{"id":9085,"date":"2020-10-23T14:01:04","date_gmt":"2020-10-23T09:01:04","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=9085"},"modified":"2020-10-23T14:01:04","modified_gmt":"2020-10-23T09:01:04","slug":"sanoat-tarmoqlaridagi-natijalar-va-qo-shimcha-imkoniyatlar-muhokama-qilindi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/sanoat-tarmoqlaridagi-natijalar-va-qo-shimcha-imkoniyatlar-muhokama-qilindi\/","title":{"rendered":"Sanoat tarmoqlaridagi natijalar va qo\u2018shimcha imkoniyatlar muhokama qilindi"},"content":{"rendered":"<div class=\"col-md-9\">\n<div id=\"print\" class=\"wrap_in\">\n<div class=\"all_news_list news_detail\">\n<div id=\"speechArea\" class=\"text-justify\">\n<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo\u2018lgan vazifalar muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi.<\/p>\n<p>Pandemiya oqibatlari sanoat ishlab chiqarish sur\u2019atlariga ham ta\u2019sir o\u2018tkazmay qolmadi. Shu bois davlatimiz tomonidan har bir tarmoqni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha tezkor choralar ko\u2018rildi. Karantin davrida ham ishlab chiqarish davom etdi. Bularning natijasida sanoatda yuzaga kelishi mumkin bo\u2018lgan jiddiy yo\u2018qotishlarning oldi olindi.<\/p>\n<p>E\u2019tiborlisi, iqtisodiyotda yuqori qo\u2018shilgan qiymatni ta\u2019minlovchi qayta ishlash sanoatida 9 oyda qariyb 3 foiz o\u2018sish qayd etildi. Xususan, elektr texnikasi ishlab chiqarish 25 foiz, to\u2018qimachilik mahsulotlari 12 foiz, metall rudalari qazish 7 foiz va qurilish materiallari 6 foizga o\u2018sdi.<\/p>\n<p>Shuningdek, avtomobillar 1,5 baravar, elektr texnikasi mahsulotlari 1,3 barobar, to\u2018qimachilik tovarlari 16 foiz, mis sim 15 foiz ko\u2018p eksport qilindi.<\/p>\n<p>Natijada yalpi ichki mahsulotning o\u2018sish sur\u2019ati 0,4 foiz ijobiy darajada saqlab qolindi va byudjet daromadi 1,9 trillion so\u2018m ortig\u2018i bilan bajarilishiga erishildi.<\/p>\n<p>Shu bilan bir qatorda, ayrim tarmoq va hududlarda ishlab chiqarishda qoloqlikka yo\u2018l qo\u2018yilgani oqibatida sanoat mahsulotlari bo\u2018yicha umumiy ko\u2018rsatkich 2,7 foizga kamaygan.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda bunga sabab bo\u2018lgan omillar tanqidiy tahlil qilinib, yil yakunigacha ishlab chiqarish hajmlarini ta\u2019minlash chora-tadbirlari ko\u2018rib chiqildi. Shu bilan birga, sanoat tarmoqlari va hududlarda yana qanday zaxiralar borligi, ularni ishga solish uchun nimalar qilish kerakligi batafsil muhokama qilindi. Pirovard maqsad \u2013 eksport, daromad, manfaat.<\/p>\n<p>\u2013 Sanoat korxonalari boshqaruv tizimida muammolar bor. Mahsulotlar tannarxini tushirish kerak. Bu raqobat muhitini yaratishning muhim asosidir, \u2013 deya ta\u2019kidladi Prezident.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/f8ef0950-20df-ce0e-166f-3c1d53588fdd.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>Avval neft-gaz tarmog\u2018idagi ishlar tahlil qilindi. Qoloqlikka yo\u2018l qo\u2018ygan korxonalar faoliyati tanqidiy baholanib, rahbarlarning lavozimlariga loyiqlik masalasi ko\u2018rib chiqildi.<\/p>\n<p>Yil yakuni bilan tabiiy gaz qazib olishni ko\u2018paytirish, ichki bozorga qo\u2018shimcha gaz yetkazib berish bo\u2018yicha topshiriqlar berildi. Shuningdek, 740 ming tonna neft va kondensat qazib olish, 203 ming tonna suyultirilgan gaz va 125 ming tonna polietilen ishlab chiqarish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zkimyosanoat\u201d korxonalarida hali rezervlar mavjudligi, ishlab chiqarish hajmini oshirib, eksportga yo\u2018naltirish zarurligi ta\u2019kidlandi. Qo\u2018qon superfosfat zavodining birinchi bosqichini modernizatsiya qilish, \u201cNavoiyazot\u201d aksiyadorlik jamiyatida ammiak va karbamid kompleksini ishga tushirish choralari belgilandi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zavtosanoat\u201d boshqaruviga o\u2018tgan qishloq xo\u2018jaligi mashinasozligi tarmog\u2018ida traktor va seyalkalar ishlab chiqarish 2 barobar kamaygani ko\u2018rsatib o\u2018tildi. IV chorakda avtomobillar ishlab chiqarishni 62 mingtaga yetkazib, 165 million dollarlik eksport qilish, butlovchi va ehtiyot qismlarni xorijiy bozorlarga sotishni yo\u2018lga qo\u2018yish zarurligi aytildi. Xalqaro ekspertlar bilan birga avtomobil sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Qurilish materiallari, elektr texnikasi va yengil sanoatda ham hali ishlatilmagan zaxiralar bor.<\/p>\n<p>Masalan, qurilish materiallari bo\u2018yicha yil yakunigacha 11 ta loyiha amalga oshiriladi. Bu orqali yangi mahsulotlar o\u2018zlashtirilib va mavjud korxonalar quvvati oshirilib, import o\u2018rnini qoplashga erishiladi.<\/p>\n<p>Elektr texnikasi sanoatida 12 xil mahsulotni mahalliylashtirish loyihasi rejalashtirilgan. Davlatimiz rahbari ushbu quvvatlarni tezroq ishga tushirib, raqobatni ta\u2019minlash, tovarlar narxini arzonlashtirib, eksportni kengaytirish muhimligini aytdi.<\/p>\n<p>\u201cO\u2018zto\u2018qimachiliksanoat\u201d uyushmasiga mavjud quvvatlarni to\u2018la ishga solish, 100 dan ziyod yangi korxonaga AQSh va Yevropada tan olingan xalqaro sertifikatlar olishda ko\u2018maklashib, ularni eksportga jalb qilish vazifasi qo\u2018yildi.<\/p>\n<p>Bozor mexanizmlari to\u2018liq kirib bormagan tarmoqlarni transformatsiya qilish dolzarb bo\u2018lib bormoqda. Shu bois Prezidentimiz sanoat korxonalari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro boshqaruv tizimini joriy etish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berdi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda hududiy sanoat korxonalarida mavjud rezervlardan foydalanib, qo\u2018shimcha ishlab chiqarishni yo\u2018lga qo\u2018yish masalalari ham muhokama qilindi.<\/p>\n<p>O\u2018tgan 9 oyda mahalliylashtirish borasida 55 ta hududiy loyiha ijrosi kechikkan, 144 ta loyiha bo\u2018yicha ishlab chiqarish hajmi ta\u2019minlanmagan. Oqibatda 720 milliard so\u2018mlik mahsulot tayyorlash imkoniyati yo\u2018qotilgan.<\/p>\n<p>Tegishli vazirlik va hokimliklarga qoloqlikka yo\u2018l qo\u2018yilgan loyihalardagi muammolarni bartaraf etish, import o\u2018rnini bosuvchi yangi istiqbolli yo\u2018nalishlarni o\u2018rganib, mahalliylashtirish dasturiga kiritish bo\u2018yicha ko\u2018rsatmalar berildi.<\/p>\n<p>Umuman, qolgan uch oyda qiymati 7 milliard dollarlik 80 ta tarmoq va 44 ta hududiy yirik loyihani ishga tushirish muhimligi ta\u2019kidlandi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda ishlab chiqarishni kengaytirish orqali eksport hajmini oshirish masalasiga alohida e\u2019tibor qaratildi.<\/p>\n<p>\u2013 Bugun eksportchi korxonalarni moliyaviy qo\u2018llab-quvatlashni kengaytirish bo\u2018yicha farmonni imzoladim. Endi bunday korxonalar uchun yangi tashkil qilinayotgan Eksportni qo\u2018llab-quvvatlash jamg\u2018armasi orqali qo\u2018shimcha mablag\u2018lar ajratiladi. Shu maqsadda jamg\u2018armaga 100 million dollar berilmoqda. Bu, o\u2018z navbatida, mahsulotlarni tashqi bozorlarga uzluksiz yetkazib berish uchun korxonalarning aylanma mablag\u2018lariga yo\u2018naltiriladi, \u2013 dedi Shavkat Mirziyoyev.<\/p>\n<p>Bosh vazir o\u2018rinbosarlariga bu boradagi vazifalarni tezkor, samarali va manzilli hal qilib borib, yil yakuniga belgilangan ko\u2018rsatkichlarni ta\u2019minlash bo\u2018yicha topshiriqlar berildi.<\/p>\n<p>Yig\u2018ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tarmoq va hudud rahbarlari hisobot berdi.<\/p>\n<p><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/18867465-b407-4700-25f1-11dde0407014.jpg\" alt=\"\" \/><img decoding=\"async\" src=\"https:\/\/president.uz\/uploads\/22dd08ab-8b26-1e4f-680b-9666e8bc8e20.jpg\" alt=\"\" \/><\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<hr \/>\n<div class=\"social_buttons\">\n<div class=\"yashare-auto-init pull-left b-share_theme_counter\" data-yasharel10n=\"oz\" data-yasharetype=\"none\" data-yasharequickservices=\"facebook,twitter\" data-yasharetheme=\"counter\" data-yasharelink=\"https:\/\/president.uz\/oz\/lists\/view\/3910\"><\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n<\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u2018zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida sanoat tarmoqlaridagi 9 oylik natijalar va yil yakunigacha bajarilishi lozim bo\u2018lgan vazifalar muhokamasi bo\u2018yicha videoselektor yig\u2018ilishi o\u2018tkazildi. Pandemiya oqibatlari sanoat ishlab chiqarish sur\u2019atlariga ham ta\u2019sir o\u2018tkazmay qolmadi. Shu bois davlatimiz tomonidan har bir tarmoqni qo\u2018llab-quvvatlash bo\u2018yicha tezkor choralar ko\u2018rildi. Karantin davrida ham ishlab chiqarish davom etdi. Bularning natijasida sanoatda&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9080,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-9085","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9085","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9085"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9085\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9086,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9085\/revisions\/9086"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9080"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9085"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9085"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9085"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}