{"id":8912,"date":"2020-10-13T10:59:19","date_gmt":"2020-10-13T05:59:19","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=8912"},"modified":"2020-10-13T10:59:19","modified_gmt":"2020-10-13T05:59:19","slug":"intellektual-mulk-ob-ektlarini-muhofaza-qilish-masalalari-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/intellektual-mulk-ob-ektlarini-muhofaza-qilish-masalalari-muhokama-qilindi\/","title":{"rendered":"Intellektual mulk ob\u2019ektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni intellektual mulk ob\u2019ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi.<\/p>\n<p>Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta\u2019minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizni tashkil etadi.<\/p>\n<p>Afsuski, mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e\u2019tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo\u2018q.<\/p>\n<p>Bo\u2018lgan taqdirda ham aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari bo\u2018yicha murojaatlar ilmiy ishni tezroq ro\u2018yxatdan o\u2018tkazib olish maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda sohaga oid qonunchilikni takomillashtirib, intellektual mulk himoyasini kuchaytirish, har bir idora va tarmoqqa ilmiy yutuqlarni olib kirish masalalari muhokama qilindi.<\/p>\n<p>Adliya vazirligi va Intellektual mulk agentligiga barcha idoralar va hududlar, oliy o\u2018quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan keng muhokama qilib, sohani rivojlantirishga qaratilgan uch yillik dastur ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi. Intellektual mulk yaratuvchilarini rag\u2018batlantirish, patent egalarini mukofotlash kabi imtiyozlar tizimini joriy qilish zarurligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Mamlakatimizda yiliga 4 ming 500 atrofida intellektual mulk ob\u2019ekti, jumladan, 2 mingdan ziyod tovar belgilari ro\u2018yxatdan o\u2018tadi. Misol uchun, Navoiy kon-metallurgiya kombinati so\u2018nggi o\u2018n yilda 35 ta ixtironi ro\u2018yxatdan o\u2018tkazib, ularning 16 tasidan 400 milliard so\u2018mdan ortiq iqtisodiy samara ko\u2018rgan. Bu ishlanmalarni boshqa davlatlarning oltin qazish korxonalariga sotish bo\u2018yicha muzokaralar olib borilmoqda.<\/p>\n<p>Lekin bunday ixtirolar xorijda ro\u2018yxatdan o\u2018tkazib kelinmoqda. Chunki yurtimizda qiymatni baholash tizimi amalda ishlamayapti. Buning oqibatida ko\u2018plab ishlanmalar tijoratlashtirilmay qolib ketmoqda.<\/p>\n<p>Shu bois Butunjahon intellektual mulk tashkiloti mutaxassislari bilan baholovchilar tayyorlash tizimini yo\u2018lga qo\u2018yish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Kelgusi yil birinchi chorakda sanoat mulki patentlari platformasini yaratib, unga sanoat tarmoqlaridagi intellektual mulk ob\u2019ektlarini joylashtirib borish, viloyatlardagi korxonalar va oliy o\u2018quv yurtlarining intellektual mulk ob\u2019ektlari bazasini yaratish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan yili 400 ga yaqin ixtiro, 110 ta foydali model, 170 ta sanoat namunasi, 36 ta seleksiya yutug\u2018i ro\u2018yxatga olingan bo\u2018lsada, atigi 43 ta ilmiy ishlanma tijoratlashtirilgan xolos. Shu bois bunday ilmiy yutuqlarning \u201celektron yarmarkasi\u201dni tashkil etish lozimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>&#8211; Patent egalarini tadbirkorlar bilan bog\u2018lash kerak, &#8211; dedi Prezident.<\/p>\n<p>Davlatimiz rahbari mahalliy tovar belgilarini xalqaro ro\u2018yxatdan o\u2018tkazish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratdi.<\/p>\n<p>Bugungi kunda mamlakatimiz sanoatining bor-yo\u2018g\u2018i 72 ta tovar belgisi xalqaro ro\u2018yxatdan o\u2018tkazilgan. Lekin bu juda kam. Aslida esa imkoniyatlar talaygina.<\/p>\n<p>Masalan, Chust pichog\u2018i, Samarqand noni, Marg\u2018ilon adrasi, Sherobod anori, Oltiariq va Parkent uzumi, Xorazm qovuni, Surxondaryo xurmosi kabi mashhur brendlarni hududiy mansubligi bo\u2018yicha ro\u2018yxatdan o\u2018tkazib, xalqaro bozorda faol targ\u2018ib qilish mumkin.<\/p>\n<p>Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga mahalliy brendlarning xalqaro ro\u2018yxatdan o\u2018tishini ko\u2018paytirish, ularning xalqaro bozorga chiqishini qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Yuridik universitet hamda joylardagi huquqshunoslik fakultetlarida tadbirkorlar uchun intellektual mulkni yaratish va himoya qilish bo\u2018yicha o\u2018quvlar tashkil etilishi belgilandi.<\/p>\n<p>Tadbirkorlar mahsulotlarini brendga aylantirish dasturi va elektron maydonchasini ishlab chiqib, hududlarda brendlar yarmarkasi o\u2018tkazish zarurligi qayd etildi.<\/p>\n<p>&#8211; Jahon bozoriga chiqayotgan mahsulotlarimizda O\u2018zbekiston ovozi jaranglashi kerak, brendi bo\u2018lsagina mahsulotlarimiz tashqi bozorlarda mustahkam o\u2018rin egallay oladi, &#8211; deya ta\u2019kidladi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Ayrim tadbirkorlar xalqaro brendlar bilan bir xil nomni ro\u2018yxatdan o\u2018tkazib olgani sababli xorijiy investitsiya kelishiga to\u2018siq bo\u2018layotgani ko\u2018rsatib o\u2018tilib, bunday holatlarni tartibga solish yuzasidan ko\u2018rsatma berildi.<\/p>\n<p>Yana bir muammo \u2013 yurtimizda san\u2019at va adabiyot asarlaridan muallifning roziligisiz foydalanish, undan daromad olish holatlari keng tarqalgan.<\/p>\n<p>Misol uchun, O\u2018zbekistonda ro\u2018yxatdan o\u2018tib, oylik to\u2018lov undiradigan onlayn kinoteatrlarda 30 mingdan ortiq kino, serial, qo\u2018shiq, multfilmlar joylashtirilgan bo\u2018lishiga qaramasdan, bundan mualliflar moddiy manfaat ko\u2018rmaydi.<\/p>\n<p>Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, Intellektual mulk agentligiga mamlakatimizda ro\u2018yxatga olingan ko\u2018ngilochar saytlar, radio va telekanallarni o\u2018rganib, mualliflar manfaatlarini ta\u2019minlash vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>&#8211; Intellektual mulk himoyasini mustahkamlay olsak, bu ham uchinchi Renessansga ishonchli poydevor bo\u2018ladi, &#8211; dedi Prezident.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddi rahbarlar axborot berdi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni intellektual mulk ob\u2019ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig\u2018ilish o\u2018tkazdi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo\u2018shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta\u2019minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":8907,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-8912","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8912","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=8912"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8912\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":8913,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/8912\/revisions\/8913"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/8907"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=8912"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=8912"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=8912"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}