{"id":8238,"date":"2020-08-31T18:53:25","date_gmt":"2020-08-31T13:53:25","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=8238"},"modified":"2020-08-31T18:54:12","modified_gmt":"2020-08-31T13:54:12","slug":"prezident-shavkat-mirziyoyevning-o-zbekiston-respublikasi-mustaqilligining-yigirma-to-qqiz-yilligiga-bag-ishlangan-tantanali-marosimdagi-nutqi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/prezident-shavkat-mirziyoyevning-o-zbekiston-respublikasi-mustaqilligining-yigirma-to-qqiz-yilligiga-bag-ishlangan-tantanali-marosimdagi-nutqi\/","title":{"rendered":"Prezident Shavkat Mirziyoyevning O\u02bbzbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to\u02bbqqiz yilligiga bag\u02bbishlangan tantanali marosimdagi nutqi"},"content":{"rendered":"<p>Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar!<\/p>\n<p>Avvalo, siz azizlarni, ko\u02bbpmillatli butun xalqimizni O\u02bbzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to\u02bbqqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman.<\/p>\n<p>Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida \u201coynai jahon\u201d orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik so\u02bbzlarimni eshitib turgan mo\u02bbtabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga o\u02bbzimning yuksak ehtiromimni bildiraman.<\/p>\n<p>Hammangizga ma\u02bclum, pandemiya tufayli bu yil Mustaqillik bayramini har doimgidek katta tantana va sayillar bilan nishonlay olmayapmiz.<\/p>\n<p>Xalqimizning salomatligini o\u02bbylab, bayram tadbirlarini ixcham shaklda, onlayn rejimida o\u02bbtkazmoqdamiz. Lekin, har yilgidek, mashhur san\u02bcatkorlarimiz ushbu qutlug\u02bb sanaga atab katta-katta konsertlar, badiiy dasturlar tayyorlashgan va ular televideniye orqali xalqimizga taqdim etiladi.<\/p>\n<p>Hech shubhasiz, barchamiz uchun eng ulug\u02bb va muqaddas bo\u02bblgan bu bayram shukuhi oilalarimiz davrasida, qalblarimizda, yuraklarimizda davom etadi.<\/p>\n<p>Hurmatli do\u02bbstlar!<\/p>\n<p>Bashariyat tarixi shundan dalolat beradiki, har bir xalq faqat erkin va ozod bo\u02bblgan taqdirdagina, o\u02bbz hayoti va kelajagini mustaqil barpo etish huquqiga ega bo\u02bbladi. \u201cHaq berilmas, haq olinur!\u201d deb millat ozodligi yo\u02bblida jonini fido qilgan ulug\u02bb ajdodlarimizning buyuk maqsadi ham shu edi.<\/p>\n<p>Xalqimizning beqiyos jasorati va matonati bilan Birinchi Prezidentimiz muhtaram Islom Abdug\u02bbaniyevich Karimov boshchiligida qo\u02bblga kiritilgan davlat mustaqilligi ana shu asriy orzumizni amalda ta\u02bcminlagan olamshumul voqeadir.<\/p>\n<p>Biz qanday tahlikali va suronli davrlarni boshimizdan kechirmaylik, qanday yutuq va natijalarga erishgan bo\u02bblmaylik, mustaqillik g\u02bboyasi, istiqlol ruhi bizga doimo tog\u02bbdek tayanch bo\u02bblmoqda.<\/p>\n<p>Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, donishmand xalqimizning uzoqni ko\u02bbra olishi, birdamligi va fidoyi mehnati bilan barcha sinovlardan munosib o\u02bbtib kelmoqdamiz.<\/p>\n<p>Shu nuqtayi nazardan, bizning insoniy qadr-qimmatimizni, g\u02bburur va sha\u02bcnimizni, dinu diyonatimizni, milliy davlatchiligimizni tiklab bergan Mustaqillik kuni Vatanimizning shonli tarixida hamisha eng yorqin sahifa bo\u02bblib qoladi.<\/p>\n<p>Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so\u02bbz ketganda \u201cYangi O\u02bbzbekiston\u201d iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo\u02bbyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning e\u02bctirofidir.<\/p>\n<p>Xalqimizning ulug\u02bbvor qudrati jo\u02bbsh urgan hozirgi zamonda O\u02bbzbekistonda yangi bir uyg\u02bbonish \u2013 Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo\u02bbladi. Chunki bugungi O\u02bbzbekiston \u2013 kechagi O\u02bbzbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.<\/p>\n<p>Istiqlol yillarida bosib o\u02bbtgan shonli yo\u02bblimizga nazar tashlab, ertangi kunimizga, o\u02bbz kuch va imkoniyatlarimizga bo\u02bblgan ishonchimiz yana-da ortmoqda. Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasiga muvofiq barcha soha va tarmoqlarda amalga oshirayotgan islohotlarimiz bu borada hal qiluvchi omil bo\u02bblmoqda.<\/p>\n<p>\u201cMilliy tiklanishdan \u2013 milliy yuksalish sari\u201d degan da\u02bcvatkor g\u02bboya hayotimizga tobora chuqur kirib bormoqda. Biz ayni shu asosda xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash, inson huquq va erkinliklari, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta\u02bcminlash, innovatsion taraqqiyot borasida muhim qadamlarni qo\u02bbymoqdamiz.<\/p>\n<p>Keng jamoatchilik, el-yurtimiz barcha ijobiy o\u02bbzgarishlarning tashabbuskori va bunyodkoriga aylanmoqda. Mamlakatimiz fuqarolari qayerda bo\u02bblmasin, davlat himoyasida ekanini, qonun va adolat kuchini his etib yashamoqda.<\/p>\n<p>Bugun bir haqiqatni qat\u02bciy ishonch bilan aytish mumkin: dunyoda turli xavf-xatarlar, manfaatlar to\u02bbqnashuvi kuchayib borayotgan hozirgi tahlikali vaziyatda O\u02bbzbekistonda shakllangan yangi tizim o\u02bbzini to\u02bbla oqlamoqda.<\/p>\n<p>Aziz yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Sizlarga ma\u02bclumki, shu yil boshida 2020-yil uchun ulkan reja va maqsadlarni belgilab olgan edik. Biroq jahon miqyosida yuzaga kelgan koronavirus pandemiyasi va iqtisodiy inqiroz, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ro\u02bby bergan tabiiy va texnogen ofatlar barchamizning irodamizni jiddiy sinovdan o\u02bbtkazdi. Tosh kelsa kemirib, suv kelsa simirib toblangan xalqimiz bu og\u02bbir kunlardan ham o\u02bbzining sabr-matonati, mehr-oqibati va mehnatkashligi bilan yana-da kuchli bo\u02bblib o\u02bbtmoqda.<\/p>\n<p>Hozirgi murakkab vaziyatda biz uchun g\u02bboyat muhim ikkita vazifani samarali hal etish \u2013 eng dolzarb zaruratga aylanmoqda. Ya\u02bcni, biz aholimizning sog\u02bblig\u02bbi va hayotini asrash, shu bilan birga, iqtisodiyotimizni tiklash, odamlarga ishlab daromad topishi uchun sharoit yaratib berish muammosini bir paytning o\u02bbzida hal etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Pandemiya davrida xalqimiz tom ma\u02bcnoda qudratli kuchga aylandi. Buni \u201cSaxovat va ko\u02bbmak\u201d umumxalq harakati yana bir bor yaqqol namoyon etdi. Bu ezgu tashabbus ishbilarmon va tadbirkorlarni, fidoyi yoshlarimizni, barcha-barcha vatandoshlarimizni olijanob maqsad yo\u02bblida birlashtirdi.<\/p>\n<p>Hazrat Alisher Navoiyning:<\/p>\n<p>Davron elining jismida jon bo\u02bblg\u02bbil,<\/p>\n<p>Ham jonlariga moyai darmon bo\u02bblg\u02bbil, \u2013<\/p>\n<p>degan so\u02bbzlari bugun yana-da teran ma\u02bcno bilan yangramoqda.<\/p>\n<p>Chindan ham, hozirgi davr har birimizni saxovat va himmat ko\u02bbrsatib, xayrli ishlarimiz bilan el-yurt dardiga darmon bo\u02bblishga undamoqda.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda koronavirus mamlakatimiz tibbiyot tizimi uchun ham jiddiy sinov, ham ulkan tajriba maktabi bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Bu baloga qarshi kurashish bo\u02bbyicha so\u02bbnggi olti oy davomida misli ko\u02bbrilmagan ishlarni amalga oshirdik. Jumladan, ko\u02bbplab yangi shifoxonalar va karantin zonalari ishga tushirildi. Katta miqdorda qo\u02bbshimcha tibbiyot uskunalari va tez yordam mashinalari xarid qilindi. Eng ilg\u02bbor xorijiy amaliyot va o\u02bbzimizda to\u02bbplangan tajriba asosida davolash usullari takomillashtirib borilmoqda. Koronavirusga qarshi kurashda tunu kun metin iroda bilan faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlarining fidokorona mehnatini munosib qadrlash doimiy e\u02bctiborimizda turibdi. Bunday chora-tadbirlarimiz natijasida minglab bemorlar shifo topib, oilasi bag\u02bbriga qaytmoqda.<\/p>\n<p>Chet davlatlarga mehnat qilish va o\u02bbqishga ketib, pandemiya tufayli qiynalib qolgan yurtdoshlarimizni o\u02bbz uylariga qaytarish, tegishli yordam ko\u02bbrsatish bo\u02bbyicha amalga oshirgan katta ishlarimiz davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Hech kim hech qachon unutmasligi kerak: qanchalik qiyin bo\u02bblmasin, qancha mablag\u02bb va imkoniyat talab etilmasin, O\u02bbzbekistonning bironta fuqarosi o\u02bbz holiga tashlab qo\u02bbyilmaydi.<\/p>\n<p>Barchangizga yaxshi ma\u02bclum, dunyoda ikki soha vakillari o\u02bbz kasbiga sadoqat borasida qasamyod qabul qiladi: bular \u2013 Vatan himoyachilari bo\u02bblgan harbiylar va inson salomatligiga mas\u02bcul shifokorlar. Buning bejiz emasligini bugun hayotning o\u02bbzi tasdiqlamoqda. Muqaddas qasamyodiga sodiq bo\u02bblgan shifokorlarimiz hozirgi murakkab vaziyatda, kerak bo\u02bblsa, aziz jonlarini fido qilib, qahramonlarcha mehnat qilmoqdalar.<\/p>\n<p>Xalqimiz, davlatimiz sizlarning matonat va jasoratingizni hech qachon unutmaydi.<\/p>\n<p>Biz nechog\u02bblik harakat qilmaylik, afsuski, bu xavfli kasallik bir qancha vatandoshlarimizning umriga zomin bo\u02bbldi. Bu og\u02bbir yo\u02bbqotishlar yuraklarimizni larzaga soldi. Negaki, bu insonlarning har biri bizning jigarlarimiz edi.<\/p>\n<p>Shu o\u02bbrinda yaqinlaridan judo bo\u02bblgan yurtdoshlarimizga chuqur hamdardlik bildirib, ularga Yaratgandan sabr-toqat va bardosh tilayman.<\/p>\n<p>Qadrli vatandoshlar!<\/p>\n<p>Xalqimizda \u201cOqqan daryo \u2013 oqaveradi\u201d degan hikmatli gap bor. Buni bugungi murakkab vaziyatda amalga oshirayotgan ulkan ishlarimiz isbotlab turibdi.<\/p>\n<p>Jahon banki, Xalqaro valyuta jamg\u02bbarmasi kabi nufuzli moliya tashkilotlari dunyodagi sanoqli mamlakatlar qatorida O\u02bbzbekistonda iqtisodiyotning pasayishiga yo\u02bbl qo\u02bbyilmaganini ta\u02bckidlamoqda va keyingi yillarda sezilarli o\u02bbsish kutilayotganini prognoz qilmoqda. Bu albatta o\u02bbz vaqtida ko\u02bbrgan tezkor choralarimizning samarasidir.<\/p>\n<p>Karantin cheklovlariga qaramasdan, sanoat va qishloq xo\u02bbjaligini rivojlantirish, zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish bo\u02bbyicha boshlagan keng ko\u02bblamli ishlarimizni izchil davom ettirmoqdamiz.<\/p>\n<p>Aholimizning asosiy qismi o\u02bbzining daromad manbalari va turmush darajasini saqlab qolishiga erishdik. Karantin talablari joriy etilishi natijasida 72 ming 500 ta sanoat korxonasidan 16 ming 700 tasi o\u02bbz faoliyatini vaqtincha to\u02bbxtatgan edi. Bu borada qilgan tizimli ishlarimiz hisobidan 16 ming 600 ta korxonada ishlab chiqarish jarayoni tiklandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimiz korxonalari mahsulotlarini jahon bozorlariga olib chiqish bo\u02bbyicha belgilangan rejalar ham bajarilmoqda. Yil boshidan buyon 9 milliard dollarlik mahsulotni eksport qilishga erishganimiz ham buni tasdiqlab turibdi.<\/p>\n<p>Shu o\u02bbrinda bir raqamga e\u02bctiboringizni qaratmoqchiman. Bu yil respublikamizda birgina sanoat sohasida umumiy qiymati 11 milliard dollar bo\u02bblgan loyihalar ishga tushiriladi.<\/p>\n<p>Ana shunday yirik loyihalar qatorida yangi Toshkent metallurgiya zavodini alohida qayd etish zarur. Germaniya va Italiyaning zamonaviy texnologiyalari o\u02bbrnatilgan ushbu korxona ekologik jihatdan eng toza va xavfsiz bo\u02bblib, yiliga 500 ming tonna metall prokati ishlab chiqaradi.<\/p>\n<p>\u201cNavoiyazot\u201d korxonasida yiliga 500 ming tonna azot kislotasi va 100 ming tonna polivinilxlorid ishlab chiqaradigan zavodlar foydalanishga topshirildi. Yil oxiriga qadar bu yerda yiliga 660 ming tonna ammiak va 577 ming tonna karbamid ishlab chiqaradigan zavodlar ham faoliyat boshlaydi. Yangitdan barpo etilayotgan \u201cO\u02bbzbekiston JTL\u201d zavodida \u201cSho\u02bbrtangazkimyo\u201d kompleksining metan gazi asosida yiliga 1,5 million tonna sintetik yoqilg\u02bbi olish yo\u02bblga qo\u02bbyilmoqda.<\/p>\n<p>Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida rangli va qimmatbaho metallar tayyorlashni uch barobar ko\u02bbpaytirishga doir, shuningdek, neft, kimyo, elektrotexnika, qurilish materiallari sanoati, farmatsevtika, to\u02bbqimachilik, charm-poyabzal va boshqa tarmoqlar bo\u02bbyicha ham yirik loyihalar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Iqtisodiy sohadagi ana shunday keng ko\u02bblamli islohotlar tufayli xalqaro valyuta zaxiralarimizning hajmi qariyb 5,5 milliard dollarga oshib, jami 34 milliard AQSH dollarini tashkil etmoqda. Bu, hech shubhasiz, katta yutug\u02bbimizdir.<\/p>\n<p>Iqtisodiyotimizda barqaror o\u02bbsish sur\u02bcatlarini ta\u02bcminlashda qishloq xo\u02bbjaligi alohida rol o\u02bbynamoqda. Sohani modernizatsiya qilish maqsadida xalqaro moliya tashkilotlarining mablag\u02bblari hisobidan qiymati 1 milliard 200 million dollarlik loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan, har bir hududda zamonaviy agroxizmat markazlarini tashkil etish uchun Jahon bankining 500 million dollarlik mablag\u02bbi jalb etildi.<\/p>\n<p>Biz keyingi yillarda qishloq xo\u02bbjaligini rivojlantirishga birinchi marta shunday ulkan moliyaviy resurslarni yo\u02bbnaltirmoqdamiz.<\/p>\n<p>Mirishkor dehqon va fermerlarimiz bu yilgi murakkab sharoitda fidokorona mehnat qilib, g\u02bballadan olti yarim million tonnaga yaqin hosil yetishtirdilar. Chorvachilik, parrandachilik, bog\u02bbdorchilik, sabzavot va poliz ekinlari yetishtirish bo\u02bbyicha ham salmoqli natijalarga erishilmoqda.<\/p>\n<p>Imkoniyatdan foydalanib, rizq-ro\u02bbzimiz bunyodkori bo\u02bblgan dehqon va fermerlarimizga, yerning haqiqiy egasiga aylanayotgan klaster xo\u02bbjaliklari xodimlariga, barcha dala mehnatkashlariga samimiy minnatdorchilik bildirishga ruxsat bergaysiz.<\/p>\n<p>Hurmatli do\u02bbstlar!<\/p>\n<p>Xususiy tadbirkorlik va kichik biznes sohasini rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Pandemiya davrida tadbirkorlarni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda ular o\u02bbz faoliyatini davom ettirishi uchun biznes subyektlariga turli imtiyoz va yengilliklar berilgani sizlarga yaxshi ma\u02bclum.<\/p>\n<p>Bu yil \u201cHar bir oila \u2013 tadbirkor\u201d dasturini amalga oshirish uchun 4 trillion so\u02bbmdan ziyod mablag\u02bb yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>Ishonchim komil, ana shunday tizimli ishlarimiz orqali yil yakuniga qadar ishlab chiqarish quvvatlarining uzluksiz faoliyatini va iqtisodiyotimiz barqarorligini albatta ta\u02bcminlaymiz.<\/p>\n<p>Ulkan qurilish maydoniga aylangan mamlakatimizda ko\u02bbplab yangi-yangi korxona va turar-joylar, yo\u02bbl va ko\u02bbpriklar, infratuzilma obyektlari, ilm-fan, ta\u02bclim, sog\u02bbliqni saqlash, madaniyat va sport maskanlari barpo etilmoqda. Hozirgi vaqtda birgina ijtimoiy sohaning o\u02bbzida 2 ming 400 ga yaqin obyektda qurilish ishlari jadal olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Poytaxtimizdagi kuni kecha foydalanishga topshirilgan yangi yer osti va yer usti metro liniyalari, G\u02bbalaba bog\u02bbi, Adiblar xiyoboni singari muhtasham majmualar, barcha hududlarimizda qad ko\u02bbtarayotgan zamonaviy bino va inshootlar xalqimizning ulkan bunyodkorlik salohiyatidan yorqin dalolatdir.<\/p>\n<p>Qadrli bayram ishtirokchilari!<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, milliy mustaqilligimizning bosh maqsadi yurtimizdagi har bir insonning izzat-hurmati va qadr-qimmatini joyiga qo\u02bbyishdan iboratdir.<\/p>\n<p>Biz ana shu ezgu ishni davom ettirib, ijtimoiy adolat tamoyili asosida aholining yordamga muhtoj qatlamlarini qo\u02bbllab-quvvatlash, kambag\u02bballikni kamaytirishni davlat siyosati darajasiga ko\u02bbtardik. Jumladan, ijtimoiy nafaqa bilan ta\u02bcminlanadigan aholi soni qariyb 1,5 barobar oshirildi. Yil yakuniga qadar ularning soni hozirgi 774 mingdan 1 million 200 ming nafarga yetkaziladi. Ushbu toifani qo\u02bbllab-quvvatlash va iqtisodiyotimizni tiklash uchun davlat byudjetidan o\u02bbn ikki yarim trillion so\u02bbm mablag\u02bb ajratildi.<\/p>\n<p>Keyingi paytda uyma-uy yurib o\u02bbrganish orqali aholini ijtimoiy himoya qilish, ehtiyojmand oilalarni aniqlashning o\u02bbziga xos yangi tizimi shakllantirildi. Shu asosda, umumiy hisobda, moddiy yordam ko\u02bbrsatish uchun 417 milliard so\u02bbm mablag\u02bb ajratildi. Shuningdek, sentyabr oyida moddiy yordam va ko\u02bbmakka muhtoj, boquvchisini yo\u02bbqotgan oilalarning farzandlarini va nogironligi bo\u02bblgan bolalarni qishki kiyim-bosh to\u02bbplamlari, maktab formasi va o\u02bbquv qurollari bilan ta\u02bcminlash maqsadida 426 milliard so\u02bbmga yaqin moddiy yordam ko\u02bbrsatiladi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston tarixida ijtimoiy soha bo\u02bbyicha bunday keng ko\u02bblamli ishlar ilgari hech qachon bo\u02bblmagan.<\/p>\n<p>Bugungi qutlug\u02bb ayyomda Vatanimiz kelajagi bo\u02bblgan yoshlarimizning kamoli yo\u02bblida qilayotgan ishlarimizni esga olishimiz tabiiydir.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi to\u02bbrt yilda mamlakatimizda 43 ta yangi oliy ta\u02bclim muassasasi tashkil etilib, ularning soni 121 taga yetdi. Bu yil oliy o\u02bbquv yurtlariga kirish uchun bir yarim millionga yaqin yoshlarimiz hujjat topshirdi. Bu raqam o\u02bbtgan yilga nisbatan 40 foiz ko\u02bbp demakdir.<\/p>\n<p>Ushbu ko\u02bbrsatkichlar, avvalo, farzandlarimiz va ularning ota-onalari qalbidagi ertangi kunimizga, kelajakka bo\u02bblgan katta orzu-umid va ishonchdan darak beradi.<\/p>\n<p>Ana shu o\u02bbg\u02bbil-qizlarimiz yaqinda kirish imtihonlarini topshiradi. Kelinglar, bo\u02bblg\u02bbusi sinovlarda hamma farzandlarimizga omad va zafarlar tilaylik!<\/p>\n<p>Yosh avlod tarbiyasida hal qiluvchi o\u02bbrin tutadigan bog\u02bbchalar va maktablar tizimida ham ulkan o\u02bbzgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezident maktablari, ixtisoslashgan va ijod maktablari barpo etish, \u201cZamonaviy maktab\u201d dasturini joriy etish borasidagi ishlarimiz ham uzluksiz davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Yurtimizda Yoshlar ishlari agentligi, Yoshlar masalalari bo\u02bbyicha idoralararo kengash tashkil etildi. Oliy Majlis palatalari huzurida Yoshlar parlamentlari, Innovatsion rivojlanish vazirligi qoshida Yoshlar akademiyasi tuzildi. Hududlarda \u201cLoyihalar fabrikasi\u201d ish boshladi.<\/p>\n<p>\u201cYoshlar \u2013 kelajagimiz\u201d davlat dasturi doirasida iqtidorli va tashabbuskor o\u02bbg\u02bbil-qizlarimizning 8 mingdan ziyod biznes loyihalariga qariyb 1,7 trillion so\u02bbm miqdorida imtiyozli kreditlar ajratildi.<\/p>\n<p>Farzandlarimizning iste\u02bcdod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to\u02bbliq ro\u02bbyobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, hayotda munosib o\u02bbrin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish bundan buyon ham bosh maqsadimiz bo\u02bblib qoladi.<\/p>\n<p>Oila, onalik va bolalikni himoya qilish, xotin-qizlarning huquq va manfaatlari, ayollarning mehnat va turmush sharoitini yaxshilash, gender tenglikni ta\u02bcminlash borasidagi ishlarimiz ham izchil davom ettirilmoqda.<\/p>\n<p>Xabaringiz bor, kam ta\u02bcminlangan oilalarda kamol topayotgan qizlarimizning bilim olish imkoniyatini kengaytirish uchun bu yil yangi tizim joriy etdik. Unga muvofiq, ushbu o\u02bbquv yilida oliy ta\u02bclim dargohlarining kunduzgi bo\u02bblimlariga bunday qizlarimiz uchun davlat granti asosida 940 ta qo\u02bbshimcha o\u02bbrin ajratildi.<\/p>\n<p>Aziz vatandoshlar!<\/p>\n<p>Hozirgi paytda dunyo miqyosida raqobat qanday keskin tus olib borayotganini hammamiz ko\u02bbrib turibmiz. Bu shiddatli raqobatga faqat zamonaviy ilm-fan va innovatsiya yutuqlarini keng joriy etish orqali munosib javob bera olamiz. Shuning uchun ham ushbu strategik vazifa bizning faoliyatimizda ustuvor yo\u02bbnalishga aylanmoqda.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi yillarda O\u02bbzbekiston olimlari fundamental fan va uning natijalarini amaliyotga tatbiq etish borasida bir qator yutuqlarni qo\u02bblga kiritmoqdalar. Xususan, matematika, fizika, kimyo, biologiya, astronomiya, farmatsevtika, geologiya, seysmologiya va boshqa sohalarda jiddiy amaliy natijalarga erishilmoqda. Matematika, kimyo, biologiya fanlarini rivojlantirish va ularni o\u02bbqitish borasidagi ishlarimiz yangi bosqichga ko\u02bbtarilmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbylaymanki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi xalqaro mukofotni ta\u02bcsis etganimiz matematika sohasida yosh iqtidor egalarini rag\u02bbbatlantirishda yana bir muhim omil bo\u02bbladi.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, har qanday mustaqil davlat mustahkam ma\u02bcnaviy poydevorga ega bo\u02bblgandagina yuksak taraqqiyotga erisha oladi.<\/p>\n<p>Shu maqsadda biz \u201cUzluksiz ma\u02bcnaviy tarbiya konsepsiyasi\u201d doirasida umumta\u02bclim maktablarida birinchi marta \u201cTarbiya\u201d fanini joriy etmoqdamiz.<\/p>\n<p>Milliy davlatchiligimiz va o\u02bbzligimiz timsoli bo\u02bblgan ona tilimizni rivojlantirish bu borada eng muhim yo\u02bbnalish bo\u02bblib qoladi. Xudo xohlasa, bu yil 21-oktyabr \u2013 O\u02bbzbek tili bayrami kunini butun mamlakatimiz miqyosida keng nishonlaymiz.<\/p>\n<p>Keyingi paytda qabul qilingan farmon va qarorlar asosida madaniyatimiz va san\u02bcatimiz rivoji yangi bosqichga ko\u02bbtarilmoqda.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda diniy-ma\u02bcrifiy sohalar rivojiga ham alohida e\u02bctibor qaratilmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi jadal davom ettirilmoqda. Ushbu betakror majmua xalqimizning asrlar davomida jahon sivilizatsiyasiga qo\u02bbshgan ulkan hissasini namoyon etadi. Yaqinda Imom Moturidiy ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish borasida boshlagan sa\u02bcy-harakatlarimiz ham mana shu xayrli ishlarning uzviy davomidir.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha ham katta ishlar amalga oshirilmoqda.<\/p>\n<p>Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari kengashi sessiyasida Sud-huquq tizimida O\u02bbzbekiston erishayotgan amaliy natijalarning e\u02bctirof etilgani bu boradagi faoliyatimizga berilgan xolis bahodir.<\/p>\n<p>Yurtimizda birinchi marta \u201cInson huquqlari bo\u02bbyicha O\u02bbzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi\u201d qabul qilindi.<\/p>\n<p>Shu yil avgust oyida yoshlar huquqlarini himoya qilishning dolzarb masalalariga bag\u02bbishlab Samarqand veb-forumi o\u02bbtkazildi. U nafaqat mamlakatimiz, balki jahon yoshlari hayotini yaxshilash uchun global hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n<p>Yurtimizda sud-huquq tizimini takomillashtirish, jinoyatga oid qonunchilikni liberallashtirish, to\u02bbg\u02bbri yo\u02bbldan adashgan insonlarni sog\u02bblom hayotga qaytarish yuzasidan ham tarixiy qadamlar tashlandi.<\/p>\n<p>So\u02bbnggi paytda jazoni o\u02bbtayotgan shaxslarga nisbatan afv instituti keng qo\u02bbllanayotgani xalqimizga xos bag\u02bbrikenglik va insonparvarlikning amaliy ifodasidir. Ana shu ishlarimizning mantiqiy davomi sifatida Mustaqillik bayrami arafasida yana bir Farmonga imzo chekdim. Unga ko\u02bbra, qilmishiga chin dildan pushaymon bo\u02bblib, qat\u02bciy tuzalish yo\u02bbliga o\u02bbtgan 73 nafar shaxs jazoni o\u02bbtash muassasalaridan ozod qilinib, o\u02bbz oilasi bag\u02bbriga qaytarildi. Shuningdek, 40 nafar fuqaroning jazo muddatlari qisqartirildi.<\/p>\n<p>Inson huquqlarining eng muhim sharti bo\u02bblgan shaxsning fuqaroligini tiklash bo\u02bbyicha ham salmoqli qadamlar qo\u02bbyildi. Ko\u02bbp yillar davomida yurtimizda yashab kelayotgan bo\u02bblsa-da, fuqarolik ololmay yurgan, bu yuksak maqomni uzoq vaqt intiqib kutgan 50 mingdan ziyod kishiga O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi.<\/p>\n<p>Taraqqiyot kushandasi bo\u02bblmish illat \u2013 korrupsiyaga qarshi mamlakatimizda keng ko\u02bblamda kurash olib borilmoqda. Shu borada yangi tuzilma \u2013 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligini tashkil etganimiz bu masalaning dolzarbligi va doimiy e\u02bctiborimizda bo\u02bblishidan dalolat beradi.<\/p>\n<p>Jamiyatimiz hayotining barcha jabhalarini erkinlashtirish, so\u02bbz va matbuot erkinligi, ochiqlik va oshkoralik tamoyillarini chuqur qaror topdirish, davlat hokimiyati idoralari faoliyati ustidan samarali jamoatchilik nazoratini o\u02bbrnatish bo\u02bbyicha boshlagan ishlarimiz ortga qaytmas tus olganini yana bir bor ta\u02bckidlamoqchiman.<\/p>\n<p>Barchangiz xabardorsiz, hozirgi murakkab sharoitga qaramasdan, biz zimmamizga olgan barcha xalqaro majburiyatlar va kelishuvlarni to\u02bbliq bajarib kelmoqdamiz. Xorijiy sheriklarimiz bilan o\u02bbzaro manfaatli hamkorlikni faol rivojlantirmoqdamiz.<\/p>\n<p>Fursatdan foydalanib, koronavirusga qarshi kurashda bizga amaliy ko\u02bbmak bergan Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Jahon sog\u02bbliqni saqlash tashkilotiga, shuningdek, Xitoy, Rossiya, AQSH, Turkiya, Janubiy Koreya, Birlashgan Arab Amirliklari, Germaniya, Yaponiya va boshqa hamkor davlatlarga xalqimiz nomidan samimiy tashakkur izhor etaman.<\/p>\n<p>Xalqaro valyuta jamg\u02bbarmasi, Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Islom taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiyalar banki va boshqa tashkilotlarga qo\u02bbshma dastur va loyihalarni qo\u02bbllab-quvvatlash hamda pandemiya oqibatlarini yumshatish borasida ko\u02bbrsatgan yordamlari uchun minnatdorlik bildiraman.<\/p>\n<p>Ayni vaqtda bizni Mustaqillik bayrami bilan qutlayotgan barcha uzoq-yaqin davlatlarning xalqlariga, chet ellik do\u02bbstlarimiz va hamkorlarimizga tinchlik-omonlik, farovonlik va ravnaq tilayman.<\/p>\n<p>Muhtaram yurtdoshlar!<\/p>\n<p>Bugungi og\u02bbir vaziyat har birimizdan o\u02bbz faoliyatimiz va mas\u02bculiyatimizni yana-da kuchaytirishni talab etmoqda.<\/p>\n<p>Xalqimizda \u201cKo\u02bbz \u2013 qo\u02bbrqoq, qo\u02bbl \u2013 botir\u201d, degan chuqur ma\u02bcnoli ibora bor. Bugungi sharoitda bizning ko\u02bbzimiz ham, qo\u02bblimiz ham, yuragimiz ham botir bo\u02bblishi kerak. Belimizni mahkam bog\u02bblab, pok niyat bilan mehnat qilsak, shubhasiz, ko\u02bbzlagan marralarimizga erishamiz.<\/p>\n<p>Muqaddas kitoblarda aytilganidek, har qanday qiyinchilik ortidan albatta bir yengillik keladi. Barchamiz bunga ishonamiz va qodir Ollohdan shuni so\u02bbraymiz.<\/p>\n<p>Hali ko\u02bbp Navro\u02bbz va Hayit ayyomlarini, tarixiy sanalar va umumxalq bayramlarini hammamiz birgalikda shodu xurramlik bilan o\u02bbtkazamiz, inshoolloh.<\/p>\n<p>Mana, kelgusi yili davlatimiz mustaqilligiga o\u02bbttiz yil to\u02bbladi. Mamlakatimiz tarixidagi ushbu unutilmas shonli sanani har tomonlama munosib nishonlashni niyat qilganmiz. Ilohim, shu kunlarga sog\u02bb-omon, yorug\u02bb yuz bilan yetish hammamizga nasib etsin.<\/p>\n<p>Ma\u02bclumki, bugungi bayram arafasida turli soha va tarmoqlarda fidokorona mehnat qilayotgan yurtdoshlarimizning katta bir guruhi davlatimizning faxriy unvon, orden va medallari bilan taqdirlandi. Ularning barchasini qizg\u02bbin tabriklab, ijtimoiy faoliyatlari va shaxsiy hayotlarida yangi-yangi muvaffaqiyatlar tilayman.<\/p>\n<p>Bugungi imkoniyatdan foydalanib, o\u02bbz insoniy burchi va fuqarolik mas\u02bculiyatini chuqur anglab, istiqlolimizni mustahkamlash uchun fidokorona mehnat qilayotgan ishchi va xizmatchilarga, quruvchi va tadbirkorlarga, fermer va dehqonlarga, navqiron yoshlarimizga yana bir bor samimiy rahmat aytaman.<\/p>\n<p>El-yurt manfaati yo\u02bblida o\u02bbzini ayamasdan xizmat qilayotgan hurmatli deputatlar va senatorlarimizga, hokimiyat idoralari xodimlari va mahalla faollariga, harbiy libos kiygan o\u02bbg\u02bblonlarimizga, ilmiy va ijodkor ziyolilarga, muhtaram nuroniylarimizga, keng jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari vakillariga chin qalbimdan tashakkur izhor etaman.<\/p>\n<p>Men turli sinov va kurashlarda toblangan, iymon-irodasi mustahkam xalqimizning aql-zakovati va azmu shijoatiga ishonaman.<\/p>\n<p>Mana shunday buyuk insoniy fazilatlar sohibi bo\u02bblgan, ayniqsa, bugungi sinovli kunlarda o\u02bbzining matonati va hamjihatligi bilan chinakam jasorat ko\u02bbrsatayotgan qahramon xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan bosh egib ta\u02bczim qilaman.<\/p>\n<p>Aziz va muhtaram vatandoshlarim!<\/p>\n<p>Sizlarni O\u02bbzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to\u02bbqqiz yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.<\/p>\n<p>Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor bo\u02bblsin!<\/p>\n<p>Farzandlar, nabiralar kamolini ko\u02bbrib yurish hammamizga nasib etsin!<\/p>\n<p>Go\u02bbzal va betakror yurtimiz hamisha tinch va farovon bo\u02bblsin!<\/p>\n<p>Mehnatkash va olijanob, bag\u02bbrikeng xalqimiz doimo sog\u02bb-omon bo\u02bblsin!<\/p>\n<p>Yaratganning o\u02bbzi barchamizni panohida asrasin!<\/p>\n<p>Mustaqilligimiz abadiy bo\u02bblsin!<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Assalomu alaykum, qadrli va muhtaram vatandoshlar! Avvalo, siz azizlarni, ko\u02bbpmillatli butun xalqimizni O\u02bbzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining yigirma to\u02bbqqiz yillik bayrami bilan chin qalbimdan tabriklayman. Ayni paytda ushbu tantanali marosimni joylardagi studiyalarda, shuningdek, uylarida \u201coynai jahon\u201d orqali tomosha qilayotgan, mening tabrik so\u02bbzlarimni eshitib turgan mo\u02bbtabar otaxon va onaxonlarimizga, munis opa-singillarimizga, aziz yoshlarimizga, barcha-barcha yurtdoshlarimga o\u02bbzimning yuksak&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8233,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-8238","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8238","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8238"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8238\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8239,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8238\/revisions\/8239"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8233"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8238"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8238"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8238"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}