“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi buxgalteriya hisobini yuritish, bank-moliya masalalari, kadrlar bilan ishlash va huquqni qoʻllashda SIZGA yaqindan yordamchi!

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi jamoasi tadbirkorlarimizga barcha turdagi buxgalteriya, soliq, statistika hisobotlar yuritilishi, kadrlar bilan ishlash, moliyaviy intizomni taʼminlash va huquqni qoʻllash sohasida tarmoq tadbirkorlarini qoʻllab-quvvatlash va yordam koʻrsatish boʻyicha oʻz koʻmagini taklif qiladi.

Bugungi kunda buxgalteriya hisobi va soliq siyosati, bank-moliya hamda huquqni qoʻllash sohasida shiddatli, muhim oʻzgarishlar yuz bermoqda. Bunday sharoitda dunyoning ilgʻor korxonalari mazkur soha bilan bogʻliq vazifalarni xizmat koʻrsatuvchi autsorsing kompaniyalariga ishonib topshirmoqdalar.

Bu borada “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Uyushmaga aʼzo korxonalarni qoʻllab-quvvatlash va yordam koʻrsatish maqsadida quyidagi xizmatlarini taklif qiladi va xolisona yordam koʻrsatadi:

Buxgalteriya xizmatlari:

  • korxona faoliyati va oʻziga xos jihatlaridan kelib chiqqan holda hisob yuritish siyosatini ishlab chiqishga koʻmaklashish;
  • korxona buxgalteriya hisobini yuritish;
  • moliyaviy, soliq va statistik hisobotlarini tayyorlash;
  • soliq toʻlovlari va hisob-kitoblari boʻyicha maslahatlar berish;
  • moliyaviy hujjatlarning toʻgʻri yuritilishi va rasmiylashtirilishi boʻyicha maslahatlar berish;
  • soliq qonunchiligini amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan muammolar (kazuslar), nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan, sudgacha hal etish jarayonlarini amalga oshirish.
  • toʻqimachilik korxonalarining pandemiya davrida moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida ajratilgan kreditlar va boshqa kreditorlik qarzdorliklari toʻlov muddatlarini kechiktirish (uzaytirish) masalalari;
  • ishlab chiqarish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar yechimi boʻyicha taklif ishlab chiqish, shu jumladan QQS boʻyicha ortiqcha toʻlovlarni qisqa muddatda qaytarilishiga koʻmaklashish;
  • Bank-moliya sohasiga oid qonunchiligini amaliyotda qoʻllashda yuzaga kelayotgan muammolar (kazuslar), nizolarni muzokaralar oʻtkazish yoʻli bilan, sudgacha hal etish jarayonlarini amalga oshirish;
  • Bank-moliya sohasidagi hujjatlarni rasmiylashtirish, shartnomalar loyihalarini ishlab chiqish.
  • ichki mehnat tartib-qoidalari;
  • mehnatga haq toʻlash, mukofotlash toʻgʻrisidagi nizom;
  • xodimlarning mansab yoʻriqnomalari;
  • biznes sirlari haqidagi nizomni;
  • HR-menejment asoslari;
  • Xodimlar boʻlimiga tegishli normativ hujjatlar toʻplami va ish yuritish asoslari.

Bank-moliya sohasidagi xizmatlari:

Xodimlar bilan ishlash sohasida:

Ichki meʼyoriy-huquqiy hujjatlar tayyorlanishi va kadrlar bilan ish yuritish masalalari boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish, jumladan:

Huquqni qoʻllash sohasida:

  • Soha korxonalarining davlat, nodavlat tashkilotlari, mamlakat ichida va xorijdagi hamkorlar hamda raqobatchilari bilan boʻladigan oʻzaro munosabatlarida qonunchilik bilan belgilangan meʼyorlar muvozanatini taʼminlash;
  • korxonaning moddiy va moliyaviy bazasini saqlash va koʻpaytirish, mehnat jamoasining ehtiyojlarini qondirishga yoʻnaltirilgan resurslardan samarali foydalanish omillarini huquqiy taʼminlash;
  • korxona faoliyatining ichki va tashqi tashkiliy barqarorligiga, iqtisodiy aloqalarning ishonchliligiga erishish va tasodifiy, noinsof, vijdonsiz hamkor va sheriklarga qaram boʻlib qolishdan saqlanish;
  • korxona faoliyatiga xavf soladigan tahdidlarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish konsepsiyasini tayyorlash;
  • rivojlanishning barqaror va xavfsizlik omillarini belgilash va huquqiy taʼminlash;
  • korxonalarni ichki va tashqi iqtisodiy munosabatlardagi xavf-xatarlar toʻgʻrisida toʻliq, aniq va xolis axborotlar shuningdek, huquqiy himoya boʻyicha maʼlumotlar bilan taʼminlash, ishlab chiqarish va tijorat sirlarini hamda intellektual mulkka boʻlgan huquqni saqlash;
  • reklama axborotidan foydalanish samaradorligi na korxona nufuzini oshirishga huquqiy yordam koʻrsatish;
  • savdo munosabatlarida diskriminatsiyani bartaraf etish, milliy eksporterlar manfaatlarini xorijda himoya qilish.

Bank-moliya, buxgalteriya, ish yuritish va yuridik autsorsing xizmatidan foydalanish uchun biz bilan istalgan usulda bogʻlanish mumkin.

Batafsil :

Bosh buxgalter
Elyor Bakiyev
Moliyaviy-iqtisodiy tahlil
boʻlimi boshligʻi
Gʻulomboy Xakimov
+99890 374-73-60

+71 202-22-44 (126)

+99894 506-40-57

+71 202-22-44 (114)

Yuridik va shartnomalar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Mirzoraxmat Niyazmetov Kadrlar va taʼlim muassasalari

bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Sardor Odinayev

+99890 937-04-04

+71 202-22-44 (144)

+99890 976-31-72

+71 202-22-44 (147)

Manzil:

100100, Tashkent sh., A.Avloniy koʻchasi, 20a uy.

Veb-sayt:

www.uzts.uz

Elektorn pochta:

info@uzts.uz

Telegram bot:

@UzTekstilPromBot

https://t.me/joinchat/AAAAAFFIHLsYenFmIKn1_Q

https://t.me/c/1309018219/2085