) ikki dona diametri 470 mm bo\u02bblgan tishli disk, qamrov kengligi 150 mm bo\u02bblgan besh dona o\u02bbqyoysimon panja va qamrov kengligi 170 mm bo\u02bblgan bir dona chuqur yumshatkich joylashtirilgan. Tishli disklar marza tepasidagi, o\u02bbqyoysimon panjalar egatning har ikki yonini, chuqur yumshatkich esa egatning qoq o\u02bbrtasini yumshatishga xizmat qiladi. Bunda ish organlar orasidagi bo\u02bbylama masofa o\u02bbzgarmas bo\u02bblib, ko\u02bbndalang masofani rostlash imkoniyati mavjud. Barcha o\u02bbqyoysimon panjalar bir-biriga nisbatan ishlov berish chuqurligi bo\u02bbyicha o\u02bbzgarmas qilib o\u02bbrnatilgan, ya\u02bcni ishlov berish chuqurligini pog\u02bbonali ravishda rostlab bo\u02bblmaydi. Chuqur yumshatkichni esa pog\u02bbanali (turli chuqurliklarga) rostlash mumkin. Barcha ish organlarning ishlov berish chuqurligi ishchi seksiya tayanch g\u02bbildiraklarining ko\u02bbtarib-tushirish yo\u02bbli bilan rostlanadi.<\/p>\n<p>Kultivatorning agrotirqishi o\u02bbsimliklarning bo\u02bbyidan kelib chiqib, rama tayanch g\u02bbildiragi vositasida rostlanadi. Tayanch g\u02bbildirakning eni 200 mm, diametri 500 mm bo\u02bblib, o\u02bbrta qismiga xalqasimon disk diametral o\u02bbrnatilgan (9-rasm). Xalqa ish jarayonida tuproqqa to\u02bbla botib harakatlanadi va shu orqali kultivatorning ko\u02bbndalang tebranishlarining amplitudalarini so\u02bbndiradi,g\u02bbo\u02bbza nihollarini qatorlarga yaqin joylashgan ishchi organlar tomonidan shikastlanishinioldini oladi hamda kultivatsiyani sifatli bajarilishini va agrotexnik ko\u02bbrsatkichlarni yuqori bo\u02bblishini ta\u02bcminlaydi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a8.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"536\" data-large_image_height=\"936\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a8.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>8-rasm. Ish organlarni g\u02bbo\u02bbza qator oralariga joylashtirish sxemasi<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a9.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"557\" data-large_image_height=\"807\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a9.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>9-rasm. Ramaga o\u02bbrnatilgan tayanch g\u02bbildiragi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><strong><em>G\u02bbo\u02bbzani o\u02bbg\u02bbitlash<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Kultivator markaziga o\u02bbrnatilgan tishli g\u02bbildirak va zanjirlar yordamida harakat miqdorlagichga uzatiladi. Miqdorlagich o\u02bbg\u02bbitni bir me\u02bcyorda o\u02bbg\u02bbito\u02bbtkazgich orqali soshniklarga tashlab beradi. Soshniklar esa o\u02bbg\u02bbitni tuproqqa kerakli chuqurlikda ko\u02bbmib ketadi.<\/p>\n<p><strong>Kultivatorning afzalliklari:\u00a0<\/strong>traktor bilan tez va oson agregatlanadi;ish organlarni rostlash kam mehnat talab qiladi;barcha ish organlarning ishlov berish chuqurligi bir vaqtda oson rostlanadi;tayanch g\u02bbildiraklariga halqasimon disk o\u02bbrnatilganligi bois agregatning harakat paytidagi ko\u02bbndalang tebranishlari kamayadi (nihollar kam shikastlanadi); kultivatorga texnik xizmat ko\u02bbrsatish qulay;ishchi seksiyalarning ramadako\u02bbndalangiga pog\u02bbanali surilishi hisobiga qator orasi kengligini 76-60 sm oraliqda rostlash mumkin.<\/p>\n<p>Kelajakda kultivatorga ishchi organlar orasidagi bo\u02bbylama masofani rostlash, ishchi organlar tomonidan tuproqni qatlamlab yumshatish, namligi kam bo\u02bblgan tuproqlarda prujinasimon stoykalarning egilishi chegaradan oshib ketganda ishchi organlarning tuproqqa kirish burchagining o\u02bbzgarishi va belgilangan chuqurlikka botmasligini oldini olish, uchinchi va keyingi kultivatsiyalarda g\u02bbo\u02bbza tuplari va hosil elementlarini shikastlanmasligi uchun traktorga diametri katta, lekin eni kichkina g\u02bbildiraklarni o\u02bbrnatish imkoniyatlarini beradigan yangi texnik yechimlarni joriy maqsadga muvofiqdir.<\/p>\n<p><strong><em>Maxsus chuqur yumshatkichlarni ishlatish<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Yog\u02bbingarchiliklar ko\u02bbp bo\u02bblib hamda birinchi ishlov kechikib o\u02bbtkazilishi natijasida ayrim dalalarda tuproq o\u02bbta zichlashib, begona o\u02bbtlar uchun qulay sharoit yaratilib qoladi.<\/p>\n<p>Bunday dalalarni birinchi navbatda tezkorlik bilan begona o\u02bbtlardan tozalab, qator oralari o\u02bbrtasini 16-18 sm chuqurlikda yumshatib, orqasidan o\u02bbg\u02bbitni berib suv qo\u02bbyilsa g\u02bbo\u02bbzalar tez avjga kiradi. Qator oralarini chuqur yumshatish uchun MTP sharoitida maxsus traktor orqasiga osiladigan ramalarga chizeli yumshatgich ishchi organlaridan 3-donasini o\u02bbrnatib, 16-18 sm chuqurlikda yuradigan qilib sozlansa maqsadga muvofiq bo\u02bblar edi (10-rasm).<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a10.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"776\" data-large_image_height=\"477\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a10.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>10-rasm. Qator o\u02bbrtasini chuqur yumshatuvchi moslama<\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a11.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"372\" data-large_image_height=\"688\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a11.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>11-rasm. Qator oralarini chuqur yumshatuvchi ishchi organ<\/strong><\/p>\n<p>Agarda bunday moslamani yasash imkoniyati bo\u02bblmasa kultivatorlarni ishchi organlaridan foydalanilsa ham bo\u02bbladi. Buning uchun eski ressorlar yoki qamrash kengligi 250 mm bo\u02bblgan eski britvalarni olib uning pastki qismiga KKO tipidagi naralnikni payvandlab, kultivatorning traktor g\u02bbildiraklari orqasidan yuradigan gryadillariga mahkamlab ishlatish lozim (11-rasm).<\/p>\n<p><strong><u>Sug\u02bborish egatlarini ochish va mineral o\u02bbg\u02bbit solish.<\/u>\u00a0<\/strong>Sug\u02bborish ariqlarini ochish bilan bir vaqtda tuproqqa o\u02bbg\u02bbit solish uchun kultivatorlarga o\u02bbg\u02bbit soshniklari va egatochgichlar o\u02bbrnatiladi. Egatochgichlar qatorlar orasining markazida yuradigan qilib joylashtiriladi. Qator oralig\u02bbi 60 sm bo\u02bblgan dalalarni birinchi oziqlantirishda o\u02bbg\u02bbit soshniklari qo\u02bbchatlardan 15-18 sm masofada, 12-14 sm chuqurlikka o\u02bbrnatiladi. Ikkinchi o\u02bbg\u02bbitlashda masofa 18-20 sm gacha, chuqurlik esa 14-16 sm gacha oshiriladi. So\u02bbngi o\u02bbg\u02bbit kombinatsiyalashgan ish organlari yordamida qator oralig\u02bbining o\u02bbrtasiga beriladi. 90 sm qator oraliqlarida birinchi o\u02bbg\u02bbitlashda soshniklar ko\u02bbchatlardan 15-18 sm, ikkinchi o\u02bbg\u02bbitlashda \u2013 20-22 sm va uchinchi o\u02bbg\u02bbitlashda \u2013 28-30 sm masofada joylashtiriladi. Soshniklarning yurish chuqurligi birinchi o\u02bbg\u02bbitlashda 12-14 sm, keyingilarida \u2013 14-16 sm ni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, g\u02bbo\u02bbzani hosil to\u02bbplash vaqtida o\u02bbtkaziladigan kultivatsiyalarida hosil tugunchalari va ko\u02bbsaklarni to\u02bbkmaslik maqsadida kultivatorning ramalari va ishchi organlarning stoykalari himoya vositalari va yumshoq materiallar bilan o\u02bbrab qo\u02bbyiladi.<\/p>\n<p>G\u02bbo\u02bbza hosil shoxlari 12-14 donaga yetganda qator oralarini kultivatsiyalashni g\u02bbo\u02bbza tuplari o\u02bbsuv nuqtalarini mexanik chilpish bilan birgalikda o\u02bbtkazish yaxshi samara beradi.<\/p>\n<p>G\u02bbo\u02bbzaning shonalash davrigacha bo\u02bblgan muddatlarda tuproqdagi namni uzoq saqlab turish uchun qator oralari 90 sm bo\u02bblganda maxsus moslamalar yordamida 20-25 sm chuqurlikda yumshatiladi, qator orasi 60 sm bo\u02bblganda yumshatish chuqurligi 18-22 sm atrofida o\u02bbrnatiladi.<\/p>\n<p><strong><u>Kultivatorni sozlash.<\/u>\u00a0<\/strong>Kultivator ip tortilgan yoki sxema chizilgan maxsus tekis maydonchada sozlanadi (12-rasm). Buning uchun birinchi navbatda barcha seksiyalarning shtangalari gorizontal holga keltiriladi (13-rasm), ish organlari ishlov berish chuqurligi va kengligi bo\u02bbyicha sozlanadi.<\/p>\n<p>Ish organlarini kerakli chuqurlikda yuradigan qilib sozlash uchun kultivator seksiyalarining tayanch g\u02bbildiraklari tagiga taxtachalar qo\u02bbyiladi. Bu taxtachalarning qalinligi kerakli ishlov berish chuqurligidan 1-2 sm ga, ya\u02bcni g\u02bbildiraklarning tuproqqa botish chuqurligiga teng qiymatga kam bo\u02bblishi kerak.<\/p>\n<p>Shundan so\u02bbng ish organlari kultivator seksiyalariga o\u02bbrnatiladi va mahkamlanadi: pichoq, o\u02bbqyoysimon va chuqur yumshatkich panjalarning qirquvchi qirralari maydoncha yuzasiga to\u02bbliq tegib turishi, yumshatkich panjalar esa tumshug\u02bbi bilan tayanib turishi lozim. To\u02bbg\u02bbri o\u02bbrnatilgan pichoqlarning gorizontal polkasi va o\u02bbqyoysimon panjaning tumshug\u02bbi maydon yuzasi bilan 12-18<sup>0<\/sup>, chuqur yumshatkich va yumshatkich panjalarning tumshuqlari esa 30-40<sup>0<\/sup>\u00a0burchak hosil qilishi darkor (14-rasm). O\u02bbrnatiladigan barcha ish organlarining kesuvchi qirralari o\u02bbtkir bo\u02bblishi kerak.<\/p>\n<p>Ish organlarini qator kengligi bo\u02bbyicha sozlash uchun ular ko\u02bbndalang kvadrat kesimli tutqich bo\u02bbylab ko\u02bbndalangiga va qulflar yordamida ustunlar bilan tik yo\u02bbnalishda suriladi. Ustunlarning bukilganligi hisobiga ularni u yoki bu tomonga qaratib, tegishli joyga o\u02bbrnatish mumkin (15, a va b rasmlar).<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a12.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"584\" data-large_image_height=\"513\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a12.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>12-rasm. Kultivatorni ip tortilgan yoki rostlash sxemasi chizilgan maxsus maydonda sozlash tartibi<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a13.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"439\" data-large_image_height=\"560\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a13.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>13-rasm. Kultivator seksiyasi shtangasini gorizontal holatga keltirish tartibi<\/em><\/strong><\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a14.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"788\" data-large_image_height=\"459\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a14.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>14-rasm. Ish organlarini yerga botish burchagi<\/strong><\/p>\n<p>Yumshatkich, chuqur yumshatkich va o\u02bbqyoysimon panjalarning tuproqqa kirish burchagini o\u02bbzgartirish uchun saqlovchi shplintlar soshnikdagi teshiklarning tegishlisiga o\u02bbtkaziladi, pichoqlarda esa uning boltlari boshqa teshikka o\u02bbtkazib mahkamlanadi (15, v-rasm).<\/p>\n<p>Seksiyalarni bosib turuvchi prujinalar yumshoq tuproqlarda ishlaganda bo\u02bbshatibroq, zich tuproqlarda esa qisib qo\u02bbyiladi. Ish organlari dala relyefini yaxshi takrorlab borishi uchun seksiya povodogining yuqorigi stopor halqasi tebratma uchidan 50-75 mm yuqorida turishi kerak.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a15.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"587\" data-large_image_height=\"195\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a15.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>15-rasm. Ish organlarining ishlov berish chuqurligi (a), kengligi (b) va yerga botish burchaklari (v)ni sozlash tartiblari<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Ish organlarning yurish chuqurliklari va g\u02bbo\u02bbza tuplariga nisbatan joylashishlari uzil-kesil dalada sozlanadi.<\/p>\n<p><strong><em>O\u02bbg\u02bbit solish me\u02bcyorini sozlash<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Jadvaldagi ma\u02bclumotlar bo\u02bbyicha o\u02bbg\u02bbitlagichlardagi shkalalardan foydalanib barcha apparatlar taxminan bir xil me\u02bcyorga keltiriladi (tirqish kattaligi bir xilda sozlanadi). Keyin o\u02bbg\u02bbito\u02bbtkazgichlar olib qo\u02bbyilib, apparatlar tagiga qopchalar osiladi va agregat 100 m masofani bosib o\u02bbtadi (yoki g\u02bbildiraklar ko\u02bbtarib qo\u02bbyilib, turgan joyida 100 metr masofaga teng sonda aylantiriladi). Qopchalarga tushgan o\u02bbg\u02bbit miqdori tarozida tortilgach, o\u02bbg\u02bbitlash me\u02bcyori quyidagi formula yordamida aniqlanadi:<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a16.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"494\" data-large_image_height=\"160\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a16.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>KMX-65 o\u02bbg\u02bbitlash apparatini o\u02bbg\u02bbit solish me\u02bcyoriga sozlash tartibi<\/em><\/strong><\/p>\n<p><em>Eslatma: suratda \u2013 60 sm li qator oralari uchun, mahrajda-90 sm li qator oralari uchun<\/em><\/p>\n<p>Hisoblangan me\u02bcyor talab qilinayotgan me\u02bcyor bilan taqqoslanadi. Agarda farq 8% dan ortiq bo\u02bblsa, apparatlarning tirqishlari kengligi o\u02bbzgartiriladi va tegishli me\u02bcyorga erishilguncha o\u02bblchovlar takrorlanadi.<\/p>\n<p style=\"text-align: center;\"><strong><em><a class=\"dt-pswp-item\" href=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a17.jpg\" data-dt-img-description=\"\" data-large_image_width=\"631\" data-large_image_height=\"597\"><img decoding=\"async\" class=\"aligncenter\" src=\"https:\/\/uzts.uz\/wp-content\/uploads\/2020\/05\/a17.jpg\" alt=\"\" \/><\/a>Kultivatorlarni ishlatish tartibi va ularning ish sifatini baholash<\/em><\/strong><\/p>\n<p>Dalaga chiqishdan avval kultivator seksiyalarni ko\u02bbtarib-tushirish mexanizmining ishlashi, traktorning rul mexanizmi va tormozlarining holati tekshiriladi, kultivatorni moylash amalga oshiriladi.<\/p>\n<p>Traktor ruli lyuftining me\u02bcyordan ortiq bo\u02bblishiga, tormozlarning bo\u02bbsh ishlashiga, moy oqishiga, g\u02bbildiraklarda himoya shitoklarining bo\u02bblmasligiga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaydi. Seksiyalarning ko\u02bbndalang yo\u02bbnalishda har ikki tomonga og\u02bbishi 15-20 mm dan oshmasligi kerak.<\/p>\n<p>Qator oralariga ishlov berishda kultivator seyalka yurgan izdan yurishi va uning harakat sxemasini takrorlashi darkor. Kultivatorning chetki ish organlari yondosh qator oralarida yurishi lozim.<\/p>\n<p>Kultivatorning birinchi yurishi odatda past tezlikda amalga oshiriladi va ish organlarning ishi kuzatib boriladi. Egat oxirida ish organlar transport holatiga ko\u02bbtariladi. Traktorning bir g\u02bbildiragi tormozlanib, shunday buriladiki, chetki ish organlar ishlov berib kelingan yondosh qator oralig\u02bbiga tushsin.<\/p>\n<p>Birinchi o\u02bbtishda har bir qator oralig\u02bbida ishlov berish chuqurligi va himoya zonalari kengligi o\u02bblchab ko\u02bbriladi. Begona o\u02bbtlarning qirqilishi, g\u02bbo\u02bbza ko\u02bbchatlarining zararlanishi ko\u02bbz bilan baholanadi. Ish organlarning yurish chuqurligi va himoya zonasining kengligi o\u02bbrnatilgan o\u02bblchamlardan ko\u02bbpi bilan mos ravishda \u00b11 sm va \u00b12 sm farq qilishi mumkin. Farq kattaroq bo\u02bblgan taqdirda qo\u02bbshimcha sozlash amalga oshiriladi. Ishlov berilgan kenglikda begona o\u02bbtlarning qirqilishi 98% kam bo\u02bblmasligi va g\u02bbo\u02bbza ko\u02bbchatlarining zararlanishi esa 1% dan oshmasligi lozim.<\/p>\n<p>Sug\u02bborish egatlari qator oralig\u02bbining qoq o\u02bbrtasidan va barcha qatorlarda bir xil chuqurlikda olinishi kerak. Aks holda keyingi kultivatsiya vaqtida agregatni to\u02bbg\u02bbri boshqarish qiyin bo\u02bbladi va ko\u02bbchatlarga ko\u02bbp zarar yetkaziladi.<\/p>\n<p>Yuqoridagilarga to\u02bbla amal qilib g\u02bbo\u02bbza parvarishini sifatli o\u02bbtkazsak, kam xarajat bilan mo\u02bbl hosil yetishtirishga erishamiz.<\/p>\n<p>Manba:\u00a0<a href=\"http:\/\/agro.uz\/\">http:\/\/agro.uz\/<\/a><\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Mazkur tavsiyada kengligi 60 sm, 76 sm, 90 sm va qo\u02bbshqatorlab ekilgan g\u02bbo\u02bbza qator oralariga ishlov berish, birinchi kultivatsiyani o\u02bbtkazish, yog\u02bbingarchiliklardan keyin paydo bo\u02bblgan qatqaloqni yumshatish, g\u02bbo\u02bbza qator oralarida begona o\u02bbtlarni yo\u02bbqotish, dala sathini qatlamlab yumshatish, maxsus chuquryumshatkichlarni ishlatish, sug\u02bborish egatlarini ochish va mineral o\u02bbg\u02bbit solish, kultivator hamda o\u02bbg\u02bbit solish me\u02bcyorlarini sozlash, kultivatorlarni ishlatish tartibi&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":5909,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-5912","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=5912"}],"version-history":[{"count":0,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/5912\/revisions"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/5909"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=5912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=5912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=5912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}