{"id":9271,"date":"2020-11-03T11:27:04","date_gmt":"2020-11-03T06:27:04","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=9271"},"modified":"2020-11-03T11:27:04","modified_gmt":"2020-11-03T06:27:04","slug":"sog-lom-turmush-tarzini-keng-tatbiq-etish-va-ommaviy-sportni-yana-da-rivojlantirish-chora-tadbirlari-to-g-risida","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/sog-lom-turmush-tarzini-keng-tatbiq-etish-va-ommaviy-sportni-yana-da-rivojlantirish-chora-tadbirlari-to-g-risida\/","title":{"rendered":"Sog\u02bblom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to\u02bbg\u02bbrisida"},"content":{"rendered":"<p><b>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i<\/b><\/p>\n<p>Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O\u02bbzbekistonda ham aholining sog\u02bblig\u02bbi, jismonan salomatligi, sog\u02bblom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko\u02bbrsatdi.<\/p>\n<p>COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo\u00a0<strong>yurak-qon tomir va nafas olish yo\u02bbllari hamda semizlik (ortiqcha vazn)<\/strong>\u00a0kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog\u02bblig\u02bbiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan ko\u02bbplab fuqarolarimizni bevaqt dunyodan ko\u02bbz yumishiga sabab bo\u02bbldi.<\/p>\n<p>Barchamiz bundan jiddiy xulosa qilgan holda zararli odatlardan voz kechib, ommaviy sport bilan doimiy shug\u02bbullanish, to\u02bbg\u02bbri ovqatlanish tamoyillariga rioya qilish, xususan, tarkibida\u00a0<strong>tuz, qand va yog\u02bb miqdori ko\u02bbp bo\u02bblgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini<\/strong>\u00a0me\u02bcyoridan ortiq iste\u02bcmol qilmaslikni, bir so\u02bbz bilan aytganda,\u00a0<strong>sog\u02bblom turmush tarzini<\/strong>\u00a0kundalik hayotimizga aylantirishimiz zarur ekanligini bugungi davrning o\u02bbzi taqozo etmoqda.<\/p>\n<p>Jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shug\u02bbullanish hamda sog\u02bblom turmush tarzi bo\u02bbyicha hayotiy ko\u02bbnikmalarni shakllantirish orqali har bir fuqaroda kasallikka qarshi kuchli immun tizimi paydo bo\u02bblishini ta\u02bcminlash, zararli odatlardan voz kechish, to\u02bbg\u02bbri ovqatlanish tamoyillariga amal qilish, tiklash va reabilitatsiya ishlari hamda ommaviy jismoniy faollik tadbirlarini tizimli va samarali tashkil qilish, bu borada tegishli infratuzilma va boshqa zarur shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:<\/p>\n<p>1. Quyidagilar\u00a0<strong>Sog\u02bblom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirishning asosiy yo\u02bbnalishlari<\/strong>\u00a0etib belgilansin:<\/p>\n<p>har bir oila, mahalla va tuman (shahar)da, maktabgacha, umumiy o\u02bbrta, o\u02bbrta maxsus, professional va oliy ta\u02bclim muassasalarida hamda boshqa tashkilotlarda\u00a0<strong>jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan shug\u02bbullanishga shart-sharoitlar yaratish<\/strong>;<\/p>\n<p>ommaviy sportni rivojlantirish bo\u02bbyicha oilalar, sinflar, mehnat jamoalari va hududlar o\u02bbrtasida\u00a0<strong>sport musobaqalarini muntazam ravishda o\u02bbtkazish<\/strong>;<\/p>\n<p>aholi turli guruhlarining sog\u02bblom ovqatlanishga bo\u02bblgan ehtiyojlarini qondirishni ta\u02bcminlaydigan shart-sharoitlar yaratish, tarkibida\u00a0<strong>tuz, qand va yog\u02bb miqdori ko\u02bbp bo\u02bblgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini\u00a0<\/strong>iste\u02bcmol qilishni qisqartirish, zararli odatlardan, xususan,<strong>\u00a0alkogol va tamaki mahsulotlarini\u00a0<\/strong>iste\u02bcmol qilishdan voz kechish yo\u02bbli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etishni kamaytirish;<\/p>\n<p>aholi o\u02bbrtasida sog\u02bblom ovqatlanish madaniyatini keng targ\u02bbib qilish, shu jumladan, tartibsiz va kechki uyqu oldidan ovqatlanish odatlaridan voz kechish;<\/p>\n<p><strong>sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etilishini<\/strong>\u00a0oilalar, mahallalar, maktabgacha ta\u02bclim va umumta\u02bclim muassasalari darajasida sog\u02bblom turmush tarzining ajralmas qismi sifatida targ\u02bbib qilish;<\/p>\n<p>maktabgacha ta\u02bclim, umumta\u02bclim, o\u02bbrta maxsus, professional va oliy ta\u02bclim muassasalarida, korxona, tashkilot va boshqa turdagi barcha muassasalarda jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u02bbullanish uchun\u00a0<strong>zamonaviy moddiy-texnika bazasini shakllantirish<\/strong>.<\/p>\n<p>2. Respublikada aholi o\u02bbrtasida ommaviy sportni rivojlantirish va sog\u02bblom turmush tarzini targ\u02bbib qilishda \u2013\u00a0<strong>yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol, \u201cWorkout<\/strong>\u201d (mahalla va ko\u02bbcha fitnesi) sportning ustuvor turlari etib belgilansin.<\/p>\n<p>3. Belgilab qo\u02bbyilsinki:<\/p>\n<p>yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va \u201cWorkout\u201d sport turlarini ommaviylashtirish va rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish uchun Davlat byudjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to\u02bbliq bajarilgunga qadar har yili\u00a0<strong>104 milliard so\u02bbmdan<\/strong>;<\/p>\n<p>jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo\u02bblgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u02bbullanishga jalb qilishga qaratilgan dasturlarni moliyalashtirish uchun Davlat byudjetidan 2021-yildan boshlab dasturlar to\u02bbliq bajarilgunga qadar har yili\u00a0<strong>10 milliard so\u02bbmdan<\/strong>\u00a0mablag\u02bblar ajratiladi.<\/p>\n<p>4. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi va Moliya vazirligining aholini kunlik yurish va yugurishga targ\u02bbib qilish maqsadida\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d (<a href=\"https:\/\/www.1hls.uz\/\" target=\"_blank\" rel=\"noopener noreferrer\">www.1hls.uz<\/a>) platformasini yaratish<\/strong>\u00a0to\u02bbg\u02bbrisidagi taklifiga rozilik berilsin. Bunda:<\/p>\n<p>O\u02bbzbekiston hududida bir sutka davomida\u00a0<strong>o\u02bbn ming va undan ortiq qadam<\/strong>\u00a0yurgan 18 va undan yuqori yoshdagi O\u02bbzbekiston Respublikasi fuqarosining platformadagi elektron hamyoniga\u00a0<strong>3 ming so\u02bbmdan<\/strong>;<\/p>\n<p>har oyda har bir\u00a0<strong>tuman (shahar)<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha eng ko\u02bbp yurgan shaxsga\u00a0<strong>300 ming so\u02bbmdan<\/strong>, har bir\u00a0<strong>hudud<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha eng ko\u02bbp yurgan shaxsga\u00a0<strong>500 ming so\u02bbm<\/strong>,\u00a0<strong>respublika<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha eng ko\u02bbp yurgan shaxsga\u00a0<strong>1 million so\u02bbm<\/strong>\u00a0qo\u02bbshimcha ravishda platformadagi elektron hamyoniga o\u02bbtkaziladi.<\/p>\n<p>Belgilansinki:<\/p>\n<p>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d platformasini ishlab chiqish va unga xizmat ko\u02bbrsatish va keyinchalik modernizatsiyalash bo\u02bbyicha buyurtmachining funksiyalari Jismoniy tarbiya va sport vazirligiga yuklatiladi;<\/p>\n<p>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d platformasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT-park direksiyasi rezidentlari bilan birgalikda\u00a0<strong>2021-yil 1-martga<\/strong>\u00a0qadar Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg\u02bbarmasi mablag\u02bblari hisobidan ishlab chiqiladi va doimiy ravishda texnik qo\u02bbllab-quvvatlanadi.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div>5. Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qurilish vazirligi bilan birgalikda\u00a0<strong>2020-yil 15-noyabrga qadar<\/strong>\u00a0har bir tuman markazi va shaharlarda piyoda<\/div>\n<div>va velosipedda yurish uchun\u00a0<strong>\u201cSalomatlik yo\u02bblaklari\u201d<\/strong>ni tashkil etish bo\u02bbyicha tegishli loyihalarni ishlab chiqib, keng jamoatchilik muhokamasiga joylashtirsin, 2021-yil 1-yanvardan boshlab qurilish ishlarini boshlasin va\u00a0<strong>2021-yil 1-mayga qadar<\/strong>\u00a0tugatsin.<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>Bunda, quyidagilar nazarda tutilsin:<\/p>\n<p>piyodalar va velosiped yo\u02bblaklarining umumiy uzunligi\u00a0<strong>3-5 kilometrni tashkil etishi hamda o\u02bbzaro uzviy bog\u02bbliq bo\u02bblishi<\/strong>;<\/p>\n<p>zamonaviy, energotejamkor (harakat sensorlari bilan jihozlangan)\u00a0<strong>yoritish tizimlari va yorug\u02bblik qaytaruvchi, yo\u02bblaklarning boshlanishi, oralig\u02bbi va yakunini ko\u02bbrsatuvchi yo\u02bbl belgilari bilan to\u02bbliq ta\u02bcminlanishi<\/strong>;<\/p>\n<p>piyodalar va velosiped yo\u02bblaklarini barpo etishda alohida harakatlanish imkoniyatlari yaratilishi hamda\u00a0<strong>nogironligi bo\u02bblgan shaxslar uchun \u201cto\u02bbsiqsiz muhit\u201d<\/strong>\u00a0tashkil etilishi.<\/p>\n<p>Iqtisodiy taraqqiyot va kambag\u02bballikni qisqartirish vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda 2021-yil uchun investitsiya dasturi doirasida markazlashgan kapital qo\u02bbyilmalar hisobidan markaziy ko\u02bbchalarni modernizatsiya qilish uchun jami\u00a0<strong>1,4 trillion so\u02bbm<\/strong>\u00a0mablag\u02bblar ajratilishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>6. Toshkent shahar hokimligi 2021-yil davomida bosqichma-bosqich barcha tumanlarda aholi uchun qulay bo\u02bblgan ko\u02bbchalarda umumiy uzunligi\u00a0<strong>50 kilometr bo\u02bblgan piyoda va velosipedda yurish uchun \u201cSalomatlik yo\u02bblaklari\u201d<\/strong>ni tashkil etsin.<\/p>\n<p>Mazkur maqsadlar uchun Tiklanish va taraqqiyot jamg\u02bbarmasi Toshkent shahar hokimligiga 2023-2024-yillarda qaytarish sharti bilan\u00a0<strong>20 million AQSH dollari<\/strong>\u00a0miqdorida foizsiz ssuda ajratsin.<\/p>\n<p>Ushbu tajribadan kelib chiqib,\u00a0<strong>2022-yildan boshlab Nukus, Buxoro, Nurafshon, Samarqand, Termiz, Xiva, Shahrisabz va Qo\u02bbqon shaharlarida<\/strong>\u00a0hamda 2023-yildan boshlab respublikaning barcha yirik shaharlarida piyoda va velosipedda yurish uchun \u201cSalomatlik yo\u02bblaklari\u201d tashkil etilishi ta\u02bcminlansin.<\/p>\n<p>7. Vazirlar Mahkamasi\u00a0<strong>2021-yil 1-iyunga qadar<\/strong>\u00a0yurish, yugurish, mini-futbol, velosport, badminton, stritbol va \u201cWorkout\u201d sport turlarini hamda paralimpiya harakatini rivojlantirish, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo\u02bblgan shaxslarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u02bbullanishga jalb qilish,\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom ayol \u2013 buyuk kelajak\u201d<\/strong>\u00a0g\u02bboyasini o\u02bbzida mujassam etgan xotin-qizlar o\u02bbrtasida sog\u02bblom turmush tarzini mustahkamlash, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan ommaviy tarzda shug\u02bbullanishga jalb qilishga qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini tasdiqlash to\u02bbg\u02bbrisida Hukumat qarorlarini qabul qilsin.<\/p>\n<p>8. Qurilish vazirligi\u00a0<strong>2021-yil 1-yanvarga qadar<\/strong>\u00a0Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlarda yangidan barpo etilayotgan ko\u02bbp qavatli turar joylarni qurish bo\u02bbyicha tasdiqlangan amaldagi shaharsozlik normalariga quyidagilarni nazarda tutuvchi qo\u02bbshimcha va o\u02bbzgartirishlar kiritsin:<\/p>\n<p>aholi soni va uy-joylarning joylashuvini inobatga olgan holda, shuningdek, tashkilot va idoralarning tegishli hududlarida velosiped turar joylari va zamonaviy sport (shu jumladan, Workout) maydonchalarini tashkil etish;<\/p>\n<p>mahallalar, qishloqlar, tumanlar va shaharlarni bog\u02bblovchi avtomobil yo\u02bbllari, piyoda hamda velosiped yurishi uchun mo\u02bbljallangan \u201cSalomatlik yo\u02bblaklari\u201dni qurish;<\/p>\n<p>avtomobil harakati yuqori bo\u02bblgan va katta yo\u02bbl kesishmalarida aholiga qulay o\u02bbtish joylarini barpo etish.<\/p>\n<p>9. Mahalla va oilani qo\u02bbllab-quvvatlash vazirligi, Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi:<\/p>\n<p><strong>har chorakda<\/strong>\u00a0har bir tuman (shahar)da\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi rivojlangan mahalla\u201d tanlovini<\/strong>\u00a0tashkil etsin;<\/p>\n<p><strong>bir oy muddatda<\/strong>\u00a0tanlovni o\u02bbtkazish tartibi va baholash mezonlarini ishlab chiqib, tasdiqlasin. Bunda, mahalla aholisi doimiy ravishda jismoniy tarbiya mashg\u02bbulotlariga jalb etilishi, sog\u02bblom ovqatlanish va sog\u02bblom turmush tarziga rioya etilishi, mahallada zarur sport infratuzilmasi mavjudligi, o\u02bbtkazilgan musobaqalar soni, mahalla aholisining kasallanish darajasi pasayib borishi ko\u02bbrsatkichlari nazarda tutilsin;<\/p>\n<p>\u201cMahalla\u201d xayriya jamoat fondi mablag\u02bblari hisobidan tanlovda\u00a0<strong>birinchi o\u02bbrinni<\/strong>\u00a0egallagan mahallaga\u00a0<strong>10 million so\u02bbm<\/strong>,\u00a0<strong>ikkinchi o\u02bbrin<\/strong>\u00a0uchun\u00a0<strong>5 million so\u02bbm<\/strong>\u00a0va\u00a0<strong>uchinchi o\u02bbringa 3 million so\u02bbm<\/strong>\u00a0miqdorida pul mukofoti bilan rag\u02bbbatlantirilishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>Belgilab qo\u02bbyilsinki, pul mukofoti mablag\u02bblari mahalla fuqarolar yig\u02bbinlarining tijorat bankida ochilgan hisobraqamiga o\u02bbtkaziladi hamda mahallada sport maydonchalarini tashkil etish va ularni jihozlash, sport tadbirlarini o\u02bbtkazish maqsadlariga istisno tariqasida tender savdolarisiz yo\u02bbnaltiriladi.<\/p>\n<p>10. Bosh vazir o\u02bbrinbosarlari J.Qo\u02bbchqorov va A.Abduxakimov 2020-yil 1-noyabrga qadar Xalq ta\u02bclimi vazirligi hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligining takliflariga asosan 2021-yilda:<\/p>\n<p>umumta\u02bclim maktablariga\u00a0<strong>50 ta sport zali qurilishi uchun 100 milliard so\u02bbm<\/strong>;<\/p>\n<p>sport ta\u02bclim muassasalariga\u00a0<strong>48 ta sport inshooti qurilishi uchun 400 milliard so\u02bbm<\/strong>\u00a0ajratilishini ta\u02bcminlasin va tarmoq jadvallarini tasdiqlasin.<\/p>\n<p>11. Xalq ta\u02bclimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 2021-yil 10-aprelga qadar 2022-2023-yillarga mo\u02bbljallangan umumta\u02bclim maktablarini sport zallari bilan to\u02bbliq ta\u02bcminlash, har bir tuman(shahar)da moddiy-texnika bazasiga ega bo\u02bblgan bolalar va o\u02bbsmirlar sport maktablarini hamda boshqa jismoniy tarbiya va sport muassasalarining sport inshootlarini qurish va jihozlash dasturini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n<p>Bunda, kelgusi yillarda umumta\u02bclim maktablari sport zallari, bolalar-o\u02bbsmirlar sport maktablari va sport ta\u02bclim muassasalarining sport inshootlarini qurish parametrlarini sezilarli oshirib borsin.<\/p>\n<p>12. Shunday tartib o\u02bbrnatilsinki, unga muvofiq davlat organlari va tashkilotlarining kasaba uyushmalari va ish beruvchilar o\u02bbrtasidagi jamoa shartnomalarida:<\/p>\n<p><strong>ish kuni davomida ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlari<\/strong>;<\/p>\n<p>texnologiya, ishlab chiqarish va ish sharoitlaridan kelib chiqib,\u00a0<strong>xodimlarga ishlab chiqarish gimnastikasi mashqlarini bajarishi uchun ish vaqtiga kiritiladigan maxsus tanaffuslar<\/strong>\u00a0belgilanadi.<\/p>\n<p>13.\u00a0<strong>2021-yil 1-yanvardan\u00a0<\/strong>barcha davlat organlari va tashkilotlarida:<\/p>\n<p>sog\u02bblom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish maqsadida mehnat jamoalarida faoliyat yuritayotgan xodimga\u00a0<strong>\u201cSport targ\u02bbibotchisi\u201d<\/strong>\u00a0qo\u02bbshimcha vazifasini yuklash va uning bazaviy lavozim maoshiga\u00a0<strong>20 foiz<\/strong>\u00a0miqdorida ustama belgilash yo\u02bblga qo\u02bbyilsin;<\/p>\n<p><strong>ish vaqtidan so\u02bbng<\/strong>\u00a0tanlangan kunlarda (haftada kamida bir marta)<strong>\u00a0rahbar va barcha xodimlarning<\/strong>\u00a0jismoniy tarbiya va sport mashg\u02bbulotlari (yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqalar) bilan shug\u02bbullanishi ta\u02bcminlansin;<\/p>\n<p><strong>har shanba soat 14:00 dan keyin xodimlar va ularning oila a\u02bczolari o\u02bbrtasida<\/strong>\u00a0yugurish, stritbol, futbol, badminton, voleybol, basketbol, stol tennisi, suzish va boshqa sport turlari bo\u02bbyicha\u00a0<strong>ommaviy sport musobaqalari<\/strong>\u00a0tashkil etilsin. Bunda, musobaqalar bayramona ruhda, \u201cshou\u201d ko\u02bbrinishida o\u02bbtkazilishiga, g\u02bbolib va sovrindorlar munosib rag\u02bbbatlantirilishiga alohida e\u02bctibor qaratilsin;<\/p>\n<p>mehnat jamoasining sog\u02bblom turmush tarzini qo\u02bbllab-quvvatlash va jismoniy faolligi darajasini oshirish uchun barcha zarur sharoitlarni yaratishni (trenajyor zali, \u201cWorkout\u201d maydonchasi, sport maydonchalari va xonalari, sport mashg\u02bbulotlari va musobaqalari) moliyalashtirish davlat organlari va tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag\u02bblari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshirilsin;<\/p>\n<p>birinchi rahbarlar\u00a0<strong>\u201cShaxsiy namuna\u201d<\/strong>\u00a0tamoyili asosida o\u02bbzlarining antropometrik ko\u02bbrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash) yaxshilash orqali xodimlarning antropometrik ko\u02bbrsatkichlari yaxshilanishiga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirsin;<\/p>\n<p>veb-saytlar, ijtimoiy tarmoqlar, ommaviy axborot vositalari (televideniye, radio, gazeta, Internet tarmog\u02bbi) orqali bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, sog\u02bblom turmush tarziga amal qilishning ahamiyati muntazam ravishda yoritib borilishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>14. Bosh vazir o\u02bbrinbosari A.Abduxakimov Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda\u00a0<strong>2021-yil 1-iyuldan boshlab:<\/strong><\/p>\n<p><strong>vazirlik, idora, korxona, tashkilot, mahalliy davlat hokimiyati organlarida\u00a0<\/strong>faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlarning antropometrik ko\u02bbrsatkichlarini (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o\u02bbtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash baholash mezonlarini ishlab chiqib, reyting asosida tahlil qilish hamda natijalarni onlayn kuzatib borish tizimini;<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining tegishli hududda ommaviy sport bilan shug\u02bbullanuvchilar sonining oshishiga, sog\u02bblom ovqatlanishiga, xususan, tarkibida\u00a0<strong>tuz, qand va yog\u02bb miqdori ko\u02bbp bo\u02bblgan hamda xamirli taom va shirinliklarni, non mahsulotlarini\u00a0<\/strong>iste\u02bcmol qilishni qisqartirishga, zararli odatlardan,\u00a0<strong>alkogol va tamaki mahsulotlarini\u00a0<\/strong>iste\u02bcmol qilishdan voz kechish yo\u02bbli bilan kasallikka chalinish, ortiqcha vazn holatlari (semizlik) va bevaqt vafot etish ko\u02bbrsatkichlari kamayishiga qarab ishiga baho berish bo\u02bbyicha reytingini raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini joriy etsin hamda\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d<\/strong>\u00a0platformasi bilan integratsiya qilinishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>15. O\u02bbzbekiston Respublikasining Oliy Majlisi palatalariga Bosh vazir o\u02bbrinbosari A.Abduxakimov tomonidan taqdim etilgan\u00a0<strong>reyting ko\u02bbrsatkichlari asosida<\/strong>:<\/p>\n<p><strong>reyting ko\u02bbrsatkichlari eng past bo\u02bblgan davlat organlari rahbarlarining faoliyatini<\/strong>\u00a0har yarim yillikda tanqidiy muhokama qilish;<\/p>\n<p><strong>reyting ko\u02bbrsatkichlari yuqori bo\u02bblgan davlat organlari rahbarlarini<\/strong>\u00a0rag\u02bbbatlantirish tizimini joriy etish tavsiya etilsin.<\/p>\n<p>16. Xalq ta\u02bclimi vazirligi Oliy va o\u02bbrta maxsus ta\u02bclim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda:<\/p>\n<p><strong>ikki oy muddatda<\/strong>\u00a0umumta\u02bclim, professional va oliy ta\u02bclim muassasalarida darslar oralig\u02bbida (katta tanaffus vaqtida)\u00a0<strong>\u201cSport daqiqasi\u201d<\/strong>\u00a0jismoniy mashqlari, darslar boshlanishidan oldin 2 daqiqa nafas olish mashqlarini o\u02bbtkazishni amaliyotga joriy etsin;<\/p>\n<p><strong>2021\/2022 o\u02bbquv yilidan boshlab<\/strong>\u00a0o\u02bbquvchilar, talabalarning yosh toifasiga qarab ularning jismoniy ko\u02bbrsatkichlarini (yugurish, otish, sakrash, tortilish) baholash mezonlarini ishlab chiqib, \u201c<strong>Kundalik\u201d\u00a0<\/strong>reyting daftariga alohida sahifada kiritsin hamda har chorak tahlillari va natijalari aks ettirilishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>17. Bosh vazir o\u02bbrinbosari B.Musayev Xalq ta\u02bclimi vazirligi, Moliya vazirligi bilan birgalikda umumta\u02bclim maktablarida\u00a0<strong>2021\/2022 o\u02bbquv yilidan boshlab\u00a0<\/strong>umumiy o\u02bbquv soatlari doirasida\u00a0<strong>jismoniy tarbiya fanini barcha sinflarda haftada 2 soatdan<\/strong>\u00a0o\u02bbqitishni tashkil etsin.<\/p>\n<p>18. Sog\u02bbliqni saqlash vazirligi:<\/p>\n<p>a) bir oy muddatda Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi bilan birgalikda qishloq vrachlik punktlari va oilaviy poliklinikalarning vrach va o\u02bbrta tibbiy xodimlarini diyetologiya bo\u02bbyicha tayyorlash, shu jumladan, amaliy ko\u02bbnikmalarini shakllantirish bo\u02bbyicha qisqa muddatli kurslarni tashkil qilsin;<\/p>\n<p>b)\u00a0<strong>2021-yil 1-martga qadar<\/strong>\u00a0Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda ortiqcha vaznga ega bo\u02bblgan shaxslar uchun o\u02bbrtacha kunlik ovqatlanish me\u02bcyori va ratsioni hamda jismoniy mashqlar kompleksini ishlab chiqsin va uni aholi orasida doimiy targ\u02bbib qilib borsin;<\/p>\n<p>v) quyidagilarni:<\/p>\n<p>maktabgacha ta\u02bclim tashkilotlarining tibbiyot xodimlari hamda tuman (shahar) ko\u02bbp tarmoqli markaziy poliklinikalaridan umumta\u02bclim maktablariga biriktirilgan tibbiyot xodimlari tomonidan tarbiyalanuvchilar va o\u02bbquvchilar sog\u02bblig\u02bbi va jismoniy kamoloti doimiy ravishda nazoratga olinishini, ularning sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilishini, badantarbiya mashqlari o\u02bbtkazishini va muntazam ravishda sport bilan shug\u02bbullanishini, sog\u02bblom turmush tarzi targ\u02bbib qilinishini, davolash-profilaktika tadbirlari o\u02bbtkazilishini, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya etilishini;<\/p>\n<p>mazkur Farmon talablaridan kelib chiqib, tarkibida\u00a0<strong>tuz, qand va yog\u02bb miqdori me\u02bcyoridan ortiq bo\u02bblgan hamda xamirli taom va shirinliklar, non mahsulotlari\u00a0<\/strong>iste\u02bcmolini kamaytirish bo\u02bbyicha oilalar o\u02bbrtasida targ\u02bbibot ishlarini olib borishni;<\/p>\n<p><strong>2021-yil 1-martga qadar<\/strong>\u00a0tibbiyot xodimlari tomonidan bolalarning sog\u02bblig\u02bbini inobatga olgan holda, jismoniy tarbiya bilan shug\u02bbullanishi ustidan nazorat o\u02bbrnatilishini va bolalarning salomatligi asosida tibbiy-sog\u02bblomlashtirish guruhlariga ajratilishini hamda shunga qarab jismoniy chiniqtirish miqdori belgilanishini ta\u02bcminlasin;<\/p>\n<p>g) Maktabgacha ta\u02bclim vazirligi, Xalq ta\u02bclimi vazirligi va Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan birgalikda\u00a0<strong>uch oy muddatda<\/strong>\u00a0bolalarning jismoniy rivojlanishini baholash uchun raqamlashtirilgan dastur yordamida monitoring qilish tizimini ishlab chiqsin.<\/p>\n<p>19. Uy-joy kommunal xizmat ko\u02bbrsatish vazirligi Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda\u00a0<strong>2025-yilga qadar<\/strong>\u00a0hududiy va tegishli tarmoq dasturlari doirasida ta\u02bclim muassasalarini, xususan, maktabgacha ta\u02bclim, umumta\u02bclim va sport muassasalarini toza ichimlik suvi bilan ta\u02bcminlash choralarini ko\u02bbrsin.<\/p>\n<p>20. Moliya vazirligi:<\/p>\n<p>Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan Maktabgacha ta\u02bclim vazirligi va Xalq ta\u02bclimi vazirligi bilan birgalikda tasdiqlangan ro\u02bbyxat asosida maktabgacha va umumta\u02bclim muassasalarini birlamchi sport jihozlari va anjomlari bilan ta\u02bcminlash xarajatlari uchun Davlat byudjeti parametrlarini shakllantirishda zarur mablag\u02bblarni nazarda tutsin, bunda ushbu maqsadlar uchun\u00a0<strong>2021-yilda har bir davlat maktabgacha ta\u02bclim tashkilotiga 2 million<\/strong>\u00a0so\u02bbmdan,\u00a0<strong>umumta\u02bclim muassasasiga 5 million<\/strong>\u00a0so\u02bbmdan ajratsin;<\/p>\n<p><strong>2021-yil 1-yanvarga qadar<\/strong>\u00a0aholi salomatligi uchun zararli bo\u02bblgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchilarga maxsus yig\u02bbim joriy etish va ushbu tushumlarning bir qismini\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d<\/strong>\u00a0platformasini saqlash xarajatlarini hamda mazkur Farmonning 4-bandida nazarda tutilgan to\u02bblovlarni moliyalashtirishga yo\u02bbnaltirish bo\u02bbyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;<\/p>\n<p>jismoniy tarbiya va sport muassasalarida markazlashgan tartibda raqamli texnologiyalarni joriy etish, shuningdek, barcha tizim tashkilotlariga yagona elektron dasturiy ta\u02bcminotni yaratish bo\u02bbyicha texnik talablarni ishlab chiqish uchun mablag\u02bb ajratsin.<\/p>\n<p>21. Shunday tartib o\u02bbrnatilsinki, unga muvofiq\u00a0<strong>2021-yildan boshlab<\/strong>\u00a0Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d\u00a0<\/strong>platformasida ro\u02bbyxatdan o\u02bbtgan va undan foydalangan jismoniy shaxslar soniga hamda ularning sport natijalariga qarab vazirlik va idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining<strong>\u00a0har chorak yakuni<\/strong>\u00a0bo\u02bbyicha reytingi tuziladi va ular faoliyatiga Vazirlar Mahkamasi tomonidan baho beriladi.<\/p>\n<p>22. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hududlarda xususiy tadbirkorlar tomonidan barpo etilgan sport inshootlari bazasida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida sport muassasalari faoliyatini yo\u02bblga qo\u02bbyish yoki davlat sport muassasalari faoliyati turini o\u02bbzgartirmaslik sharti bilan ularni xususiylashtirish bo\u02bbyicha dastur ishlab chiqib,\u00a0<strong>2021-yil 1-martga qadar<\/strong>\u00a0Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.<\/p>\n<p>Bunda, talab yuqori bo\u02bblgan sport turini tanlab olib, mazkur yo\u02bbnalishdagi muassasalarni Davlat byudjeti mablag\u02bblari hisobidan tashkil etish, saqlash va moliyalashtirishni bosqichma-bosqich qisqartirish, davlat sport muassasalarining bo\u02bbsh yer maydonlarida sport maydonchalari va inshootlari, mehmonxonalar, sport kiyimlari va jihozlarini sotishga mo\u02bbljallangan do\u02bbkonlar, sog\u02bblom ovqatlanish va xizmat ko\u02bbrsatish shoxobchalari, fitobarlar, fitnes markazlari uchun binolar qurilishiga ruxsat berilishini nazarda tutsin.<\/p>\n<p>23. Innovatsion rivojlanish vazirligi\u00a0<strong>2021-yildan boshlab har yili<\/strong>:<\/p>\n<p>jismoniy tarbiya va sport sohasidagi fundamental, amaliy va innovatsion loyihalar uchun\u00a0<strong>10 milliard so\u02bbmdan<\/strong>\u00a0kam bo\u02bblmagan miqdorda grant mablag\u02bblari;<\/p>\n<p>jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy salohiyatga ega bo\u02bblgan kadrlar ulushini oshirish maqsadida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi oliy ta\u02bclim muassasalariga tayanch doktorantura va doktorantura uchun kamida\u00a0<strong>10 ta<\/strong>\u00a0o\u02bbrin ajratilishini ta\u02bcminlasin.<\/p>\n<p>24. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi Fanlar akademiyasi va O\u02bbzbekiston Polvonlar milliy markazi bilan birgalikda\u00a0<strong>2021-yil 1-sentyabrga qadar\u00a0<\/strong>respublika hududlarida ekspeditsiya tashkil qilgan holda\u00a0<strong>milliy sport turlari hamda xalq o\u02bbyinlari tarixini o\u02bbrganish asosida \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o\u02bbyinlari ensiklopediyasi\u201d<\/strong>ni tayyorlasin va chop etsin.<\/p>\n<p>Belgilansinki, \u201cO\u02bbzbekiston Respublikasi milliy sport turlari va xalq o\u02bbyinlari ensiklopediyasi\u201dni tayyorlash va chop etish bilan bog\u02bbliq xarajatlar Vazirlar Mahkamasining zaxira jamg\u02bbarmasi mablag\u02bblari hisobidan qoplanadi.<\/p>\n<p>25. Vazirlar Mahkamasi uch oy muddatda\u00a0<strong>tuz, qand va yog\u02bb miqdori me\u02bcyoridan ortiq bo\u02bblgan oziq-ovqat mahsulotlarining\u00a0<\/strong>reklamasiga quyidagi cheklovlar o\u02bbrnatishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin:<\/p>\n<p>ta\u02bclim, sog\u02bbliqni saqlash va sport muassasalari hududida hamda jamoat transportida reklama qilish;<\/p>\n<p>bolalar, animatsion personajlar va bolalar ko\u02bbrsatuvlari qahramonlari ishtirokida reklama qilish;<\/p>\n<p>ommaviy axborot vositalarida bolalar uchun mo\u02bbljallangan ko\u02bbrsatuvlardan 30 daqiqa oldin va keyin namoyish qilish.<\/p>\n<p>26. O\u02bbzbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga O\u02bbzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, Maktabgacha ta\u02bclim vazirligi, Xalq ta\u02bclimi vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda:<\/p>\n<p>a) muntazam ravishda:<\/p>\n<p>yoshlar, xususan, bog\u02bbcha yoshidagi bolalarda jismoniy tarbiya va sport tushunchasini paydo qilish va ularni qiziqtirish maqsadida\u00a0<strong>\u201cBolalikdan sportga\u201d<\/strong>,\u00a0<strong>\u201cTonggi gimnastika\u201d<\/strong>, umumta\u02bclim maktablarida \u201c<strong>Biz bilan bajar, bizdek bajar, bizdan yaxshiroq bajar!<\/strong>\u201d,\u00a0<strong>\u201cQuvnoq startlar\u201d<\/strong>\u00a0sinflararo,\u00a0<strong>\u201cKatta yoshdagilar uchun aerobika\u201d<\/strong>,\u00a0<strong>\u201cBoshlang\u02bbich yoga mashg\u02bbulotlari\u201d<\/strong>,\u00a0<strong>\u201cOrtiqcha vazndan voz kech!\u201d<\/strong>\u00a0kabi sport mashg\u02bbulotlarini hamda oilalar o\u02bbrtasida o\u02bbtkaziladigan \u201c<strong>Otam, onam va men \u2013 sportchilar oilasi!<\/strong>\u201d televizion sport musobaqalarini telekanallarda namoyish etish;<\/p>\n<p>barcha telekanallar, shu jumladan, xususiy telekanallar efirida\u00a0<strong>har kuni uch marta<\/strong>\u00a0(soat 7:00, 12:00 va 17:00 da)\u00a0<strong>nufuzli sport musobaqalari g\u02bbolib va sovrindorlari ishtirokidagi 5 daqiqadan iborat ommaviy badantarbiya mashg\u02bbulotlarini\u00a0<\/strong>uzatish;<\/p>\n<p>ayollar va keksalar uchun sog\u02bblom turmush tarzini targ\u02bbib etish bo\u02bbyicha\u00a0<strong>\u201cSog\u02bblom turmush tarzi\u201d<\/strong>\u00a0ko\u02bbrsatuvlarini namoyish etish;<\/p>\n<p>b)\u00a0<strong>2021-yil 1-yanvardan boshlab<\/strong>\u00a0\u201cSport\u201d telekanalida:<\/p>\n<p><strong>davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari va xodimlarining\u00a0<\/strong>jismoniy tarbiya va sport bilan shug\u02bbullanishi, xodimlar va ularning oila a\u02bczolari o\u02bbrtasidagi ommaviy sport musobaqalarini, shuningdek, mazkur Farmon doirasida o\u02bbtkazilayotgan sport musobaqalarini doimiy ravishda yoritib borish, aholi o\u02bbrtasida sog\u02bblom turmush tarzini targ\u02bbib qilish;<\/p>\n<p><strong>davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan\u00a0<\/strong>mazkur Farmon ijrosi asosida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, ularda faoliyat olib borayotgan rahbar va xodimlar, aholining antropometrik (semizlik darajasini, vazn indeksini), boshqa o\u02bbtkir kasalliklarni keskin kamaytirish, salomatlikni mustahkamlash ko\u02bbrsatkichlari reytingi natijalarini yoritib borish;<\/p>\n<p>v) mazkur Farmonning bajarilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida barcha davlat va xususiy telekanallar, ijtimoiy tarmoqlarda hamda blogerlar ishtirokida tanqidiy muhokamalar tashkil qilish va yoritish tavsiya etilsin.<\/p>\n<p>27. Sog\u02bblom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish bo\u02bbyicha \u201cYo\u02bbl xaritasi\u201d 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.<\/p>\n<p>28. Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman, shahar hokimliklari, davlat organlari va tashkilotlari:<\/p>\n<p>har yili 1-dekabrga qadar keyingi yil uchun yil davomida o\u02bbtkaziladigan haftalik musobaqalarni o\u02bbtkazish kalendar rejasini tasdiqlasin;<\/p>\n<p>yillik xarajatlar smetasini shakllantirishda mazkur maqsadlar uchun mablag\u02bblar ajratilishini nazarda tutsin.<\/p>\n<p>29. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Turizmni rivojlantirish davlat qo\u02bbmitasi, Andijon va Samarqand viloyatlari hokimliklarining Andijon shahridagi markaziy stadion nomini \u201c<strong>Bobur Arena<\/strong>\u201d, Samarqand shahridagi markaziy stadion nomini \u201c<strong>Afrosiyob Arena<\/strong>\u201d deb nomlash to\u02bbg\u02bbrisidagi taklifiga rozilik berilsin.<\/p>\n<p>Qoraqalpog\u02bbiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Turizmni rivojlantirish davlat qo\u02bbmitasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi bilan birgalikda\u00a0<strong>ikki oy muddatda aholi orasida so\u02bbrov o\u02bbtkazish orqali hududlardagi yirik sport inshootlariga<\/strong>\u00a0ular joylashgan hudud xususiyatidan kelib chiqib, shuningdek,\u00a0<strong>O\u02bbzbekiston tarixi va sportida nom qoldirgan tarixiy shaxslarning nomlari<\/strong>\u00a0berilishini tashkil etsin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div>30. O\u02bbzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi<\/div>\n<div>va Senatining barcha qo\u02bbmitalar, deputatlar, senatorlar, siyosiy partiyalar fraksiyalari o\u02bbrtasida\u00a0<strong>\u201cParlament o\u02bbyinlari\u201d<\/strong>\u00a0sport musobaqalarini joriy etish to\u02bbg\u02bbrisidagi taklifi qo\u02bbllab-quvvatlansin.<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>31. Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda sog\u02bblom turmush tarzi va ommaviy sportni yana-da rivojlantirishga doir Hukumat qarorini tasdiqlasin.<\/p>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<div>32. O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga<\/div>\n<div>2-ilovaga muvofiq o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar kiritilsin.<\/div>\n<p>&nbsp;<\/p>\n<p>33. Jismoniy tarbiya va sport vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o\u02bbzgartirish va qo\u02bbshimchalar to\u02bbg\u02bbrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.<\/p>\n<p>34. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi A.A.Abduvaxitov va O\u02bbzbekiston Respublikasi Bosh vazirining o\u02bbrinbosari A.A.Abduxakimov zimmasiga yuklansin.<\/p>\n<p><strong>O\u02bbzbekiston Respublikasi<\/strong><\/p>\n<p><strong>Prezidenti\u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0 \u00a0Sh.MIRZIYOYEV<\/strong><\/p>\n<p><i>Toshkent shahri,<\/i><\/p>\n<p><i>2020-yil 30-oktabr<\/i><\/p>\n<div><\/div>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>O\u02bbzbekiston Respublikasi Prezidentining f a r m o n i Jahonda COVID-19 koronavirus pandemiyasining yuzaga kelishi dunyo mamlakatlari qatori O\u02bbzbekistonda ham aholining sog\u02bblig\u02bbi, jismonan salomatligi, sog\u02bblom hayot kechirish darajasi zaif ekanligini ko\u02bbrsatdi. COVID-19 koronavirus infeksiyasi avvalo\u00a0yurak-qon tomir va nafas olish yo\u02bbllari hamda semizlik (ortiqcha vazn)\u00a0kasalligiga chalingan fuqarolarimizning sog\u02bblig\u02bbiga salbiy ta\u02bcsir ko\u02bbrsatdi. Natijada, bugungi pandemiya oramizdan&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9247,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-9271","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9271","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9271"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9271\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9272,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9271\/revisions\/9272"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9247"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9271"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9271"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9271"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}