Namangan viloyati, Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ tomonidan yillik quvvati 3,2 ming tonna momiq sochiq va momiq xalat mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etib, amaldagi quvvatlarni 5,3 ming tonnaga yetkazish boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar loyiha tashabbuskorining 3,5 mln.dollar oʻz mablagʻlari hisobidan kommunikatsiya tarmoqlari tortilib, toʻquvchilik, tikuvchilik va omborxona binolari qurib bitkazildi.
Shuningdek, “OQTOSH TEKSTIL” MCHJ hamda Italiyaning “ITEMA” kompaniyasi oʻrtasida umumiy qiymati 6,0 mln.dollarlik uskuna jihozlar sotib olish boʻyicha shartnomalar imzolangan boʻlib, avans tariqasida korxona tomonidan 1,5 mln.dollar oʻz mablagʻlari oʻtkazib berilgan. Loyiha umumiy qiymati 9,5 mln.dollarni tashkil etadi
Loyiha 2021-yilning 4-choragida ishga tushirilib, 600 ta yangi ish oʻrinlari yaratiladi hamda yillik qoʻshimcha 5,0 mln.dollarlik tayyor mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksportga yoʻnaltiriladi.
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT





