{"id":9714,"date":"2020-11-20T04:39:42","date_gmt":"2020-11-19T23:39:42","guid":{"rendered":"https:\/\/uzts.uz\/?p=9714"},"modified":"2020-11-20T04:39:42","modified_gmt":"2020-11-19T23:39:42","slug":"xalqaro-mehnat-tashkilotining-mehnat-inspeksiyasi-sohasidagi-ikkita-konvensiyasi-o%ca%bbzbekiston-respublikasi-uchun-kuchga-kirdi","status":"publish","type":"post","link":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/xalqaro-mehnat-tashkilotining-mehnat-inspeksiyasi-sohasidagi-ikkita-konvensiyasi-o%ca%bbzbekiston-respublikasi-uchun-kuchga-kirdi\/","title":{"rendered":"Xalqaro mehnat tashkilotining mehnat inspeksiyasi sohasidagi ikkita konvensiyasi O\u02bbzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirdi"},"content":{"rendered":"<p>19-noyabr kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi uchun Xalqaro mehnat tashkilotining \u201cSanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 81-sonli (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) va \u201cQishloq xo\u02bbjaligida mehnat inspeksiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 129-sonli (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) konvensiyalari kuchga kirdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri.<\/p>\n<p>Tashqi ishlar vazirligiga ko\u02bbra, hozirda ushbu xalqaro shartnomalarda tegishlicha 148 va 54 ta davlat ishtirok etmoqda.<\/p>\n<p>Konvensiyalar sanoat, savdo va qishloq xo\u02bbjaligida xodimlarning mehnat sharoitlari va ushbu sohalardagi ish jarayonida mehnat muhofazasi bilan bog\u02bbliq qonun hujjatlarining qo\u02bbllanilishini ta\u02bcminlash uchun mas\u02bcul bo\u02bblgan mehnat inspeksiyasi tizimini yaratishga qaratilgan.<\/p>\n<p>Hujjatlarda xodimlarning o\u02bbz vazifalarini bajarishda ularni himoya qilish va mehnat to\u02bbg\u02bbrisidagi qonun hujjatlari to\u02bbliq ijro etilishini ta\u02bcminlash uchun mas\u02bcul bo\u02bblgan idora sifatida mehnat inspeksiyasini tashkil etish, uning moddiy-texnika vositalari, vakolatlari, vazifalari va funksiyalarini tartibga soluvchi asosiy qoidalar belgilangan.<\/p>\n<p>Ushbu xalqaro shartnomalarga muvofiq, mehnat inspeksiyasi tizimining vazifalari quyidagilarni o\u02bbz ichiga oladi:<\/p>\n<p>ish joylarida xodimlarning mehnat sharoitlari va mehnat muhofazasi sohasidagi, shu jumladan ish vaqti, ish haqi, mehnat xavfsizligi, sog\u02bbliqni saqlash, ayollar va bolalar mehnatidan foydalanish hamda boshqa shu kabi masalalar bo\u02bbyicha qonun hujjatlariga amal qilinishini mehnat inspektorlari tomonidan ta\u02bcminlash;<\/p>\n<p>ish beruvchilar va xodimlarga mehnat qonunchiligiga amal qilishning eng samarali vositalari to\u02bbg\u02bbrisida tegishli axborot va tavsiyalar berish;<\/p>\n<p>vakolatli organga amaldagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinmagan qoidabuzarliklar yoki suiiste\u02bcmol qilish faktlari to\u02bbg\u02bbrisida xabar berish va qonunchilikni takomillashtirish bo\u02bbyicha taklif kiritish.<\/p>\n<p>Xalqaro mehnat tashkilotining ushbu konvensiyalarida O\u02bbzbekiston Respublikasining ishtiroki mehnat inspeksiyasi sohasida xalqaro standartlarni amaliyotga joriy etish orqali milliy qonunchilikni yana-da takomillashtirish va mehnat inspeksiyasi xodimlarining malakasini oshirishga xizmat qiladi, shuningdek konvensiyalarda ishtirok etuvchi davlatlarning mehnat inspeksiyasi xizmatlari o\u02bbrtasida samarali hamkorlikni yo\u02bblga qo\u02bbyishga imkon beradi.<\/p>\n<p>Bundan tashqari, mazkur konvensiyalar mehnat sohasida qonun ustuvorligini ta\u02bcminlash, uning ijrosi ustidan nazoratni yana-da kuchaytirish, sanoat, savdo va qishloq xo\u02bbjaligida majburiy mehnatga barham berish, shuningdek, mehnat va bandlik sohasida inson huquqlarini ta\u02bcminlash bo\u02bbyicha ish sifatini yangi darajaga ko\u02bbtarishda muhim ahamiyat kasb etadi.<\/p>\n","protected":false},"excerpt":{"rendered":"<p>19-noyabr kuni O\u02bbzbekiston Respublikasi uchun Xalqaro mehnat tashkilotining \u201cSanoat va savdoda mehnat inspeksiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 81-sonli (Jeneva, 1947-yil 11-iyul) va \u201cQishloq xo\u02bbjaligida mehnat inspeksiyasi to\u02bbg\u02bbrisida\u201dgi 129-sonli (Jeneva, 1969-yil 25-iyun) konvensiyalari kuchga kirdi, deb xabar bermoqda \u201cDunyo\u201d AA muxbiri. Tashqi ishlar vazirligiga ko\u02bbra, hozirda ushbu xalqaro shartnomalarda tegishlicha 148 va 54 ta davlat ishtirok etmoqda. Konvensiyalar sanoat,&hellip;<\/p>\n","protected":false},"author":1,"featured_media":9705,"comment_status":"closed","ping_status":"closed","sticky":false,"template":"","format":"standard","meta":{"footnotes":""},"categories":[11],"tags":[],"class_list":["post-9714","post","type-post","status-publish","format-standard","has-post-thumbnail","hentry","category-slayder","category-11","description-off"],"_links":{"self":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9714","targetHints":{"allow":["GET"]}}],"collection":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts"}],"about":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/types\/post"}],"author":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/users\/1"}],"replies":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/comments?post=9714"}],"version-history":[{"count":1,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9714\/revisions"}],"predecessor-version":[{"id":9715,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/posts\/9714\/revisions\/9715"}],"wp:featuredmedia":[{"embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media\/9705"}],"wp:attachment":[{"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/media?parent=9714"}],"wp:term":[{"taxonomy":"category","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/categories?post=9714"},{"taxonomy":"post_tag","embeddable":true,"href":"https:\/\/uzts.uz\/uzb\/wp-json\/wp\/v2\/tags?post=9714"}],"curies":[{"name":"wp","href":"https:\/\/api.w.org\/{rel}","templated":true}]}}