{"id":8764,"date":"2020-10-07T21:53:46","date_gmt":"2020-10-07T16:53:46","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=8764"},"modified":"2020-10-07T21:53:46","modified_gmt":"2020-10-07T16:53:46","slug":"7-oktyabr-xalqaro-paxta-kuni","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/7-oktyabr-xalqaro-paxta-kuni\/","title":{"rendered":"7-oktyabr \u2013 Xalqaro paxta kuni"},"content":{"rendered":"<p>Har yili 7-oktyabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida keng nishonlash an\u02bcanaga aylanib bormoqda. Shu kunda o\u02bbtkaziladigan tadbirlar paxtachilikni, paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sohada o\u02bbtkaziladigan tadqiqotlar va ishlanmalarni qo\u02bbllab-quvvatlash, sohada xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni belgilashga qaratilgan.<\/p>\n<p>2019-yilning 7-oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo\u02bbjaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan hamkorlikda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining savdo va taraqqiyot bo\u02bbyicha konferensiyasi (UNCTAD), xalqaro savdo markazi (ITC) va xalqaro paxta bo\u02bbyicha maslahat qo\u02bbmitasi (ICAC) birinchi marta jahon paxta kunini e\u02bclon qildi.<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi joriy yilning 7-oktyabr kuni Xalqaro paxta kuniga bag\u02bbishlangan tadbirlarni o\u02bbtkazdi. Vazirlik binosi hamda uning atrofida tashkil etilgan yarmarka va ko\u02bbrgazmalarda paxtadan olinadigan mahsulotlar namoyish qilindi, ilmiy-amaliy seminarlarda olimlar va mutaxassislar o\u02bbz ma\u02bcruzalari bilan ishtirok etdilar, shuningdek, innovatsion va amaliy loyihalarning taqdimotlari o\u02bbtkazildi.<\/p>\n<p>Tadbirni Innovatsion rivojlanish vaziri o\u02bbrinbosari Azimjon Nazarov ochib berdi. \u201cBir tonna paxta bir yilda o\u02bbrtacha 5 kishini ish o\u02bbrni bilan ta\u02bcminlaydi, \u2013 dedi A. Nazarov. \u2013 Quruq iqlim sharoitlarida ham yetishadigan paxta dunyo ahlini kiyim-kechakka bo\u02bblgan ehtiyojini 27 foizini qoplaydi. Undan yog\u02bb olinadi, chigitidan chorvachilik mollarini oziqlantirishdan foydalaniladi. Hozirda esa paxtadan innovatsion mahsulotlar yaratishda keng foydalanilmoqdaki, demak uning istiqboli porloq.\u201d<\/p>\n<p>Darhaqiqat, paxtachilik \u2013 O\u02bbzbekiston xalq xo\u02bbjaligining muhim sohasi. Paxta xomashyosi, g\u02bbo\u02bbzaning barglari, poyalari, chanoqlari va chigitidan 100 dan ortiq mahsulotlar tayyorlanadi, ya\u02bcni ushbu ekindan chiqitsiz to\u02bbliq foydalaniladi. Jumladan, paxta insonni kiyintiradi, oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun qimmatli xomashyolar olinadi, chorva ozuqasi tayyorlanadi, aholi ish joylari, valyuta tushumini ta\u02bcminlaydi hamda sanoatning boshqa ko\u02bbplab sohalari to\u02bbqimachilik, oziq-ovqat, kimyo, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, moy-bo\u02bbyoq, qog\u02bboz ishlab chiqarish, tibbiyot, qurilish, mebel sanoati va boshqa sohalar rivoji ham paxtachilik bilan bevosita bog\u02bbliqdir. O\u02bbzbekistonda paxtachilik tarixi uzoq o\u02bbtmishga ega bo\u02bblib, bu hududida istiqomat qilgan xalqlarning qadim zamonlardan beri paxtachilik bilan shug\u02bbullanganligi tarixiy ma\u02bclumotlarda qayd etilgan.<\/p>\n<p>Uning tarixi eramizdan oldingi IV asrga borib taqaladi. Respublikamiz hududida paxtachilikning keng miqyosda sanoat asosida rivojlanishi XIX asrning 60-70 yillaridan boshlangan. Hozirgi kunda O\u02bbzbekiston g\u02bbo\u02bbza ekin maydoni bo\u02bbyicha (1,0-1,1 mln. gektar) dunyo mamlakatlari orasida oltinchi o\u02bbrinni, paxta tolasini yetishtirish bo\u02bbyicha bo\u02bbyicha (0,8-0,9 mln. tonna) beshinchi-oltinchi o\u02bbrinni egallab kelmoqda.<\/p>\n<p>O\u02bbzbek paxtasining shuhrati jahonda tobora yuksalib borayotgan ekan, buning zamirida mamlakatimizda paxtachilik tarmog\u02bbini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, olimlar, soha mutasaddilari va fermer dehqonlarimiz mehnatining samaralari mujassamdir.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>Har yili 7-oktyabr kunini Xalqaro paxta kuni sifatida keng nishonlash an\u02bcanaga aylanib bormoqda. Shu kunda o\u02bbtkaziladigan tadbirlar paxtachilikni, paxtani qayta ishlash sanoatini rivojlantirish, sohada o\u02bbtkaziladigan tadqiqotlar va ishlanmalarni qo\u02bbllab-quvvatlash, sohada xalqaro hamkorlikni takomillashtirish va boshqa amaliy choralarni belgilashga qaratilgan. 2019-yilning 7-oktyabrida Jahon savdo tashkiloti, Birlashgan Millatlar Tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo\u02bbjaligi tashkiloti (FAO) kotibiyatlari bilan&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8761,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[10],"tags":[],"class_list":["post-8764","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-yangiliklar","category-10","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8764","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8764"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8764\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8765,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8764\/revisions\/8765"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8761"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8764"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8764"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8764"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}