“Uz Dong Yang Co​“ qoʻshma korxonasi endi mamlakatning avtomobilsozlik sanoatidagi xodimlarni tibbiyot niqoblari bilan taʼminlamoqda

Qoʻshma korxonada yangi turdagi mahsulot ishlab chiqarish tibbiyot niqoblarga boʻlgan ehtiyojning ortishi sababli yoʻlga qoʻyildi. Bugungi kunda “Uz Dong Yang Co​“ kompaniyasining boʻsh ishlab chiqarish quvvati “Oʻzavtosanoat” AK korxonalari ishchilariga etkazib beriladigan niqoblar ishlab chiqarishga ajratildi. Har kuni kompaniya 20 000 tagacha tibbiyot niqoblari ishlab chiqaradi.