Xorazm viloyatida 812 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-mart kuni Xorazm viloyatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari o‘tgan yilning oxirida, 12-13-dekabr kunlari Xorazm viloyatida bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, aholi bandligini oshirish, infratuzilma inshootlari qurib, turmush sharoitlarini yaxshilash bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi. Taqdimotda, avvalo, shu borada bajarilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi. Aytib o‘tilganidek, joriy yilning yanvar-mart oylarida…