{"id":6690,"date":"2020-05-28T15:40:52","date_gmt":"2020-05-28T10:40:52","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=6690"},"modified":"2020-06-01T15:41:25","modified_gmt":"2020-06-01T10:41:25","slug":"yangi-kiyim-modellarini-yaratish-bo-yicha-videomuloqot","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/yangi-kiyim-modellarini-yaratish-bo-yicha-videomuloqot\/","title":{"rendered":"Yangi kiyim modellarini yaratish bo\u02bbyicha videomuloqot"},"content":{"rendered":"<p>\u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi tomonidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi \u201cTo\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir kechiktirib bo\u02bblmaydigan chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-5989-sonli Farmoni 4-bandi ijrosini ta\u02bcminlash maqsadida, liboslar dizayni va kolleksiyalarini ishlab chiqish xamda ularni tarmoq korxonalariga joriy qilish bo\u02bbyicha tasdiqlangan Ishchi guruh ishtirokida 28-may kuni video konferensiya tashkil etildi.<\/p>\n<p>Konferensiyada \u201cOsiyo Ramzi\u201d O\u02bbzbekiston Respublikasi modelyerlar assotsiatsiyasi raisi, Toshkent to\u02bbqimachilik va yengil sanoat instituti prorektori, ishchi guruh boshlig\u02bbi o\u02bbrinbosari X.\u00a0Kamilova, Koreya TEGU universitetining libos dizayni kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Kim In\u00a0Og, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti \u201cLibos dizayni\u201d kafedrasi mudiri,dotsent F.Ataxanova, \u201cISTIQLOL TEXTILE DIZAYN\u201d MCHJ direktori (\u201cIDEAL\u201d) B.Umarov, \u201cBofanda\u201d MCHJ direktori A.Axrarov, Buka boksing\u00a0sportvear\u00a0(\u201cBUKA\u201d) direktori O.Anvarov, dizayner E.Rizayeva, \u201cNARIMTEKS\u201d MCHJ (\u201cMoltoCaldo\u201d) vakili, \u201cSharq liboslari\u201d Dizayn Markazi direktori Z.Yunusova va Yangi dizaynerlik ishlanmalarini joriy etish bo\u02bblimi mutaxassislari ishtirok etishdi.<\/p>\n<p>Onlayn muloqot davomida yangi milliy dizayn strategiyalarining asosiy etaplarini shakllantirish uchun bajariladigan ishlar, liboslar kolleksiyalarini yaratish va ishlab chiqarishga bo\u02bblgan talablar, muammolar, haqida suhbatlar olib borildi. Tikuv trikotaj korxonalarining yangi dizaynlarga, yangi kiyim modellarini ishlab chiqarish va eksport qilishga bo\u02bblgan talablari, korxonalarga yangi raqobatbardosh liboslar dizayni va kolleksiyalarini ishlab chiqishga to\u02bbsqinlik qiluvchi muammolar bo\u02bbyicha fikrlar bildirildi.<\/p>\n<p>Korxona rahbarlari ichki va tashqi bozorlarda yuqori talabga ega bo\u02bblgan tikuv trikotaj mahsulotlari haqida, korxonalarda kadrlarga bo\u02bblgan ehtiyoj va talablar haqida, brendni rivojlantirish tajribasi haqida o\u02bbzaro fikr almashdilar.<\/p>\n<p>Shu bilan birga jahon modasining yangi tendensiyalari, dizayndagi yangi innovatsion yo\u02bbnalishlar bo\u02bbyicha ham mutaxassislar fikr bildirishdi.<\/p>\n<p>Konferensiya so\u02bbngida ishlab chiqarish korxonalari, oliy o\u02bbquv muassasalari, dizayn markazlari va soha mutaxassislari o\u02bbrtasida yagona onlayn platforma tuzish va muntazam ravishda birgalikda onlayn videokonferensiyalarni tashkillashtirishga kelishildi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>\u201cO\u02bbzto\u02bbqimachiliksanoat\u201d uyushmasi tomonidan O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 5-maydagi \u201cTo\u02bbqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini qo\u02bbllab-quvvatlashga doir kechiktirib bo\u02bblmaydigan chora-tadbirlar to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi PF-5989-sonli Farmoni 4-bandi ijrosini ta\u02bcminlash maqsadida, liboslar dizayni va kolleksiyalarini ishlab chiqish xamda ularni tarmoq korxonalariga joriy qilish bo\u02bbyicha tasdiqlangan Ishchi guruh ishtirokida 28-may kuni video konferensiya tashkil etildi. Konferensiyada \u201cOsiyo Ramzi\u201d O\u02bbzbekiston Respublikasi modelyerlar assotsiatsiyasi raisi,&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":6687,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-6690","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6690","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=6690"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6690\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":6691,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/6690\/revisions\/6691"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/6687"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=6690"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=6690"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=6690"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}