{"id":6407,"date":"2020-05-25T12:41:55","date_gmt":"2020-05-25T07:41:55","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=6407"},"modified":"2020-05-25T12:41:55","modified_gmt":"2020-05-25T07:41:55","slug":"to-qimachilik-sanoati-murakkab-davrda-ham-faoliyat-to-xtamaydi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/to-qimachilik-sanoati-murakkab-davrda-ham-faoliyat-to-xtamaydi\/","title":{"rendered":"To\u02bbqimachilik sanoati: Murakkab davrda ham faoliyat to\u02bbxtamaydi"},"content":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, mavjud Pandemiya tufayli respublikamizning turli sanoat korxonalari o\u02bbz faoliyatini bir qancha muddatga qisman to\u02bbxtatishiga to\u02bbg\u02bbri kelgan edi. Shu jumladan, to\u02bbqimachilik sanoati korxonalari ham.<\/p>\n<p>Prezidentimiz boshchiligida olib borilgan chora-tadbirlar va karantin qoidalarini yumshatilishi oqibatida korxonalar faoliyati bosqichma bosqich tiklana boshladi, ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyilib, mahsulotlar eksporti ham yo\u02bblga qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>Misol, uchun, 13-may kuni davlat Rahbari boshchiligida bo\u02bblib o\u02bbtgan yig\u02bbilishda Samarqand viloyatidagi to\u02bbqimachilik korxonalari 37 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish quvvatiga ega ekanligi, lekin hozirda ularning atigi 48 foizidan foydalanilayotganligi ta\u02bckidlandi. Shu bois, to\u02bbqimachilik sanoati quvvatlarining ishlash darajasini oshirish, viloyatdagi 2 ta paxta-to\u02bbqimachilik klasterida yuqori qo\u02bbshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Samarqand shahridagi \u201cSAMARKAND EUROASIA TEXTILE\u201d korxonasida dastlab erkaklar ko\u02bbylagi ishlab chiqarilgan bo\u02bblsa, hozirda korxonada tayyorlanayotgan mahsulotlarning turi 20 dan oshib, ishchilar soni 500 nafardan ortdi.<\/p>\n<p>Korxonada ishlab chiqarilayotgan choyshab, yostiq va ko\u02bbrpa jildlari, dasturxon hamda boshqa mahsulotlarga ichki va tashqi bozorda talab ortib bormoqda. Korxonada yuqori sifat va xalqaro talablar asosida tayyorlanayotgan mahsulotning 80 foizi eksport qilinmoqda. Joriy yilning o\u02bbtgan davrida korxona 700 ming dollarlik mahsulot eksportini amalga oshirdi. Hozirda, korxona ta\u02bcsischilari yilning uchinchi choragida yangi loyihani amalga oshirib, yana 120 nafar xotin-qizni ishga jalb qilish niyatida.<\/p>\n<p>Korxonada yangi loyihalarni amalga oshirish uchun Yaponiyada ishlab chiqarilgan 100 ta tikuv mashinasi keltirib o\u02bbrnatildi. O\u02bbndan ortiq tikish amaliyotini bajaradigan bunday zamonaviy dastgohlarni keyingi oydan ishga tushirish rejalashtirilmoqda.<\/p>\n<p>Viloyatdagi yirik tekstil korxonalaridan yana biri \u2014 Bulung\u02bbur tumanidagi \u201cMaroqand\u00a0sifat\u201d mas\u02bculiyati cheklangan jamiyatidir. Korxona yiliga 2 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Narpay tumanidagi 13 ming gektar maydonda paxta yetishtirayotgan mazkur korxona to\u02bbla klaster tizimida ishlamoqda. Bu yerda tayyorlangan mahsulotlar Rossiya, Qozog\u02bbiston, Turkiya davlatlariga sotilmoqda. Hozirgi pandemiya sharoitida korxonaning 700 dan ortiq ishchisi karantin talablariga qat\u02bciy rioya etgan holda ishni davom ettirmoqda.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Ma\u02bclumki, mavjud Pandemiya tufayli respublikamizning turli sanoat korxonalari o\u02bbz faoliyatini bir qancha muddatga qisman to\u02bbxtatishiga to\u02bbg\u02bbri kelgan edi. Shu jumladan, to\u02bbqimachilik sanoati korxonalari ham. Prezidentimiz boshchiligida olib borilgan chora-tadbirlar va karantin qoidalarini yumshatilishi oqibatida korxonalar faoliyati bosqichma bosqich tiklana boshladi, ishlab chiqarish yo\u02bblga qo\u02bbyilib, mahsulotlar eksporti ham yo\u02bblga qo\u02bbyildi. Misol, uchun, 13-may kuni davlat Rahbari&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6404,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-6407","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6407","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6407"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6407\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6408,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6407\/revisions\/6408"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6404"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6407"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6407"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6407"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}