Soʻnggi toʻrt yil ichida sohada yuz bergan tub oʻzgarishlar haqida Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eksperti Ruslan Abaturovning maqolasida.
Iqtisodiy oʻsish birinchi navbatda raqobatbardosh ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish va ushbu maqsadlar uchun investitsiyalarni koʻpaytirish hisobiga taʼminlanadi.
Garvard universiteti tadqiqotlariga koʻra, bizning mamlakatimizda 50 dan ortiq sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda barcha imkoniyatlar va nisbiy afzalliklar mavjud.
Xususan, neft-kimyo, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, farmatsevtika, qurilish, toʻqimachilik, charm va poyabzal, oziq-ovqat sanoati, shuningdek, “yashil iqtisodiyot” bilan bogʻliq sohalar milliy iqtisodiyotning “harakatlantiruvchi kuchiga” aylanishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrda Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasidan
Toʻqimachilik sanoati, koronavirus pandemiyasi bilan bogʻliq vaziyatga qaramay, Oʻzbekiston iqtisodiyotining eng jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri boʻlib, yuqori oʻsish surʼatlarini namoyish etishda davom etmoqda.
Soʻnggi toʻrt yil ichida sohada tub oʻzgarishlar yuz berdi. Masalan, Oʻzbekiston uchun tajriba tariqasida ishlab chiqarish zanjirini xom ashyodan tayyor mahsulotgacha tashkil etishning yangi shakli sifatida paxta-toʻqimachilik klasterlarini eksperimental ravishda yaratish, respublikada toʻliq qayta ishlash uchun paxta eksportini qisqartirish, toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha ilgʻor tajribani jalb qilish, toʻqimachilik va kiyim-kechak mahsulotlarining xalqaro boykotini Oʻzbekistondan olib tashlash va tashqi bozorda ishtirokini kengaytirish choralari.
Bularning barchasi tarmoqlar barqarorligining mustahkam zaxirasini yaratishga va mamlakat iqtisodiyotiga tushgan qiyinchiliklarni minimal yoʻqotish bilan yengishga imkon berdi.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning 11 oyida toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish 14,4 foizga oʻsdi va 2020-yil oxirida ikki raqamli oʻsish surʼatlari saqlanib qoldi, bu oʻtgan yillarda kuzatilmagan edi. Taqqoslash uchun: 2016-yilda toʻqimachilik mahsulotlari 9 foizga oʻsdi.
Pandemiya tikuvchilik sanoatida oʻsishning pasayishi koʻrinishida aks etdi, ammo u ham ijobiy boʻlib, 2,9 foizni tashkil etdi. Toʻgʻri, avvalgi yillarda tikuvchilik mahsuloti har yili oʻrtacha 7 foizga oshgan. Ayni paytda toʻqimachilik va tikuvchilik sanoati umumiy sanoat mahsulotining 12 foizini tashkil etadi. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining maʼlumotlariga koʻra, 2017-2020-yillarda paxta iplari ishlab chiqarish 1,7 baravar, matolar – 2, trikotaj mato – 1,9, trikotaj buyumlar – 1,8, paypoq ishlab chiqarish – 5,6-marta oʻsdi.
Mamlakat rahbariyati tomonidan toʻqimachilik va kiyim-kechak ishlab chiqarishni rivojlantirishga eʼtiborni kuchayishi, soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar, subsidiyalar koʻrinishidagi koʻmagi tufayli ushbu soha investitsiyalar uchun yana-da jozibador boʻldi. Shunday qilib, assotsiatsiya maʼlumotlariga koʻra, agar 2016-yilda 190 million dollarlik sarmoyalar sarflangan boʻlsa, 2019-yil oxiriga kelib ularning hajmi 2,5 baravar oshib, 473,9 million dollarga yetdi. Pandemiya toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatidagi sarmoyaviy faollikni pasaytirdi, ammo sarmoyalar oqimi toʻxtamadi.
Tarmoqning jadal rivojlanishi ish oʻrinlari yaratilishi va bandlikning koʻpayishi bilan birga kechdi. “Oʻztoʻqimachiliksanoat” uyushmasining maʼlumotlariga koʻra, toʻrt yil davomida toʻqimachilik va tikuvchilik sanoatida band boʻlganlar soni qariyb 19 foizga oʻsib, 366,9 ming kishiga yetdi. Ishlab chiqarish zanjirining klasterli boshqaruviga oʻtish ushbu modelning samaradorligini koʻrsatdi, bu esa paxta-toʻqimachilik klasterlarining jadal oʻsishiga olib keldi. Agar 2017-yilda faqat bitta klaster ishlagan boʻlsa, 2020-yilda ularning soni 95 taga etdi.
Koʻrib chiqilayotgan tarmoqlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari eksport salohiyatini yana-da oshirish va ochish, eksport hajmini oshirish, ichki toʻqimachilik va tikuvchilik mahsulotlarining tashqi bozorlarini diversifikatsiya qilishdir.
Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, toʻqimachilik va kiyim-kechak va trikotaj mahsulotlari eksporti 2020-yilning 11 oyida 15,4 foizga (1,7 milliard dollarga) oʻsdi. 2016-yilga nisbatan eksport hajmi 2020-yilda 1,8 baravar oshdi. Yuqori qoʻshimcha qiymatga ega tayyor mahsulotlar eksportini koʻpaytirish siyosati ham oʻz samarasini bermoqda. Masalan, tayyor trikotaj va tikuvchilik buyumlari eksporti koʻrib chiqilayotgan davrda 2,1 baravar oshdi. Ayni paytda dunyoning 69 mamlakatiga 563 turdan ortiq toʻqimachilik mahsulotlari eksport qilinayotgan boʻlsa, 2018-yilda 348 turdagi 57 mamlakatga eksport qilinmoqda.
Mamlakatlar sharoitida anʼanaviy savdo bozorlariga ham, yangilariga ham eksportning dinamik oʻsishi kuzatilmoqda. Xususan, 2020-yilning 11 oyida Rossiyaga eksport 2016-yilga nisbatan 37 foizga, qoʻshni mamlakatlarga esa 3,2 baravarga oshdi. MDHdan tashqari mamlakatlarga eksport hajmi ham oʻsib bormoqda. Masalan, Xitoyga toʻqimachilik va kiyim-kechak eksporti 2 baravar, Turkiya – 3,3, Polsha – 3,5, Italiya – 3 baravar oshdi. Evropa mamlakatlari haqida gapirganda, shuni taʼkidlash kerakki, oʻtgan yili Yevrokomissiya Oʻzbekistonga “GSP+” Umumlashtirilgan imtiyozlar tizimidan foyda oluvchi maqomini muddatidan oldin berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. Bu Yevropa Ittifoqi mamlakatlari bozoriga toʻqimachilik mahsulotlarini, shu jumladan, bojsiz yetkazib berishga imkon beradi, bu esa Oʻzbekistondan Yevropa bozoriga toʻqimachilik va kiyim-kechak yetkazib berish hajmining koʻpayishiga olib keladi. “Oʻztekstilprom” assotsiatsiyasi ekspertlarining hisob-kitoblariga asoslanib xabar berishicha “GSP+” rejimi mahsulot eksportini yiliga qariyb 300 million dollarga, 2025-yilga kelib esa 1,2 milliard dollarga oshirish imkonini beradi.
Shunday qilib, soʻnggi toʻrt yilda Oʻzbekistonning toʻqimachilik va tikuvchilik trikotaj sanoati 2020-yilda pandemiya paytida toʻplangan salohiyatni saqlab, barqaror dinamik rivojlanishni namoyish etdi.
Ruslan Abaturov
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining bosh ilmiy xodimi.
“Pravda Vostoka” gazetasi 8-yanvardagi 5-soni
REVIEW.UZ – Latofat Boʻriyeva tarjimasi
O‘ZTO‘QIMACHILIKSANOAT



