Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 12-13-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yil 14-17-dekabr kunlari “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi rahbariyati tomonidan Qashqadaryo viloyatiga xizmat safari amalga oshirildi.
Tashrif davomida “LT International Textile”, “Qarshi Terminal”, “Cotton Road”, “Oqsaroy” va boshqa tadbirkorlik subyektlarida ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, korxonalarida amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar oʻrganildi va korxonalar vakillari bilan muloqot uyushtirildi. Muloqot davomida muammolarni bartaraf qilish yuzasidan bir qancha takliflar kiritildi va aniq maqsadlar qoʻyildi.
Shuningdek, yurtboshimizning Qashqadaryo viloyatiga tashrifi doirasida berilgan topshiriqlar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan yigʻilish tashkillashtirildi va unda tumanlar va korxonalar rahbarlari va “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasi vakillari qatnashdi, yigʻilishda toʻqimachilik sohasi boʻyicha olib borilayotgan ishlar haqida alohida toʻxtalib oʻtildi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT





