Davlat rahbari Shumanaydagi iqtisodiy loyihalar bilan tanishdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Shumanay tumanidagi “Shumanay ekoteks” korxonasi faoliyati bilan tanishdi. 2020-yilda ishga tushirilgan ushbu korxona 7 ming tonnadan ziyod ip-kalava tayyorlash quvvatiga ega. O‘tgan yili 51 milliard so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilib, qariyb 5 million dollarlik eksport qilingan. Shu paytgacha hududdagi eng katta muammo ishsizlik edi. Mazkur korxona aholi, ayniqsa, xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlashda…