“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-dekabrdagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni bilan tashkil etilgan.

Farmonga binoan uyushma paxta xom ashyosini qayta ishlash, yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va eksport qilish boʻyicha yagona kompleks ekanligi belgilangan. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-fevraldagi “Toʻqimachilik va tikuv-trikotaj sanoatini isloh qilishni yana-da chuqurlashtirish va uning eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qarori bu boradagi ishlarning rivoji uchun yangi bosqich boʻldi.

“Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi

Mamlakatning iqtisodiy oʻsishiga imkon beruvchi, yangi ish oʻrinlari yaratib ijtimoiy masalalarni hal qilishda muhim imkoniyat yaratuvchi, toʻqimachilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning doimo takomillashib boruvchi uyushmasi;

Dunyoda oʻz nufuzi va malakali mutaxassislarga ega, xorijiy toʻqimachilar va toʻqimachilik mashinasozlari assotsiatsiyalari tomonidan tan olingan yirik platforma;

Koʻplab mamlakatlarda yashovchi millionlab insonlar har kuni mahsulotlaridan foydalanadigan korxonalar majmuasi.

Isteʼmolchilar uchun:

Oʻz majburiyatlarini bajarishda masʼuliyatli, Sizning biznesingiz rivojlanishi uchun doimo yordam beruvchi sherik;

Isteʼmolchilarga yuqori sifatli, hamyonbop va zamonaviy mahsulotlar taklif etuvchi, davr talablariga javob beruvchi ishlab chiqaruvchilar uyushmasi.

Xodimlar uchun:

Har bir xodim umumiy ishda oʻz oʻrni borligini his etadigan;

Xodimlarini qadrlaydigan va ularga gʻamxoʻrlik qiluvchi;

Vazifasini sifatli bajaruvchi jamoada ishlash imkoniyati bor;

Xodimlarning shaxsiy malakasini oshirish imkoni beruvchi, qiziqarli ish bilan taʼminlovchi tashkilot.

Missiyamiz

“Anʼanalarni saqlagan holda toʻqimachilikni rivojlantirish”. Hozirgi kunda toʻqimachilik sanoati – bu nomoddiy madaniy merosimizning bir qismi, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishda ajdodlarimizning anʼanalarini saqlagan holda gazlamalar, kiyimlar, gilam mahsulotlari ishlab chiqarish kompleksidir.

Yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarib, uning barcha turlariga yorqin va betakror detallarni qoʻshilgan kiyim-kechak ishlab chiqarishni takomillashtirib, har bir xonadonda imkoniyatlar yaratish orqali ixcham va goʻzal muhitni shakllantirib, Biz insonlarning hayotini yaxshilashga harakat qilamiz.

Kelajagimiz

Uyushmamizning kelajakdagi maqsadi – Oʻzbekistonning toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarining mamlakat ichida, toʻqimachilik bozorining yaqin va uzoq xorijiy mamlakatlarda mavqeyini mustahkamlash.

Bosh maqsadimiz

Yuqori sifatli toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish va zamonaviy, qulay xarid yoʻllarini tashkil etish bilan aholining ehtiyojlarini qondirish.

Ushbu maqsadga erishish uchun nimalar qilyapmiz:

  • Doimiy ravishda yangi korxonalar tashkil etilib, mavjudlari modernizatsiya qilinmoqda;
  • Ishlab chiqarish va eksport salohiyati oshirilmoqda;
  • Xalqaro aloqalar oʻrnatilmoqda va mustahkamlanmoqda;
  • Sinalgan va ishonchli sheriklar bilan ishlanmoqda;
  • Innovatsion ishlanmalar va xalqaro andozalar faol joriy etilmoqda;
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning assortimenti kengaytirilmoqda;
  • Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatining qatʼiy nazorati oʻrnatilgan va muntazam takomillashtirilib borilmoqda;
  • Mahsulotlarning dizayni doimo yangilanmoqda;
  • Tayyor mahsulotlar milliy brendi ilgari surilmoqda;
  • Mahsulotlarni sotish kanallari kengaytirilmoqda;
  • Xodimlar malakasi doimo oshirilmoqda.

Bizning yutugʻimiz:

  • Har bir ishda jamoa boʻlib ishlash;
  • Berilgan topshiriqlarni bajarishda aniq va qatʼiy talablar;
  • Olingan majburiyat uchun masʼuliyat;
  • Doimo oʻz ustida ishlash;
  • Sofdillik va aniqlik.