{"id":6564,"date":"2020-05-27T09:50:22","date_gmt":"2020-05-27T04:50:22","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=6564"},"modified":"2020-05-27T09:50:22","modified_gmt":"2020-05-27T04:50:22","slug":"loyihalarni-amalga-oshirishda-mezonlar-belgilab-berildi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/loyihalarni-amalga-oshirishda-mezonlar-belgilab-berildi\/","title":{"rendered":"Loyihalarni amalga oshirishda mezonlar belgilab berildi"},"content":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 26-may kuni investitsiya masalalari bo\u02bbyicha videoselektor yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi. Tadbirda Investitsiya dasturining joriy yil dastlabki to\u02bbrt oyidagi ijrosi tahlil qilinib, prognoz ko\u02bbrsatkichlarini so\u02bbzsiz bajarish, jumladan, yirik ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirish chora-tadbirlari muhokama etildi.<\/p>\n<p>2020-yilgi Investitsiya dasturiga 3 mingdan ortiq loyiha kiritilgan bo\u02bblib, ularni amalga oshirish uchun 235 trillion so\u02bbmlik investitsiyalar, jumladan, 7 milliard dollar to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy sarmoyalar o\u02bbzlashtirilishi belgilangan.<\/p>\n<p>Qariyb bir oydan keyin birinchi yarim yillik tugaydi. Bugungi murakkab davrda iqtisodiy barqarorlikni ta\u02bcminlash, investitsiya loyihalarini amalga oshirish borasidagi ishlarning dastlabki natijalari yuzaga chiqadi.<\/p>\n<p>Shu bois davlatimiz rahbari tez vaqtlarda natija beradigan, ayniqsa, yangi ish o\u02bbrinlari yaratadigan va iqtisodiy o\u02bbsishni ta\u02bcminlaydigan loyihalar bo\u02bbyicha ishlash kerakligini ta\u02bckidladi.<\/p>\n<p>Avvalo, ijtimoiy soha va infratuzilma obyektlari masalasiga e\u02bctibor qaratildi. Hozirgi kunda Samarqand viloyatida 38 ta, Toshkent viloyatida 89 ta, Xorazm viloyatida 41 ta loyiha bo\u02bbyicha qurilish ishlari orqada qolayotgani ko\u02bbrsatib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Uy-joy kommunal xizmat vazirligi hamda Suv xo\u02bbjaligi vazirligiga Inqirozga qarshi kurashish jamg\u02bbarmasidan moliyalashtiriladigan obyektlarda qurilishni jadallashtirish vazifasi qo\u02bbyildi.<\/p>\n<p>26-may kuni Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirish to\u02bbg\u02bbrisida Prezident qarori qabul qilindi. Unga ko\u02bbra, metallurgiya komplekslari va 2 ta mis boyitish fabrikasi barpo etish orqali mis va oltin ishlab chiqarish hajmi 3 baravarga oshirilib, mis ishlab chiqarish ko\u02bbrsatkichlari 400 ming tonna, oltin \u2013 50 tonna va kumush 270 tonnagacha yetkaziladi.<\/p>\n<p>Zargarlik va elektr texnikasi kabi tarmoqlar bundan foydalanib, ishlab chiqarish hajmi va ish o\u02bbrinlarini ko\u02bbpaytirishi zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, joriy yilgi vaziyatni inobatga olib, kechiktirish mumkin bo\u02bblgan qurilishlar uchun ajratilgan 450 milliard so\u02bbm Investitsiya dasturidan chiqarilgan edi. Bu mablag\u02bbning 150 milliard so\u02bbmi 40 ming gektar yerni o\u02bbzlashtirib, 80 mingta doimiy ish o\u02bbrni yaratishga yo\u02bbnaltirildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda har bir tarmoq va hudud rahbari byudjetdan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini yana bir bor ko\u02bbrib chiqib, xarajatlarini optimallashtirishi zarurligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>\u2013 Har bir loyihani amalga oshirishdan oldin ushbu obyekt hudud rivojiga\u00a0hamohangmi, bundan aholiga naf bormi, qancha odam ish bilan ta\u02bcminlanadi, degan savollarga javob topish shart, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Bosh vazir o\u02bbrinbosarlariga kelgusi yil uchun Investitsiya dasturiga birinchi navbatda yangi ish o\u02bbrinlari yaratadigan va kambag\u02bballikni kamaytirishga yordam beradigan loyihalarni kiritish mezonlarini joriy etish topshirildi.<\/p>\n<p>Obyekt qiymati, loyihalarning sifati va ularning kelgusidagi natijadorligi ko\u02bbp jihatdan loyiha hujjatlariga bog\u02bbliq. Ularning aksariyati xalqaro talablarga javob bermaydi, xorijdan jalb qilingan kompaniya va mutaxassislar bu loyihalar asosida ishlay olmaydi.<\/p>\n<p>Shu bois jahon standartlarini tezroq adaptatsiya qilish shartligi ta\u02bckidlandi. Kelgusi yildan boshlab byudjet mablag\u02bblari hisobidan yirik obyektlarni loyihalashdan tortib, ularni foydalanishga topshirishgacha bo\u02bblgan barcha jarayonlar xalqaro me\u02bcyorlar asosida amalga oshirilishi belgilandi. Shuningdek, loyihalashga mablag\u02bb ajratish bo\u02bbyicha qo\u02bbyilgan cheklovlar bekor qilinadi.<\/p>\n<p>Qurilish vazirligiga loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, qurish, ekspertizadan o\u02bbtkazish bo\u02bbyicha xalqaro standartlarni joriy etish yuzasidan topshiriqlar berildi. Bunda loyiha tashkilotlarining mualliflik va buyurtmachilarning texnik nazorat bo\u02bbyicha mas\u02bculiyati va javobgarligi ham aniq belgilanadi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi loyihalar ham atroflicha tahlil qilindi.<\/p>\n<p>Joriy yilda o\u02bbzlashtirilayotgan bunday sarmoyalarning 34 foizi neft-gaz, energetika, tog\u02bb-kon va metallurgiya tarmoqlari hamda 52 foizi hududiy loyihalarga tegishli. Shu bilan birga, elektrotexnika, kimyo va oziq-ovqat sanoatida bu kabi investitsiyalarni bir necha baravar oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligiga \u201co\u02bbsish nuqtasi\u201d bo\u02bbla oladigan axborot texnologiyalari, zargarlik, kimyo, elektr texnikasi, oliy ta\u02bclim, sog\u02bbliqni saqlash sohalariga faol sarmoyalar jalb qilish bo\u02bbyicha alohida yondashuvlarni ishlab chiqish topshirildi.<\/p>\n<p>Umuman, to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri investitsiyalarni jalb qilish bo\u02bbyicha yondashuvlarni o\u02bbzgartirish, mahalliy investorlarni qo\u02bbllab-quvvatlashni kengaytirish lozimligi ta\u02bckidlandi.<\/p>\n<p>Bugungacha faqat xorijlik investorlar uchun ko\u02bbzda tutilgan imtiyozlar endi mahalliy xususiy sarmoyadorlar uchun ham joriy qilinadi. Misol uchun, xususiy investor o\u02bbz hisobidan 25 million dollardan ortiq qiymatdagi loyiha boshlasa, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari byudjet hisobidan qurib beriladi.<\/p>\n<p>Shuningdek, chet elda yashayotgan vatandoshlarimizni mamlakatimizga investitsiya kiritishga rag\u02bbbatlantirish va ular bilan doimiy ishlash bo\u02bbyicha ko\u02bbrsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda pandemiya sababli o\u02bbzlashtirilmay qolishi ehtimoli bo\u02bblgan to\u02bbg\u02bbridan-to\u02bbg\u02bbri xorijiy investitsiyalar sohalar va hududlar kesimida ko\u02bbrib chiqildi. Bunday loyihalarning istiqbolini o\u02bbrganib, muddatlarini kechiktirish yoki o\u02bbrniga yangilarini kiritish mumkinligi qayd etildi.<\/p>\n<p>Xalqaro moliya institutlari kreditlari hisobiga amalga oshiriladigan 98 ta loyiha bo\u02bbyicha mablag\u02bblarni o\u02bbzlashtirish darajasi tanqid qilindi. Vazirliklarga muammolarni tez orada bartaraf etib, loyihalarni jadallashtirish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Investitsiya dasturi doirasida joriy yilda 206 ta yirik loyihani ishga tushirish rejalashtirilgan. Ulardan 39 tasida muddatdan kechikish xavfi bor. Bu loyihalarning asosiy qismi energetika, to\u02bbqimachilik, elektr texnikasi, transport tarmoqlari hamda Navoiy, Namangan, Sirdaryo va Farg\u02bbona viloyatlariga to\u02bbg\u02bbri keladi.<\/p>\n<p>Prezidentimiz bu loyihalar natijasida minglab ish o\u02bbrinlari yaratilishi, import o\u02bbrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilishi zarurligini ta\u02bckidlab, mutasaddilarga tegishli ko\u02bbrsatmalar berdi.<\/p>\n<p>Foydalanishga topshirilgan yirik va o\u02bbrta ishlab chiqarish quvvatlarini monitoring qilish bo\u02bbyicha doimiy komissiya tashkil etilishi belgilandi. Bu komissiya korxonalar ishga tushgandan so\u02bbng ularning yetarli xomashyo va infratuzilma bilan ta\u02bcminlanishi, to\u02bbliq quvvatda ishlashiga mas\u02bcul bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Yig\u02bbilishda, shuningdek, aholi daromadini oshirishga xizmat qiladigan kichik loyihalarga investitsiyalarni ko\u02bbpaytirish masalasiga alohida e\u02bctibor qaratildi.<\/p>\n<p>Masalan, Andijonda meva-sabzavotchilik, chorvachilik, parrandachilik yo\u02bbnalishidagi 7 ta klaster bilan 9 mingdan ziyod aholi o\u02bbrtasida kasanachilik usulida kooperatsiyani yo\u02bblga qo\u02bbyish bo\u02bbyicha 40 million dollarlik loyihalar ishlab chiqilgan. Ushbu tajriba asosida boshqa aholi zich hududlarda ham shunday tizim qilish bo\u02bbyicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Sanoati rivojlanmagan Tomdi tumanida 320 milliard so\u02bbmlik 70 ta hamda Paxtachi tumanida 660 milliard so\u02bbmlik 83 ta investitsiya loyihalari shakllantirilgan. Ularni amalga oshirish uchun Paxtachining Navoiy shahri bilan, Tomdining Zarafshon shahri bilan chegaradosh hududida sanoat zonalari tashkil etilishi mo\u02bbljallangan.<\/p>\n<p>Mutasaddilarga, shuningdek, sanoati rivojlanmagan boshqa tumanlar bo\u02bbyicha imkoniyatlarni aniqlab, sanoat zonalari tashkil etish yuzasidan ko\u02bbrsatmalar berildi. Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini ko\u02bbpaytirish masalasiga ham to\u02bbxtalib o\u02bbtildi.<\/p>\n<p>Videoselektor yig\u02bbilishida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar rahbarlari joriy yilning o\u02bbtgan davridagi natijalar hamda yil oxirigacha mo\u02bbljallangan investitsiya faoliyati yuzasidan hisobot berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida 26-may kuni investitsiya masalalari bo\u02bbyicha videoselektor yig\u02bbilishi o\u02bbtkazildi. Tadbirda Investitsiya dasturining joriy yil dastlabki to\u02bbrt oyidagi ijrosi tahlil qilinib, prognoz ko\u02bbrsatkichlarini so\u02bbzsiz bajarish, jumladan, yirik ishlab chiqarish quvvatlari, ijtimoiy va infratuzilma obyektlarini foydalanishga topshirish chora-tadbirlari muhokama etildi. 2020-yilgi Investitsiya dasturiga 3 mingdan ortiq loyiha kiritilgan bo\u02bblib, ularni amalga oshirish uchun 235&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6559,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-6564","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6564","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6564"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6564\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6565,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6564\/revisions\/6565"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6559"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6564"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6564"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6564"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}