Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi “VBM Tekstil Grup” masʼuliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi

Korxona binosi qariyb oʻn uch yil qarovsiz yotgan edi. Tadbirkorga “nol” qiymatda berilgach, vaziyat tamomila oʻzgardi. 6,5 million dollar mablagʻ evaziga qurilish-taʼmirlash ishlari amalga oshirilib, Amerika Qoʻshma Shtatlari, Italiya, Yaponiyadan tikuvchilik va matoga ishlov berish dastgohlari keltirib oʻrnatildi. Zamonaviy qiyofa kasb etgan korxona oʻn kun avval faoliyat boshladi. Bu yerda yiliga oʻrtacha 11 million dona…