Intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish masalalari muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim. Dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanadi. Intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizini, Xitoyda 12, Rossiyada 7…