“Better Work” dasturi Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Xalqaro moliya korporatsiyasining (IFC) qo‘shma tashabbusi bo‘lib, tikuvchilik sanoatining barcha darajalarini birlashtiradi. U toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati xodimlarining mehnat sharoitlari va mehnat huquqlarini yaxshilash, ularning raqobatbardoshligini oshirish va iqtisodiy oʻsishga koʻmaklashish hamda ishchilar va rahbariyat oʻrtasidagi muloqotni, samarali boshqaruv tizimlarini, xodimlarni oʻqitishni, asosiy milliy mehnat standartlari va XMT standartlariga rioya qilishni ragʻbatlantirishga qaratilgan.
Tashabbus ishtirokchilari 9 davlat – Bangladesh, Vetnam, Gaiti, Misr, Indoneziya, Iordaniya, Kambodja, Nikaragua va Efiopiya. U 2,4 milliondan ortiq kishi ishlaydigan 1,7 ming zavodni qamrab oladi.
Tashabbus hamkorlari 40 dan ortiq toʻqimachilik va trikotaj sohasida yirik va xalqaro eʼtirof etilgan kompaniyalardir, jumladan, H&M, C&A, PVH Comp. (Kalvin Klein, Tommy Hilfiger va boshqalar kabi taniqli brendlarni birlashtiradi), Adidas, Levi’s, GAP, Indorama va boshqalardir.
Mamlakat hisobotlariga ko’ra, Better Workda ishtirok etish quyidagi ijobiy ta’sirlarga ega:
– Korxonalarda mehnat unumdorligi (22 foizgacha), rentabellik (25 foizgacha), ta’minot zanjiridagi mavqeining yaxshilanishi va buyurtmalar portfelining ko’payishi hisobiga iqtisodiy ko’rsatkichlarning o’sishi kuzatiladi.
– Ishchilarning mehnat sharoitlari yaxshilanadi, ortiqcha ish vaqtidan tashqari ish va tazyiq holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, erkaklar va ayollar o‘rtasida teng haq to‘lash, ish haqi oshirish, munosib ijtimoiy ta’minlash, kasaba uyushmalarining samarali mexanizmlari yaratiladi.
– Hukumatlar uchun XMT konventsiyalari va tavsiyalari boʻyicha oʻz zimmalariga olgan majburiyatlarga rioya qilish boʻyicha jiddiy savollar darajasi pasayadi, ijtimoiy sheriklar bilan yanada ishonchli muloqot oʻrnatish va normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, byudjet daromadlarini oshirish, xarajatlarni kamaytirish, ishlab chiqarishda zarar ko’rgan odamlarning sog’lig’ini tiklash, mamlakatda umumiy ijtimoiy vaziyat ham yaxshilanishi mumkin.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



