Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari vakillari toʻqimachilik sanoatining imkoniyatlari bilan tanishdilar

Ilgari xabar qilinganidek, Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari vakillari tarmoqlar salohiyatini oʻrganmoqdalar. Joriy yilning 5-yanvar kuni “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi va Tashqi ishlar vazirligi koʻmagida Oʻzbekistonning xorijiy davlatlardagi elchilari va savdo maslahatchilari hamda toʻqimachilik sanoati vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etdi. Shuni taʼkidlash kerakki, diplomatik vakolatxonalar vakillari bilan sanoat tashkilotlari oʻrtasida bunday uchrashuv birinchi marta oʻtkazilmoqda.…