Sirdaryoning Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida toʻqimachilik sanoati korxonalari ishga tushirilmoqda

Sirdaryo viloyatida suv toshqini oqibatida talofat koʻrgan tumanlarda yangi toʻqimachilik sanoati korxonalari ish boshlash arafasida. Sardoba, Oqoltin va Mirzaobod tumanlarida yirik toʻqimachilik va tikuv-trikotaj loyihalarini foydalanishga topshirish orqali mazkur hudud aholisini yana-da qoʻllab-quvvatlash, ularni doimiy ish bilan bandligini taʼminlashga hamda hudud aholisining real daromadlarini oshirilishiga imkon beradi. Xususan, Sardoba tumanida “Sardoba Oqsaroy Tekstil” MCHJ tomonidan loyiha qiymati 5,0 mln.dollar…