Prezident Chustdagi to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi

Davlatimiz rahbari Chust tumanidagi “Chust textile” xususiy korxonasini borib ko‘rdi. Yoshlar va xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash – davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishi. Shu maqsadda shahar va tumanlarda to‘qimachilik majmualari tashkil etilmoqda. Chunki buning uchun xomashyo, infratuzilma va bozor bor. “Chust textile” korxonasi “Namangan” erkin iqtisodiy zonasi hududida tashkil etilgan. Fabrikaning ikkita kompleksida 1 ming 300…